Mavzu: Zamonaviy Biologik tadqiqotlarda bioinformatikaning ahamiyati
REJA:
Bioinformatika yaratilish tarixi
Biologik tadqiqotlarda bioinformatikaning ahamiyati
DNK va oqsil ketma — ketliklari
Bioinformatika fani maqsadlari
Tadqiqotning asosiy yoʻnalishlari
Evolyutsion hisoblash biologiyasi
Asosiy bioinformatik dasturlar
Bioinformatika yaratilish tarixi
Bugungi kunda zamonaviy biologik tadqiqotlarda bioinformatikaning ahamiyati va kompyuter modellashtirish yordamida bioinformatika fani yanada rivojlanganligini ko‘rishimiz mumkin va bunga misollar bilan batafsil to‘xtalishimiz mumkin.
Kompyuter, modellashtirish, axborot, bioinformatika, matematik model bular to‘g’risida birma bir to‘xtalib o‘tamiz.
Bunda bioinformatikaning zamonaviy biologik tadqiqotlardagi ahamiyati va fanda bioinformatikaning kompyuter modellashtirish yordamida rivojlanishi batafsil bayon etilgan.
Shuningdek, Bioinformatika to‘g’risida batafsil to‘xtalamiz.
Bioinformatika—umumiy biologiya, molekulyar biologiya, kibernetika, genetika, kimyo, informatika, matematika va statistikani birlashtirgan fanlararo sohadir.
Katta hajmdagi maʼlumotlarni tahlil qilishni talab qiladigan keng koʻlamli biologik muammolar bioinformatika dasturlari yordamida hal qilinadi.
Bioinformatika asosan kompyuter usullarini oʻrganish va ishlab chiqishni oʻz ichiga oladi va biologik maʼlumotlarni olish, tahlil qilish, saqlash, tartibga solish va vizualizatsiya qilishga qaratilgan.
Bioinformatika amaliy matematika, statistika va informatika usullardan foydalanadi.
Bioinformatika biokimyo, biofizika, ekologiya va boshqa sohalarda qoʻllaniladi.
Bu sohada eng koʻp qoʻllaniladigan dasturlar va texnologiyalar Python R, Java, C#, C++ dasturlash tillaridir;
belgilash tili—XML; maʼlumotlar bazalari uchun dasturlash tili—SQL; Parallel hisoblashning dasturiy va apparat arxitekturasi—CUDA;
Texnik hisob-kitoblarga oid masalalarni yechish uchun amaliy dasturlar toʻplami va ushbu paketda qoʻllaniladigan dasturlash tili—MATLAB va elektron jadvallar.
Do'stlaringiz bilan baham: |