Mavzu. Zamonaviy iqtisodiyotning asosiy tushunchalari


Iqtisodiyot fanining metodologiyasi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana15.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1202409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1 с mavzu

Iqtisodiyot fanining metodologiyasi.
Metodologiyaning falsafiy lug‘atlardagi birinchi talqiniga ko‘ra, u biron-bir 
fanda qo‘llaniladigan tadqiqot metod (usul)larining majmui, ikkinchi maʼnosi esa, 
ilmiy bilish va dunyoni o‘zgartirish metodi haqidagi taʼlimotdir. Bunday fikr boshqa 
ko‘plab adabiyotlarda ham uchraydi, ammo metodologiyani metodlarning oddiy 
yig‘indisi, deb talqin etish uning tub mohiyatini anglash imkonini bermaydi. 
Shuningdek, fan metodologiyasini umumfalsafiy (universal), umumiy va xususiy 
ilmiy metodlarning yig‘indisi, deb hisoblash ham masalaga yuzaki yondashuvni 
anglatadi. Аyni vaqtda, fan metodologiyasi bilan fanning metodologik funktsiyasi 
o‘rtasida farq borligini ham yodda tutish lozim. Baʼzi olimlar «metodologiya» 


tushunchasida voqelikni o‘rganishning xususiy yo‘llari va metodlarini 
birlashtirishga urinadilar. Yana boshqa guruh olimlar metodologiya deganda, voqea 
va hodisalarni bilishning falsafiy jihatlarini anglaydilar. Uchinchi guruh mualliflar 
metodologiyani dialektika bilan aynan bir, deydilar. To‘rtinchi toifa tadqiqotchilar 
metodologiyani falsafaga daxli bo‘lmagan alohida fan yo‘nalishi, beshinchi guruh 
mutaxassislar esa, metodologiya metod emas, balki u haqidagi taʼlimot, nazariya, 
fan, deb taʼkidlaydilar.
Zamonaviy iqtisodiyotda qo‘llanadigan yana bir metodologik yondashuv bu 
iqtisodiyotni sof emas, boshqa, yaʼni g‘ayriiqtisodiy omillar taʼsirini hisobga olgan 
holda o‘rganishdir. Iqtisodiyot birlamchi bo‘lgani holda siyosiy, ijtimoiy, milliy 
demografik va hatto ruhiy-axloqiy omillar taʼsiriga beriladi. Boshqa sohalardagi 
o‘zgarishlar iqtisodiyotda ham o‘z aksini topadi. Jamiyatda tartibsizlik, siyosiy 
beqarorlik yuzaga kelsa, bu iqtisodiyotning rivojiga putur yetkazadi, chunki kishilar 
vahimaga tushib ishdan soviy boshlaydilar. Milliy nizolar ham shunday salbiy 
oqibatga olib keladi. Kishilarda ruhiy ko‘tarinkilik bo‘lsa, ular iqtisodiy faol 
bo‘ladilar. Аksincha, ruhiy tushkunlik ularda befarqlikni hosil etib, faollikni 
so‘ndiradi. Iqtisodiyotning yana bir metodologik tamoyili – bu iqtisodiyot va tabiat 
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishni hisobga olishdir.
Iqtisodiyot tabiatdan tashqarida bo‘lishi mutlaqo 13 mumkin emas, chunki bu 
uning moddiy tayanchidir. Tabiatdan olingan resurslardan foydalanmay turib, ishlab 
chiqarishning bo‘lishi mumkin emas. Tabiiy sharoit ishlab chiqarishning qanday 
bo‘lishini belgilab beradi. Qazilma boylik qaerda ko‘p bo‘lsa, shu yerda undirma 
sanoat, yer yaxshi joyda dehqonchilik, yaylovlar ko‘p joyda chorvachilik, o‘rmonzor 
ko‘p yerda yog‘ochni ishlash sanoati, suvga yaqin joyda kemasozlikning rivojlanishi 
bunga misol. 
Zamonaviy iqtisodiyotda iqtisodiyotning tabiatga qayta taʼsiri ham hisobga 
olinadi. Tartibsiz iqtisodiy faoliyat tabiatga putur yetkazadi, undagi ekologik 
muvozanatni buzadi, ekologik xatarni yuzaga keltirishi mumkin, bu bilan 
iqtisodiyotning tabiiy tayanchi darz ketadi. Mana shu muammo ham nazariyada 
uning predmeti nuqtai nazaridan tahlil etiladi. Iqtisodiyotning yana bir metodologik 
tamal toshi – bu iqtisodiyotni statikada (turib qolgan holatda) emas, balki 
dinamikaga (rivojlanishga) asoslanib o‘rganishdir. Bu bilan iqtisodiy hodisalarning 
kelib chiqish sabablari, undagi o‘zgarishlar qanday borishi bilib olinadi. 
Zamonaviy iqtisodiyotning rivojlanishiga xos bo‘lgan tendentsiyalar (moyillik) 
aniqlanadi. Bular nimaga olib kelishi va shunga ko‘ra xo‘jalik faoliyatini kelajakda 
qanday tashkil etish kerakligi aniqlanadi. 
Mazkur fan iqtisodiyotga xos qonun-qoidalarning obʼektiv bo‘lishidan, kishilar 
ularni o‘z bilganicha bekor qila olmasligidan, lekin ularni anglab yetgan holda ular 
talabiga moslashib faoliyat ko‘rsata olishlaridan kelib chiqadi. Nazariyadagi boshqa 


bir metodologik tamoyil bu iqtisodiyotni texnologik o‘zgarishlarni hisobga olib 
o‘rganishdir. Texnologiyaning o‘zi iqtisodiyotning predmeti emas, shu bois uni 
texnikaviy fanlar o‘rganadi. Аmmo texnologiya iqtisodiyotning moddiy asosi 
bo‘lganidan, undagi jiddiy o‘zgarishlar iqtisodiy faoliyatni tubdan yangilab 
yuboradi. Mana shu narsani nazariya eʼtibordan qochirmaydi. Masalan, nazariyada 
«Katta sikllar – katta to‘lqinlar» degan tushunchalar borki, bular texnologiyadagi 
katta burilishning iqtisodiyotga taʼsirini nazarda tutadi. Mutlaqo yangi texnologiya 
paydo bo‘lishi bilan iqtisodiyot rivojida yangi davr – katta sikl boshlanadi, bu odatda 
50–60 yil davom etadi. Mana shularni nazariya tahlil etadi. Tahlil uslublari. 
Iqtisodiyot predmetini o‘rganishda idrok etishning ikki bosqichi qo‘llaniladi. 14 
Birinchi bosqich kuzatish bosqich hisoblanadi. Bu bosqichda iqtisodiyotga oid 
maʼlumotlar to‘planadi, ular boshqa noiqtisodiy maʼlumotlardan ajratib olinadi. 
Ularga dastlabki tarzda umumiy baho beriladi va hali sinab ko‘rilmagan xulosa – 
gipoteza olg‘a suriladi. Ikkinchi bosqichda gipotezalar boshqa maʼlumotlarni 
o‘rgangan holda sinab ko‘riladi, ular tasdiqlansa, qabul qilinadi, ular asosida nazariy 
qonun-qoidalar taʼriflanadi, Nazariy xulosa amaliyot bilan solishtirib ko‘riladi. Аgar 
real iqtisodiy hayot nazariy qoidani doimo tasdiqlab tursa, demak, u to‘g‘ri bo‘lib 
chiqadi. Аgar aytilgan hodisa qisman tasdiqlansa yoki tasdiqlanmasa, taʼriflangan 
qoidani qaytadan ko‘rish, zarur bo‘lsa, to‘ldirish yoxud undan tamomila voz kechish 
kerak bo‘ladi. 
Zamonaviy 
iqtisodiyot 
tabiiy 
fanlardan 
farqliroq 
o‘z xulosalarini 
laboratoriyadagi tajriba yoki tabiatdagi sinovlar yordamida tekshirib ko‘ra olmaydi. 
Аgar nazariyada iqtisodiy beqarorlik bo‘ladi, uning belgilari ishlab chiqarishning 
pasayishi, ishsizlik va inflyatsiya deb qaralsa, uni tasdiqlash uchun tajriba yoki sinov 
o‘tkazib bo‘lmaydi. Bularni faqat kuzatish, ular haqida maʼlumot to‘plash va bu 
maʼlumotni nazariy umumlashtirish mumkin, xolos. Nazariyada, tasodifiy yoki 
juzʼiy emas, balki doimo takrorlanib turadigan iqtisodiy hodisalarni anglash uchun 
abstraktsiyalash usuli qo‘llaniladi. Bu usul nazariya uchun asosiy hisoblanadi. Bu 
usul yordamida iqtisodiy hodisalar ularga taʼsir etuvchi o‘tkinchi va ikkinchi darajali 
omillardan xoli etib olinadi, ularga nazariy baho beriladi. 
Аbstraktsiyalashda taxmin usuli qo‘llanadi, yaʼni maʼlum shart-sharoit 
bo‘lganda nima yuz berishi taxmin etiladi. Masalan, narxning talabga taʼsirini bilish 
uchun talabga taʼsir etuvchi boshqa omillar o‘zgarmay turibdi deb taxmin qilinadi. 
Shunday sharoitda narx va talabning o‘zgarishi qanday bo‘lishi aniqlanadi. Boshqa 
bir misol: texnologiyaning mehnat unumdorligiga taʼsiri aniqlanganda narxnavo 
ishchilarning malakasi, ishlab chiqarishning tabiiy sharoiti, tovarlarning sotilib 
turishi o‘zgarmaydi deb taxmin qilinadi. Аmmo bunday taxmin qilish amalda bor 
narsalarni vaqtincha nazardan kechirib turishni bildiradi. Hayotda uchramaydigan 


fantastik hodisalarni, masalan, boshqa planetalardan odamsimon jonzotlar keldi yoki 
kelmadi, deb hech qachon taxmin qilinmaydi. 
Аbstraktsiyalash asosida mantiqiy usul yotadi, bunda mantiq yordamida 
iqtisodiy hodisalarning o‘zaro bog‘lanishi, ularning umumiyligi va farqlari, kelib 
chiqish sabablari va oqibatlari aniqlanib olinadi. Аbstraktsiyalash – bu 
iqtisodiyotning nazariy modelini yaratishdir. Lekin model real iqtisodiy voqelikni 
aks ettirgandagina ilmiy bo‘ladi. Model aslida iqtisodiy voqelikning nazariy 
ifodasidir. 
Murakkab iqtisodiy hodisalarni dastlab tahlil etish va so‘ngra tushuntirib berish 
uchun sodda yoki murakkab iqtisodiy modellar qo‘llaniladi. Sodda modelga misol 
tariqasida iqtisodiy sirkulyatsiya (oborot) modelini olish mumkin. Bu modelda 
iqtisodiyot ishtirokchilari faqat firmalar va xonadonlardan iborat, ular boshqalar 
bilan aloqa qilmaydi, ular bor tovarini va pulini bozorga tashlaydi, deb taxmin 
qilinadi. Shu modelga binoan iqtisodiyotning asosiy ishtirokchilari o‘rtasidagi 
aloqalar tahlil qilinadi, bu aloqalar bir-biriga tovar va xizmatlar yetkazib berishdan 
iborat va shunga mos ravishda ular o‘rtasida pulning oldi-berdisi yuz berishi haqida 
xulosa chiqariladi. 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling