Mavzu: zahiriddin muhammad bobur hayoti va ijodi uning ruboiylari Darsning maqsadi
Download 181 Kb.
|
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR HAYOTI VA IJODI. UNING RUBOIYLARI
II. O'rganilgan mavzuni
Alisher Navoiy hayoti va dostonlarini mavzu bo'yicha kartochkadagi savollarga o'quvchilarning og’zaki javoblarini tinglash asosida o'tkaziladi. III.Yangi dars mavzusi Zahiriddin Muhammad Bobur ham xalqimiz, ham madaniyatimiz tarixida yorqin iz qoldirgan buyuk shaxslardan. Bugun uni katta-kichik biladi. U radio va televideniya, turli-tuman ilmiy-ommaviy, hujjatli-badiiy filmlar orqali kichik yoshdagi maktab o'quvchilariga oz-ko'p tanish. «Bu shoirimiz haqida kim nimalar biladi?» degan savolni o'rtaga tashlab, ular gapini to'ldirishdan, davom ettirishdan boshlansa, birinchidan o'quvchilar rag'batlantirilgan bo'ladi, ikkinchidan, bolalarning diqqat-e'tibori bir joyga jamlanadi. Birinchi masalaga kirishish «Bobur kim?» degan savolni qo'yish va unga javob izlashdan boshlanadi. Eng qisqa javoblar: shoh, shoir. Bu javoblar - o'quvchining javoblari. O'qituvchi Boburning kimligini xalqimiz, mamlakatimiz, madaniyatimiz tarixidagi, takomilidagi rivoji, o'rni nuqtayi nazaridan ko'rsatib berishi kerak. Ko'rsatganda ham o'quvchibop qilib va albatta, yangi, eng keyingi ma'lumotlar asosida, Vatan va millat manfaatlaridan kelib chiqqan holda. Masalan, nega uning 500, 510 yillik yubileylari o'tkazildi? Nega uning Qobuldagi qabri tuprog'idan Andijonga keltirilib, ramziy maqbara qilindi? Nega uning Hindistondagi avlodlari O'zbekistonga taklif etilib, ular bilan aloqa yo'lga qo'yildi? Nega Pirimqul Qodirovning u haqdagi romanini o'quvchilar sevib o'qiydilar? Nega u haqdagi videofilm teletomoshabinlar orasida bu qadar keng shuhrat topdi? Boburning kimligini, biz uchun kimligini, albatta, belgilashda mana shunday savollar orqali bilish ham mumkin. Uning madaniyatimiz tarixidagi o'rni haqida gap ketganida, birinchi navbatda, Alisher Navoiydan keyingi eng yirik adabiyot va madaniyat arbobi ekanligini ta'kidlash lozim bo'ladi. 400 dan ortiq biri-biridan go'zal she'rlar yozib qoldirgan, ikki devon tuzgan, «Boburnoma»dek zamonasining ulkan qomusi hisoblangan obidani yaratgan, o'zbek adabiyotshunosligidagi uch aruzchining (Ahmad Taroziy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur) biri, «Mubayyin» muallifi, «Volidiya» tarjimoni... 20 yoshida o'zbek tilining o'z xususiyatlarini ko'zda tutuvchi tamom yangi bir alifboni — «Xatti Boburiy»ni kashf etgan, «Harb ishi», «Musiqa ilmi» kabi bugun biz nomlarinigina bilgan bir qator asarlar ijodkori... Boburning siyosiy tariximizdagi,Vatan va Millat tarixidagi o'rnichi? U — iste'dodli sarkarda,mard va dovyurak jangchi, adolatni ushlagan hukmdor. U 240 kishisi bilan Shayboniydek tajriba ko'rgan podshohning 7000 kishilik qo'shini qo'lidan Samarqandni tortib olganida 19 yoshlik yigitcha edi. Hindistonda ko'rsatgan mo'jizalarichi? U 10000 askari bilan Sulton Ibrohimning 100000 kishilik qo'shini, minglab jangovar fillari ustidan g'olib keldi.
Download 181 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling