1 gektar uchun bazaviy soliq stavkasi (mln so‘mda)
Toshkent shahri:
| |
1 zona
|
242
|
2 zona
|
193
|
3 zona
|
149
|
4 zona
|
99
|
5 zona
|
50
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
|
31
|
Andijon viloyati
|
39
|
Buxoro viloyati
|
32
|
Jizzax viloyati
|
32
|
Qashqadaryo viloyati
|
32
|
Navoiy viloyati
|
32
|
Namangan viloyati
|
39
|
Samarqand viloyati
|
39
|
Surxondaryo viloyati
|
29
|
Sirdaryo viloyati
|
24
|
Toshkent viloyati
|
33
|
Farg‘ona viloyati
|
33
|
Xorazm viloyati
|
32
| | |
Soliq stavkalari
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha bazaviy soliq stavkalari respublika hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq o‘lchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun soliq stavkalarining aniq miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi: Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun soliq stavkalarining aniq miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi: - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari 0,5 dan 2,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda, belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, soliq stavkalarini belgilaydi;
- tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari, belgilangan soliq stavkalariga, Toshkent shahri uchun esa - belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, ko‘cha kesimida kiritadi.
- Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan keyingi soliq davri uchun soliq stavkalari har yili joriy soliq davrining 31-dekabriga qadar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga taqdim etadi. Yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlari ushbu soliq stavkalarini besh kun ichida soliq to‘lovchilarga ma’lumot uchun yetkazishlari kerak.
- Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |