EKZOGEN INTOKSIKATSYAINING O‘ZIGA XOSLIKLARI - Ekzogen intoksikatsiya aksariyat hollarda – zaharlanish deb ataladi.
- Asosiy sabablari:
- Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish: oziq-ovqat mahsulotlari (sifatsiz, muddati o‘tgan va/yoki bakteriyalar va viruslar bilan zaharlangan), shuningdek, zaharli qo‘ziqorinlar;
- Maishiy zaharlanish: ko‘p miqdordagi alkogol va aralashmalar (surrogat) (metil spirti, etilenglikol), kislota va ishqorli (limon kislotasi, sirka, tish tozalash vositalari), maishiy kimyoviy vositalar va pardoz-andoz vositalari;
Tibbiy zaharlanish: giyovand va tibbiy preparatlar (ortiqcha miqdorda); - Tibbiy zaharlanish: giyovand va tibbiy preparatlar (ortiqcha miqdorda);
- Biologik zaharlarlar: o‘simlik toksinlari, shuningdek sudralib yuruvchilar va o‘rmalovchi hasharotlar zahri (ilon va o‘rgimchaklar, kanalar);
- Sanoat va transport zaharlari: ishlab chiqarishda texnologik jarayon buzilishi hamda transport vositalaridan atrof-muhitga chiqariladigan zaharlar, texnogen falokatlar, yengil kislotalar (oltingugurt, azotli vodorod) tashuvchi sisternalarning portlashi;
- Radiatsion zaharlar: (atom elektrstantsiyalardagi portlashlar, radionuklidlar bilan zararlangan mahsulotlarni iste’mol qilish).
Eng ko‘p tarqalgan kimyoviy vositalar: - Eng ko‘p tarqalgan kimyoviy vositalar:
- Zaharli gazlar (is gazlari);
- Og‘ir metall tuzlari (qo‘rg‘oshin, simob);
- Xo‘jalikda foydalaniladigan kimyoviy yuvish vositalari;
- Zarakunandalarga qarshi ishlatiladigan zaharlar;
- Past sifatli kosmetika vositalari;
- Qishloq xo‘jaligida qo‘llanadigan pestitsid va nitratlar.
- ALKOGOLDAN ZAHARLANISH
- Ko‘p miqdorda alkogol iste’moli ham zaharlanishga sabab bo‘lishi mumkin. Bunda bosh miya faoliyati buziladi, ruhiy va vegetativ (ichki organlar faoliyati) buzilish sodir bo‘ladi. Zaharlanish darajasi qabul qilingan alkogol miqdoriga emas, balki bundan oldin ichilgan alkogol va inson organizmida alkogolni zararsizlantiruvchi maxsus ferment tizimi faoliyatiga ham bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |