Mavzu: Yurak va qon tomir tizimlarining kasalliklari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 0.5 Mb.
bet7/15
Sana31.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1143790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Yurak va qon tomir tizimlarining kasalliklari

Embriokardiya Yurak ishining tezlashishi natijasida yurak qisqarishi va bo‘sha- shishi bir xilda davom etishiga embriokardiya deyiladi. Bunda yurak tonlari kuchi va tembri bo‘yicha bir xil bo‘lib qoladi va sistolik tonni diastolik tondan farqlab bo‘lmaydi. Birinchi tonni yurak turtkisi yoki arteriya pulsi bilan bir vaqtda eshitilishiga qarab farqlash mumkin.
Embriokardiya yurak ishining juda og‘ir buzilishlarida, og‘ir kechadigan miokardit. va endokardit kasalliklarida, og‘ir kechadigan yuqumli kasalliklarda rivojlanadi. Bunda qoramolda puls 1 daqiqada 120—160 marta bo‘ladi.Tonlarning eng yaxshi eshitiladigan joyi — Puncta optima
Yurak ishini o‘rganishda, uning nuqsonlarini aniqlashda, tonlarga baho berishda yurak tonlarining eng yaxshi eshitiladigan joyini bilish katta ahamiyatga ega.Kavshovchi hayvonlarda ikki tavaqali klapan tovushlari eng yaxshi eshitiladigan joy chap tomonda, 4-qovurg‘a orasida, ko‘krak qafasining pastki uchinchi qismida bo‘ladi. Aortadagi yarimoysimon klapanlar joyi — chap tomonda, 4-qovurg‘a orasida, yelka-kurak bo‘g‘ini chizig‘idan 2—3 sm pastda; o‘pka arteriyasi yarimoysimon klapanlari joyi — chap tomonda, 3-qovurg‘a orasida, yelka-kurak bo‘g‘ini chizig‘idan 5—6 sm pastda bo‘ladi. Uch tavaqali klapan tovushlari eng yaxshi eshitiladigan joy o‘ng tomondan 4-qovurg‘a orasida, yelka bo‘g‘ini chizig‘idan 3—4 sm pastda bo‘ladi.Otlarda: ikki tavaqali klapan joyi — chap tomonda 5-qovurg‘a orasida, ko‘krak qafasining pastki uchinchi qismining o‘rtasida; o‘pka arteriyasi klapanlari joyi — chap tomonda, 3-qovurg‘a orasida, ko‘krak qafasining pastki uchinchi qismini ikkiga bo‘- luvchi chiziq ostida; aorta klapanlari joyi — chap tomonda, 4-qovurg‘a orasida, yelka-kurak bo‘g‘ini chizig‘idan 2—3 sm pastda; uch tavaqali klapan joyi — o‘ng tomonda, 4-qovurg‘a orasida, ko‘krak qafasining pastki, uchinchi qismi o‘rtasida bo‘ladi.C ho‘chqalarda: ikki tavaqali klapan joyi 4-, aorta klapani 3-, o‘pka arteriyasi klapani 2—3-qovurg‘alar orasida chap tomonda; uch tavaqali klapan joyi — o‘ng tomonda, 3-qovurg‘a orasida bo‘ladi.It, mushuk va yirtqich hayvonlarda: ikki tavaqali klapan joyi — chap tomonda, 5-qovurg‘a orasida, ko‘krak qafasining pastki uchinchi qismi o‘rtasidagi chiziq yuqorisida; aorta yarimoysimon klapan joyi — chap tomonda, 4-qovurg‘a orasida, yelka-kurak bo‘g‘ini chizig‘i ostida; o‘pka arteriyasi yarimoysimon klapani joyi — chap tomonda, 3-qovurg‘a orasida, ko‘krak qafasining pastki uchinchi qismining o‘rtasidagi chizig‘i ustida. Uch tavaqali klapan joyi o‘ng tomonda, 4-qovurg‘a orasida, ko‘krak qafasining pastki uchinchi qismining o‘rtasidan o‘tadigan chiziq ustida bo‘ladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling