Bevosita moddiy manfaat bilan bog‘liq ehtiyojlarni qondirish va shaxsning o‘z o‘zini shakllantirish ehtiyojlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Jamiyat ehtiyojlarini alohida insonning ehtiyojlari kabi ikki guruhga bo‘lish mumkin. Birinchisi - qobiliyatlarni rivojlantirish, shaxsning ijodiy imkoniyatlarini (ta’lim, professional o‘sish, ilmiy, texnik va badiiy ijod, sport) oshirish bilan bog‘liq. Ikkinchisi, hordiq chiqarish yoki oddiy fiziologik lazzat olish (alkogol ichimliklar iste’mol qilish, turli xil xordiq chiqarish). Ushbu guruhdagi ehtiyojlar o‘rtasida keskin farq yo‘q, lekin servis tizimida tenglikning qandaydir varianti mavjud. Unga ko‘ra, insonning ijodiy va xordiq chiqarish ehtiyojlarini qondiradigan xizmatlar bog‘liqligi mavjud. Ular o‘rtasidagi qarama-qarshilikning qanday hal etilishi konkret ijtimoiy tizim (davlat, hudud, xalq yoki ijtimoiy guruh) ga, iqtisodiyot rivojlanish darajasi, ma’naviy normalar va madaniy ananalarga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Yuqorida qayd qilingan servis tizimi faoliyatidagi qarama-qarshiliklar, ularni jamiyat bilan bog‘laydi. Ushbu qarama-qarshiliklarning mavjudligi va ularning har xil davrda kuchayishi, alohida insonlar va jamiyatning doimiy ravishda rivojlanayotgan ehtiyojlariga taaluqli ravishda servis tizimi faoliyatini doimo o‘zgartirib va takomillashtirib borishga majbur qiladi.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati
1. Service Management: An Integrated Approach to Supply Chain Management and Operations. Cengiz Haksever, Barry Render. Printed in the United States of America.First Printing June 2013.
2. Siegel, lenger, Stickler, Gutmayer. Service die grundlagen. 2006.
3. K.Douglas Hoffman. John E.G. Bateson “Services Marketing”.Printed in the United States of America. .2011.
4. Philip Kotler, John Bowen, James Makens. Marketing for Hospitality and Tourism.1998.
5. Rauly, Michael. PersonalManagement. 2005.
6.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017 y., 6-son, 70-modda). Toshkent sh., 2017 yil 7 fevral, PF-4947-son.
7.“2012-2016 yillarda O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 may PQ-1754-son Qarori.
8.O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. // Xalq so’zi, 2016 yil 16 yanvar.
9.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. // “Xorazm haqiqati” gazetasi. 2017 yil 18 yanvar. № 5 (19351).
Do'stlaringiz bilan baham: |