Mavzu: Zahira logistikasi Reja
Download 185.67 Kb.
|
Toshkent davlat agrar universiteti “Logistika” yo’nalishi 20-94 -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddiy zaxiralarning turlari
Mavzu: Zahira logistikasi Reja: 1. Zaxiralar turlari va ularni boshqarish tizimida xarajatlar. 2. Zaxiralarni nazorat qilish tizimlari. 3. Zaxiralarni aniqlash usullari va optimallashtirish. Zaxiralar turlari : Moddiy zaxiralar — bu ishlab chiqarish jarayoniga yoki shaxsiy iste’molga kirishini kutayotgan xomashyo, materiallar, yig‘uvchi qismlar, tayyor mahsulot va boshqa moddiy qiymatlardir. Korxonada zaxiralarning asosiy qismini moddiy oqimning texnologik qayta ishlanishining har xil bosqichlarida uning tarkibiga kirib keladigan ishlab chiqarish predmetlari tashkil etadi. Zaxiralarni tashkil etishga olib keladigan ba’zi bir boshqa sabablar ham mavjud. Bular— narxlarning mavsumiy o‘zgarishi; yetkazib berishlarning qabul qilingan grafigining buzilishi (kirib kelayotgan moddiy oqim intensivligining kutilmagan pasayishi); talabning o‘zgarishi (chiqib ketayotgan oqim intensivligining kutilmagan holda oshishi) va boshqalar. Moddiy zaxiralarni tashkil etish sabablari. Kelib tushishning hajmi bitta iste’mol hajmiga mos kelmasligi Material kelib tushishi bilan uning iste’moli orasida vaqt o'zgarish-larining mavjudligi. Moddiy zaxiralarning turlari Ishlab chiqarish zaxiralari iste’mol-chi tashkilotlarda shakllantiriladi va ishlab chiqarish jarayonining uzluk-sizligini ta’minlashga mo‘ljallangan. Mahsulot zaxiralari-ishlab chiqaruvchi korxonalarda tayyor mahsulot zaxiralaridan hamda mahsulotni yetkazib beruvchidan iste’molchiga qaratilgan haraka-tidagi zaxiralardan iborat: -joriy ; -tayyorlov ; -sug‘urta ; -mavsumiy; -Zaxiralarni boshqarish tizimida xarajatlar. Materiallarni xarid qilish va saqlash tizimida xarajatlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: - buyurtmani bajarishga ketadigan xarajatlar(buyurtmani joylashtirish va yetkazib berish bilan bog’liq; - yetkazib berish shartlarini ishlab chiqish va ularni qabul qilishni tayyorlashga ketadigan xarajatlar; - buyurtma bajarilishi ustidan nazorat va ularning bajarilish muddatlarini qisqartirish bilan bog’liq xarajatlar; transport xarajatlari); - xarid narxi bilan belgilanadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar(xarid qilina-yotgan materiallar narxi bilan belgilanadi va buyurtma partiyasining o'si-shida o‘matiladigan ulgurji narxlarning arzonlashishiga qarab o‘zgaradi); - zaxiralarni saqlashga ketadigan xarajatlar(materiallarni saqlash xarajatlari va zaxiralarning mavjudligi bilan aniqlanadi); - “defitsit” natijasidagi yo‘qotishlar(qandaydir davr ichida u yoki bu moddiy resurslarning cheklanganligi natijasida yuzaga keladigan xarajatlardan iborat). Download 185.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling