Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar topshiriq


Ikkinchi ssenariy – qamal


Download 0.51 Mb.
bet3/3
Sana15.11.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1774653
1   2   3
Bog'liq
AY 6

Ikkinchi ssenariy – qamal
Aslida, qamal allaqachon boshlanib ketdi — sektor yonilg‘i va elektr ta’minotidan uzildi.
Bu mantiqiy, ammo u ham oldindan kutilgan harakat. Blokadaga oldindan tayyor bo‘lgan kombatantlar (harbiylar) noqulaylikni oddiy aholiga qaraganda ancha kechroq his qiladi.
HAMAS a’zolari ixtiyorida bo‘lgan oziq-ovqat va yonilg‘i ularga uzoqroq dosh berish imkonini beradi, G‘azoning qolgan aholisi haqida esa bunday deb bo‘lmaydi.
Bunday sharoitda, bir qarashda tinchroq bo‘lib ko‘ringan qaror harbiy amaliyotdagidan ko‘ra og‘irroq oqibatlarga olib kelishi mumkin. Tsivilizatsiya vositalaridan uzilib qolgan shaharda juda tez fursatda ochlik va epidemiya boshlanib ketadi.
Bu holda zudlik bilan gumanitar yo‘laklar ochish, filtratsiya lagerlari o‘rnatish, qochqinlarni qayergadir joylashtirish talab etiladi. G‘azo sektorida ikki milliondan ortiq kishi yashashi inobatga olinsa, Isroil yolg‘iz hal qila olmaydigan gumanitar inqiroz yuzaga kelishi mumkin. Va shunda kaltak Isroilning boshida sinadi.
Shu bilan birga, blokada quruqlik amaliyotiga muqobil bo‘la olmaydi — Isroil baribir uni o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi. HAMAS jangchilari och qolib, qo‘llarini ko‘targan holda taslim bo‘lishini kutish soddalik bo‘ladi.
Yomon va o‘ta yomondan birini tanlash
Icroil aynan shunday vaziyatga tushib qolgan. HAMAS harakatining harbiy qanoti muqaddam hech qachon hozirgi kabi kuchga ega bo‘lmagan. Uning jangchilari va qo‘mondonlari ko‘cha janglarida toblangan va yaxshi qurollangan.
HAMAS rahbariyati va uning faol a’zolari jismonan yo‘q qilinishi ham Isroilning arab dunyosi bilan munosabatlaridagi muammoni bartaraf qila olmasligi tayin.
Ammo chegaradagi shahar va kibutslarda kuzatilgan holatlar Isroilni shoshilinch choralar ko‘rishga undamoqda.
Ko‘lamiga ko‘ra G‘azodagi bo‘lajak amaliyotni 2015–2016 yillarda Iroqning IShID jangarilari egallab olgan Mo‘sul shahrini ozod etish uchun olib borilgan jangga qiyoslash mumkin. Ikki million kishi yashaydigan shahar uchun janglar to‘qqiz oy davom etgan, minglab kishilar halok bo‘lgan (ayrim manbalarga ko‘ra — o‘n minglab), milliondan ortiq kishi qochqinga aylangandi.
«Sof harbiy nuqtayi nazardan qaraganda, quruqlikdagi amaliyot qisqa muddatli muvaffaqiyatga va HAMAS qo‘mondonlarining ko‘pchiligi yo‘q qilinishiga olib kelishi mumkin. Ammo HAMAS bilan uzoq muddatli tinchlik kelishuvi bo‘lmasligi hisobga olinsa, katta ehtimol bilan, u tiklanishi, uning saflarini radikal kayfiyatdagi yoshlarning yangi avlodi to‘ldirishi mumkin», — deya yozadi BBC’ning xavfsizlik masalalari bo‘yicha korrespondenti Frenk Gardner.

  1. topshiriq.“Nima uchun?” texnologiyasi

Nima uchun hozirgi kunda kitob o‘qishga qiziqish kamayib bormoqda? Fikrlaringizni quyidagi sxemada aks ettiring.







Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling