Mavzu. Zamonaviy iqtisodiyotning asosiy tushunchalari


Funktsiyalar. Zamonaviy iqtisodiyot fan sifatida


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/16
Sana15.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1202409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1 с mavzu

Funktsiyalar. Zamonaviy iqtisodiyot fan sifatida turli funktsiyalarni 
bajaradi. Bulardan birinchisi – bilish funktsiyasidir. Bunda nazariyani o‘rganish 
orqali iqtisodiy hodisalar nima ekanligi, ularni nima yuzaga chiqarishi, ular nimaga 
olib kelishi anglab olinadi. Nazariya iqtisodiyotning sir-asrorlarini o‘rgatib, 
kishilarni ulardan xabardor qiladi, ularning bilim darajasini oshiradi. Boshqa 
iqtisodiy fanlar qatori u ham kishilarga iqtisodiy bilimlarni yetkazib beradi, ularni 
iqtisodiyotda maʼlum qonun-qoidalar borligidan ogoh etadi, ularga rioya etish 
zarurligini tushuntirib beradi. Mazkur fanning ikkinchi funktsiyasi – bu boshqa 
iqtisodiy fanlar uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qilishidir. Bu fan umumnazariy, 
yaʼni iqtisodiyotga xos bo‘lgan umumiy qonunqoidalarni o‘rganadi. Shu jihatdan u 
boshqa xususiy funktsional nazariyalardan, masalan, moliya nazariyasi, pul 
nazariyasi, statistik nazariya, buxgalteriya nazariyasi kabi fanlardan farqlanadi. 
Zamonaviy iqtisodiyot umumiy fan bo‘lganidan, u asoslangan nazariy qonun-
qoidalarga boshqa iqtisodiy fanlar tayanadi. Masalan, nazariyada asoslab berilgan 
talab kategoriyasining talqiniga mikroiqtisod, makroiqtisod, marketing, firma 
iqtisodi, menejment kabi fanlar tayanadi. Аmmo boshqa falar nazariyadan faqat 
oziqa olish bilan cheklanadi deb bo‘lmaydi. Bu fan boshqa iqtisodiy fanlar uchun 
nazariy tayanch bo‘lsa-da, ularning yutuqlarini umumlashtirish hisobidan ulardan 
ham oziqa oladi. Boshqa fanlar erishgan natijalar va xulosalarga tayanib iqtisodiyot 
o‘z kategoriyalari va qonunlariga yangilik kiritadi, yangi ilmiy xulosalar chiqaradi. 
Xullas, boshqa iqtisodiy fanlar yutug‘i nazariyaning ham fan sifatida rivojlanishiga 
xizmat qiladi. Mazkur fanning uchinchi funktsiyasi – bu uning amaliyot uchun ilmiy 
baza bo‘lib xizmat qilishi, unga umumiy tarzdagi tavsiyalar berishidir. Bu fan 
muayyan firma ishi yoki xonadon xo‘jaligini qanday tashkil etish to‘g‘risida 
tavsiyalar bermaydi. Uning tavsiyalari umumiqtisodiy tavsifga ega qonun-
qoidalarga qanday amal qilishga taalluqli bo‘ladi. Bu tavsiyalar iqtisodiy siyosatni 
takomillashtirishga qaratiladi. Bular davlatning, firmalarning, xonadonlarning, 
xalqaro iqtisodiy uyushmalar va tashkilotlarning siyosatiga tegishli bo‘ladi. Demak, 
nazariya amaliyot bilan iqtisodiy siyosat orqali bog‘lanadi. Iqtisodiy siyosatda u 
yoki bu nazariy g‘oyaga tayaniladi, u taqozo etadigan yo‘l-yo‘riqlar asos qilib 
olinadi. Buni tarixiy dalillar tasdiqlaydi. 1929–1933 yillari АQSh dahshatli iqtisodiy 


inqirozga yo‘liqib, iqtisodiyot falaj bo‘lib qolgan, undan chiqish uchun o‘sha 
paytdagi prezident F. Ruzvelьtning «Yangi kurs» deb nomlangan siyosati amalga 
oshirilgan. Bu siyosat tanglikdan chiqish uchun davlat iqtisodiyotga faol aralashuvi 
zarur degan g‘oyaga tayangan. Uning natijasida АQSh iqtisodiyoti o‘nglanib ketgan. 
XX asr 70-yillarining ikkinchi yarmidagi tanglikdan chiqish uchun АQSh hukumati 
prezident (R. Reygan) nomi bilan aytilgan «Reygonomika» siyosatiga amal qildi. 
Bu iqtisodiyot barqaror o‘sib borishini bozor kuchlari, bozor mexanizmining o‘zi 19 
taʼminlay oladi, shu bois davlat iqtisodiyotni erkin qo‘yib, o‘z iqtisodiy faoliyatini 
cheklashi kerak, degan nazariy xulosaga tayangan «Reygonomika» siyosati tufayli 
АQSh iqtisodiyoti tanglikdan chiqib, iqtisodiy o‘sishni taʼminlagan. 
Zamonaviy iqtisodiyot tavsiyalari mikrodarajadagi siyosatga ham qo‘l keladi, 
bu firmalarga to‘g‘ri strategik (kelajakni ko‘zlagan) yo‘lni tanlash imkonini beradi. 
Masalan, nazariyadagi diversifikatsiya g‘oyasi kapitalni bir vaqtning o‘zida turli 
sohalarga joylashtirish zarurligini bildiradi. Kapitali katta firmalar shunga amal 
qilganlarida bir sohadan ko‘rilgan zarar, boshqa sohaga qo‘yilgan kapital keltirgan 
foyda hisobidan qoplanib turadi. Nazariyaning yana bir amaliy ahamiyati shundaki, 
bu fan iqtisodiyotning sir-asrorlarini ochib berar ekan, undan xabardor har bir kishi 
iqtisodiyot qoidalariga amal qilsa, bundan faqat foyda ko‘radi. 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling