Flesh-xotira o‘zi nima?
Flesh-xotira (inglizcha flash-memory) — bu yarim o‘tkazgichlar (integral
mikrosxemalar)
asosida yaratilgan, axborotning saqlanishi uchun qo‘shimcha
energiya talab qilmaydigan (energiya faqat axborotni yozishda ishlatiladi), ma’lum
bir o‘lchamdagi axborotni dasturiy yozish sikli cheklangan,
axborotni dasturiy
qayta o‘qib olish sikli cheklanmagan, axborotni dasturiy yo‘llar
bilan uzatish
uchun mo‘ljallangan ixcham o‘lchamdagi zamonaviy xotira qurilmasi hisoblanadi.
Flesh xotira modullari formati xilma-xil va ma’lum bir o‘lchamga ega
bo‘lgan axborotlarni dasturiy yo‘l bilan yozib saqlash va qayta o‘qish imkonini
beradi. Flesh xotira modullariga axborotni qayta-qayta
yozish sikllari soni
cheklangan (odatda 10 ming siklgacha) bo‘ladi. Flesh-xotira modullari boshqa
axborot yozib saqlash qurilmalarga nisbatan axborotni
qayta-qayta yozishlar soni
chegaralangan bo‘lishiga qaramasdan,
oddiy disketa yoki CD-R, CD-RW
disklariga
nisbatan chidamliligi, ishonchliligi va ixchamligi bilan ajralib turadi.
Flesh-xotiraga axborotni yozish jarayoni
Flesh-xotira axborotni yacheyka (cell) deb ataluvchi “qulfi suzuvchi”
tranzistorlar massivida saqlaydi. An’anaviy qurilmalarda
bir xil sathli har bir
yacheyka bir bit axborotni saqlay oladi. Bunday qurilmalar inglizcha single-level
cell, SLC deb yuritiladi. Ba’zi bir yaratilgan yangi qurilmalarda
har bir yacheykaga
bir bitdan ko‘p bo‘lgan axborotni saqlay olish imkoniyatiga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Ochilov S. «MS Access dasturida ma’lumotlar bazasini
yaratish bo’yicha uslubiy ko’rsatma» nomli amaliy ishlanma.
2. https//tami.uz
3.htpps//hozir.org.
4.hppst//uz.denemetr.com
5.htpps/fayllar.org
6.htpps//arxiv.uz