Mavzu: zamonaviy matn muharrirlari. Jadval muharrirlaridan iqtisodiy


Kirilcha alifbodan lotincha alifboga o‘tish va aksincha


Download 180.23 Kb.
bet2/13
Sana17.06.2023
Hajmi180.23 Kb.
#1538690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3 laboratoriya ishi

Kirilcha alifbodan lotincha alifboga o‘tish va aksincha.


Kirill alifbosidan lotin alifbosiga o‘tish uchun tizimli indikatorlar panelidagi klaviatura indikatori ustuga sichqonchaning chap tugmachasi bosiladi. Hosil bo‘lgan menyudan kerakli alifbo tanlanadi (3-rasm).

Bu amalni klaviaturada [Alt]+[Shift] (oldin Alt tugmasi bosilib, uni qo‘yib yubormasdan Shift tugmasi bosiladi) yoki [Ctrl]+[Shift] tugmalar kombinatsiyasidan foydalanib ham amalga oshirish mumkin.
  1. Matn yozishda foydalaniladigan shrift andazasi (stili), turi va o‘lchamini o‘zgartirish.


Buning uchun dastur oynasining menyu satridagi “Формат” menyusiga kiriladi va undan “Шрифт” bandi tanlanadi. Hosil bo‘lgan oynachaning Шрифт bo‘limiga kirib kerakli parametrlar o‘rnatiladi va [OK] bosiladi. Bizning misolda shrift andazasi Обычный, shrift turi Times New Roman, o‘lchami 12 punkt (1 punkt 1/72 dyuymga teng, odatda bu 12-kegl deb aytiladi) qilib tanlangan (4-rasm).

4-rasm. “Формат” menyusining “Шрифт” bo‘limi Bu amalni vositalar panelining “Форматирование” bo‘limidagi ob’ektlar orqali ham amalga oshirish mumkin (5- rasm).

5-rasm. Formatlash vositalari panelini
Klaviatura orqali ham bu muammoni hal etish mumkin: [Ctrl]+[D] 4-rasmdagi oynani hosil qiladi; [Ctrl]+[Shift]+[S] shrift andaza maydoniga olib kiradi; [Ctrl]+[Shift]+[F] shrift turini o‘rnatishga imkon beradi; [Ctrl]+[Shift]+[P] tugmalar birikmasi orqali shriftlar o‘lchamini alohida tanlash mumkin.
Agar tayyor yozilgan matnning biror qismi yoki to‘liq qismi ustida bu amalni bajarish zarur bo‘lsa, u holda dastlab matnning kerakli bo‘lagi yoki to‘liq qismini “ajratib” olish talab qilinadi.
Matn qismini ajratib olish uchun sichqoncha ko‘rsatkichi shu bo‘lak boshiga keltiriladi va sichqoncha chap tugmasi bosilib, qo‘yib yuborilmasdan o‘ng tomonga, matn bo‘lagi oxiriga qadar sirpantiriladi. Agar bir vaqtda bir necta satr ajratilishi kerak bo‘lsa, xuddi shu usul
bilan sichqoncha pastga qarab yo‘naltiriladi. Buni klaviatura orqali ham bajarish mumkin. Buning uchun klaviaturadan [Shift]+[🠪] klavishlar birikmasi ishlatiladi, ya’ni oldin [Shift] klavishi bosiladi va qo‘yib yuborilmasdan [🠪] (yo‘nalishli) klavish bosilib turadi. Jarayon kerakli chegaraga etganda to‘xtatiladi (6-rasm).
Agar matnni to‘lig‘incha ajratish kerak bo‘lsa, u holda menyu rejimida: [Правка]🠚[Выделить все] buyruqlar ketma ketligi, klaviatura rejimida esa: [Ctrl]+[Num 5] klavishlar kombinatsiyasidan foydalanish mumkin.

6-rasm. Matn bo‘lagining ajratilishi

  1. Download 180.23 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling