Mavzu: Zamonaviy axborot uzatish va saqlash vositalari Reja
Zamonaviy axborot tashuvchi qurilmalar va ularning tarixi
Download 482.56 Kb. Pdf ko'rish
|
1. Zamonaviy axborot tashuvchi qurilmalar va ularning tarixi
Texnologiyalar juda tez rivojlanib, yaqindagina g‘aroyib voqelik bo‘lib tuyulgan narsalar bugungi kunning tabiiy holatiga aylanmoqda. Aslida, bugun bilan ertaning oraliq masofasi juda yaqin bo‘lsada, go‘yo “Uyning gapi ko‘chaga to‘g‘ri kelmas” maqoliga o‘xshash: “Bugunning gapi ertaga to‘g‘ri kelmay” bormoqda. Shunisi qiziqki, ilgari biror kasb egasi bo‘lish uchun fan asoslaridan bilim olishning o‘zi yetarli bo‘lgan bo‘lsa, davrimizning zamon bilan hamnafas mutaxassisi fan yangiliklarini o‘zlashtirishga ba’zan ulgurmay ham qolyapti. Bugungi kunda katta imkoniyatlar taqdim etgan fan yangiliklari go‘yo ertangi kungacha yanada yangi qirralarini ochib, boyib bormoqda. Kechagi yangiliklar esa asta tarix zarvaraqlaridan joy olib, o‘tmishga aylanmoqda. Axborot tashuvchi qurilmalar avlodlari va ularning tarixi bilan tanishish maqsadida “Aloqa tarixi muzeyi” bo‘ylab sayohatimizni davom ettiramiz. Shunday qilib, navbatdagi sahifamiz zamonaviy axborot tashuvchi qurilmalarga bag‘ishlanadi. Tarix taraqqiyoti mobaynida axborotlarni saqlashga turlicha yondashilgan. Bunda axborotni qancha vaqt va qanday saqlashga alohida e’tibor qaratilgan. Agar axborot oz bo‘lsa, uni yodda saqlash, kitoblarda bitish bilan cheklanish mumkin edi, biroq davrimiz axborotlari sonining keskin o‘sishi sharoitlarida ularni saqlash va uzatish masalasi alohida ahamiyatga molik. Axborotni saqlash — bu axborotni makon va zamonda tarqatish usulidir. Axborotning saqlanishi uni saqlovchi, tashuvchi qurilmalarga ham bog‘liq. Hozirgi davrda ko‘plab axborotni ixcham holda saqlash va tezkor ulanib, o‘qishga mo‘ljallangan qurilmalar mavjud. Axborot tashuvchi vositalar — ma’lum bir axborot hajmini saqlash yoki uzatishga xizmat qiladi. Magnit yozuvlari orqali axborotlarni saqlash va uzatish mazkur sohadagi yanada ishonchli imkoniyat hisoblanadi. Bu borada fikr yuritilganda, avvalo po‘lat simga yozilgan magnit yozuvlarini eslab o‘tish lozim. Bunday usuldagi yozuvlarni amalga oshiruvchi qurilmani ilk bor 1878-yilda Edison laboratoriyasiga tashrif buyurganidan ta’sirlangan Oberlayn Smit (Oberlin Smith) 1888-yilda ishlab chiqqan. Biroq dastlabki po‘lat simli magnit yozuvlarini amalga oshiruvchi qurilma daniyalik muhandis Valdemar Poulsen (1869–1942) tomonidan faqatgina 1895-yilga kelib, ishlab chiqilgan. Ixtirochi qurilmani «telegrafon» deb atagan. Download 482.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling