Mavzu: Zamonaviy axborot uzatish va saqlash vositalari Reja


Download 482.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana30.03.2023
Hajmi482.56 Kb.
#1309718
1   2   3   4   5   6   7   8
2. Zamonaviy xotira turlari 
 
 
Xotira qurilmasi - elektron hisoblash mashinasi (EHM), raqamli hisoblash 
mashinasi (RHM) va kompyuterlarning axborotlarni qayd kilish, saqlash va 
operator izlaganda "qaytarib berish" uchun moʻljallangan qismi. Asosan integral 
mikrosxemalardan iborat. Xotira qurilmasida axborotlarni qayd qilishda 
axborotlarni eltuvchi material (perfokarta, perfolentami mexanik tarzda surish, 
magnit materiallar (magnit disk, magnit lenta va boshqalar)ning magnit xossasini 
oʻzgartirish, dielektriklarda elektrostatik zaryadlarni toʻplash, tovush va 


ultratovush tebranishlaridan foydalanish, oʻta oʻtkazuvchanlik hodisasini qoʻllash 
va boshqa amallar bajariladi. 
Xotira qurilmasi, asosan, oʻta operativ, operativ va tashqi qurilmalardan 
iborat boʻladi. Axborotlarni izlash usuliga koʻra, adresli (har bir xotira uyasiga 
zarur raqam qoʻyiladi va axborot aniq bir adres boʻyicha izlanadi) hamda 
assotsiativ (axborotlar alomatlar yigindisi boʻyicha izlanadi) Xotira qurilmasi 
farqlanadi. Xotira qurilmasining axborotlar oʻchmaydigan (diod matritsalar
perfolentalar va boshqalardagi axborotlar) va oʻchadigan (magnit eltuvchilar, 
ferromagnit oʻzaklar va boshqalardagi axborotlar) turlari bor. Xotira qurilmasining 
asosiy ish koʻrsatkichi birligi bit yoki bayt (8 bit)da oʻlchanadigan sigʻim, yaʼni bir 
vaqtda Xotira qurilmasida joylashishi mumkin boʻlgan belgilar soni. 
hujayrasi (uyasi) — neytronlar mavjud boʻlib, ularning har biri xotira hujayrasi 
(uyasi)ni tashkil qiladi. 
Kompyuterning "miyasi" — mikroprotsessor maʼlumot yoki dasturlarni 
aynan xotiradan oladi va natijalarni unga qayd kiladi. Kompyuter diskdan 
maʼlumotlarni "oʻqib", maxsus qismida saqlaydi va ish jarayonida undan bevosita 
foydalanib turadi. Ana shu maxsus kiyem operativ xotira deb ataladi. 
Kompyuterning imkoniyatlari operativ xotira sigʻimiga bogʻliq. Kompyuterda 
operativ xotira 1 Mbayt yoki undan kichik boʻlsa, u faqat MS DOS OT muhitida, 
agar 4 Mbayt boʻlsa, MS DOS OT, Windows 3.1 muhitida, 32 Mbayt va undan 
katta boʻlsa, lokal tarmoqdar (internet, elektron pochta — Email) da ishlashi 
mumkin. Koʻpchilik kompyuterlarda operativ xotira orasiga qoʻshimcha 
KEShxotira oʻrnatiladi. Koʻp ishlatiladigan maʼlumotlar ana shu xotiraga kayd 
kilinadi. IBM PC kompyuterida yana xotiraning BIOS (doimiy xotira) va CMOS 
(yarim doimiy xotira) turlari mavjud. Ularda kompyuter qurilmalarini tekshirish 
dasturlari, operatsion tizimni yuklash va kompyuter qurilmalariga xizmat 
koʻrsatish vazifalarini bajarish dasturlari saqlanadi. Elektron texnikasining 
rivojlanishi, bionika yutuqyaaridan samarali foydalanish tufayli sigʻimi inson 
miyasi sigʻimiga yaqinlashib qoladigan Xotira qurilmasi yaratishga muvaffaq 
boʻlindi. 


Bundan bir necha o‘n yil oldin “flesh” xotira to‘g‘risida faqatgina tajribali 
kompyuter foydalanuvchilari bilishardi. Chunki u paytlarda flesh xotira modullari 
shaxsiy kompyuterlarda, asosan, PCI shinali 486 prosessorli kompyuterlarda ilk 
bora ishlatila boshlangan edi. 
Ammo bugunga kelib bunday xotira modullari nafaqat kompyuter 
texnikalarida balki mobil aloqa telefonlarida (telefon raqamlarini saqlab qolish
so‘zlashuv vaqtini hisoblash va boshqa funksiyalarni bajarishda), raqamli 
diktofonlarda (ovozni saqlash va qayta eshitish), mp3-pleyerlarida (musiqiy 
formatdagi fayllarni saqlash va qayta eshitish), aloqa kommunikasiya raqamli 
modemlarida, raqamli fotokameralarda (fotosuratlarni saqlab qolish va ko‘rish), 
video kameralarda (video formatdagi axborotlarni saqlash, ko‘rish va eshitish) 
axborotni samarali saqlash va uzatishda qo‘llanilmoqda. Ularning qo‘llanish sohasi 
kun sayin yanada kengayib bormoqda. 

Download 482.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling