Mavzu: yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig`ini hisoblash va byudjetga undirish tartibi


Download 0.68 Mb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1051069
  1   2   3
Bog'liq
БИ 50-2 Мамадалиев О Солиқ


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
TAQDIMOT ISHI

Mavzu: yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig`ini hisoblash va byudjetga undirish tartibi


Bajardi: BI 50-2 guruh talabasi Mamadaliyev.O
Qabul qildi: _______________________________

Mavzu: Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig`ini hisoblash va byudjetga undirish tartibi

Reja:


1.Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining iqtisodiy mohiyati.
2. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i to‘lovchilari tarkibi.
3. Yuridik shaxslarning jami daromadlari tarkibi.
4. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini hisoblash.
5. Xulosa

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida “foyda” iqtisodiy kategoriyasi mamlakatimizda yangicha ma’no kasb etdi. Foyda bozor iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib, tadbirkorlar faoliyatini asoslaydi. “Foyda” kategoriyasining mazmunini uning manbalari, omillari va iqtisodiy sub’yektlarning samarali ishlab chiqarish faoliyatini tadqiq etish turli iqtisodiy ilmiy maktablar vakillari tomonidan olib borilgan va foyda nazariyalari ishlab chiqilgan. Iqtisodiy qarashlarning rivojlanib, takomillashib borishi bilan “foyda” tushunchasining ta’rifi ham murakkablashib bordi. Jamiyatda savdo kapitali ustunlik qilgan davrda foyda pullarning sotuv va amalga oshirilgan xarajatlar o‘rtasidagi farqi sifatida qaraldi. Kapitalizm davrida tadbirkorlar foydani kiritilgan kapital va olingan kapital o‘rtasidagi farq sifatida belgiladilar. Ular faoliyatining maqsadi ishlab chiqarilgan tovarlarni sotishdan tushgan tushumlar va amalga oshirilgan xarajatlar o‘rtasida yuqori miqdorda ijobiy farqqa erishish edi.

Foyda solig`i davlat budjeti bilan yuridik shaxslar o`rtasidagi foydani taqsimlash va qayta taqsimlashdagi pul munosabatlarini ifodalaydi. Bunday munosabatlarni tashkil etishni davlat o`z qo`liga olgan. Albatta bu hamma yuridik shaxslarning foyda solig`i emas, balki aynan shunday soliqni to`lovchi yuridik shaxslar soliqlaridir. Bundan tashqari o`z foydasidan boshqa ko`rinishdagi soliqlar to`laydigan yuridik shaxslar ham mavjud (aylanmadan soliq).


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling