2.Industrial rivojlanishni salbiy tomonlari. “Iste’mol jamiyati” doirasida servis faoliyatini o‘rganishga yondashish
Jamiyat rivojlanishini sanab o’tilgan bu omillari fuqarolarni yangi hayot tarzini shakllantiradi. Mashina texnologiyalari vositasida tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari va kundalik ehtiyoj tovarlarini sotib olish, tipaviy uy-joylarni industrial asosida qurish usullari ijtimoiy amaliyotda sezilarli bo’ladi.
Zamonaviy hayot tarzini muhim tavsifi kunlik vaqt hajmini taqsimoti bilan bog’liqdir. Odamni industrial davrdagi kundalik hayot kechirishi ishda, uyda, dam olishda va boshqa joylarda ma’lum vaqt davomida bo’lishiga yo’naltirilgan. Bunday hayot tartibi odamlarni ishlab chiqarish majburiyatlariga e’tiborini kuchaytiradi, ishlab chiqarish unumdorligini, intizomliligini oshiradi. Ayni shu vaqtda intensiv mehnat maqomi ishchilarda charchoqlikni oshiradi, ularda stressli va ruhiy chetlanishlarni yuzaga keltiradi. Shu bilan birgalikda, odamlarni ma’lum bo’sh vaqti kun, hafta oxirida emas, balkim yil davomidagi ta’til paytida ham paydo bo’ladi. Bunday vaziyatda odamlarni asosiy tashvishi bo’sh vaqtdan o’z kuchlarini tiklash, yaqin odamlar bilan muloqotda bo’lish, ko’ngilni ochish uchun samarali foydalanishga qaratilgan bo’ladi. Bularni hammasi servisni yirik segmenti bo’lmish rekreasiya, o’yin faoliyati, ko’ngil ochish sohalarini paydo bo’lishi uchun zamin yaratadi.
Shunday qilib, industrlashtirish natijasida servis faolligi o’zi ichida o’zini tashkillashtirishni yangi shakllarini va turli-tuman zamonaviy xizmatlarni ishlab chiqish orqali rivojlanish uchun katta turtki oladi. Servis faoliyati yangi ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarni yuzaga keltirish imkoniga ega bo’ladi, iste’mol bozori hajmini oshiradi. Ko’pgina xizmat ko’rsatish sohalarida xizmatlarni sanoat ishlab chiqarilishi texnologiyalari bilan yaqin bog’liqligini taqozo etadigan «servis industriyasi» shakllanadi.
XX asrni o’rtalarida rivojlangan G’arbiy Yevopa va Shimoliy Amerika davlatlarini asosiy fuqarolarini hayot darajasi eng yuqori bo’ldi. Rivojlangan jamiyatdagi odamlar yuqori maosh olib, unga nafaqat oilani boqish, bolalarga yaxshi ma’lumot berish, uy-joy, shaxsiy avto transport sotib olish, shuningdek, ta’til paytida boshqa kontinent kurortlarida dam olish imkoniyatiga ega bo’lishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |