Mavzu: Zamonaviy axborot uzatish va saqlash vositalari Reja
Download 482.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Kompakt-disk («CD», «Shape CD», «CD-ROM», «KD PZU»)lar — optik axborot tashuvchi disk shaklidagi, markazida teshikchali, axborotlar lazer yordamida o‘qiladigan qurilmalardir. Kompakt-disklar boshidanoq audioni raqamli o‘qishga moslashtirilgan (Audio-CD), biroq hozirgi vaqtda katta hajmli axborotlarni saqlash qurilmasi sifatida qo‘llaniladi (CD-ROM). Audio-kompakt- diski formati bo‘yicha ma’lumotlar uchun kompakt-disklardan farq qiladi va CD- pleyerlarda o‘qiladi. CD disklar — bu kompakt disk so‘zlarining bosh harflaridan olib, nomlangan disklar bo‘lib, axborotlarni saqlash uchun optik yuzadan iborat, disk ko‘rinishidagi axborot tashuvchi hisoblanadi. Kompakt disklar 700 Mbayt hajmga ega bo‘lib, ma’lumot qurilmaning lazer nuri yordamida yoziladi va o‘qiladi. DVD- disklar — bu dijital video disk so‘zlarining bosh harfidan iborat qisqartma bilan nomlangan disklar hisoblanadi. Bu disklar 4,5 Gbayt hajmga ega bo‘lib, CD disklarga nisbatan 7 barobar ko‘p axborot sig‘dirishi mumkin. Har ikkala turdagi disklar ham optik rejimda ma’lumotlarni yozish, o‘qish va saqlash xususiyatiga ega bo‘lib, ixtiyoriy turdagi ma’lumotlarni tashish imkoniyatiga ega. Hozirgi davrda ushbu disklarning yangi avlodlari ishlab chiqarilmoqda, ular CD-RW va DVD-RW ko‘rinishida belgilanadi. Bunday turdagi disklarga axborotlarni yozish, o‘chirish va qayta yozish mumkin. Optik disklarga yozish jarayoni lazer yordamida amalga oshirilganligi sababli yozuvlar zichligi magnitli usulda yozuvlarni amalga oshirishdan ham yuqori darajada bo‘ladi. Optik diskning axborot sig‘imi (disk diametri 130 mm. bo‘lganida) 1 Gbayt va (disk diametri 300 mm. bo‘lganida) 2–4 Gbaytni tashkil etishga mo‘ljallangan. O‘tgan asr 90-yillarining oxirida yangi, hujjatlarni saqlash uchun yanada istiqbolli, raqamli-universal DVD-ROM turidagi DVD (Digital Versatile Disk), DVD-RAM, katta sig‘imli (17 Gbayt) DVD-R videodisklari paydo bo‘ldi. Optik, magnitooptik va raqamli kompakt-disklar texnologiyasi bo‘yicha 3 asosiy turda qo‘llaniladi: 1. Axborot o‘chirilmaydigan disklar (CD-ROM). CD-ROM odatda raqamli, ovozli dasturlar hamda dasturiy ta’minotni saqlash va uzatish uchun qo‘llaniladigan 650 Mbayt sig‘imga ega bo‘lgan. 2. Bir marta yozish va ko‘p martalik o‘qishga mo‘ljallangan, biroq o‘chirish imkonini bermaydigan disklar (CD-R; CD-WORM — Write-Once, Read-Many — bir marta yozib, ko‘p marta o‘qish mumkin). Ulardan elektron arxivlar va bank ma’lumotlarini saqlashda foydalaniladi. 3. Ko‘p marta qayta yozish/o‘chirish imkonini beruvchi reversiv optik disklar (CD-RW; CD-E). Bunday disklarni ishlab chiqish texnologiyasi murakkab bo‘lganligi bois, ularning narxi ancha yuqori. Hozirgi davrda raqamli usulda yozilgan optik (lazerli) disklar hujjatli axborotlarni saqlashda eng ishonchli vosita hisoblanadi. Shu bilan bir vaqtda, axborotni saqlashda nanotexnologiyalardan foydalanib, yanada ixcham axborotni saqlash, uzatish qurilmalarini yaratish ustida ishlar olib borilmoqda. Nanotexnologiyalar bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan jahon olimlari kelajakda shunday qurilmalar ishlab chiqilib, ular minglab lazer disklari o‘rnini bosishi mumkinligi haqida xabar bermoqdalar. Tabiiyki, sahifalarimizda insoniyat tarixida yaratilgan barcha axborot tashuvchi vositalar (masalan, CD-R, Blue Ray, magnit barabanlari va boshqalar) haqida so‘z yuritishning imkoni yo‘q, bu juda ko‘p vaqtni talab etgan bo‘lardi. Sohaga qiziquvchilar uchun mazkur qurilmalar haqida ixtisoslashgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarida barcha ma’lumotlar bayon etilgan, shuningdek, «Aloqa tarixi muzeyi»ga tashrif buyurib, ulardan namunalar va zarur ma’lumotlar bilan tanishish mumkin. Download 482.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling