Mavzu: zamonaviy matn muharrirlari. Jadval muharrirlaridan iqtisodiy


Download 180.23 Kb.
bet9/13
Sana17.06.2023
Hajmi180.23 Kb.
#1538690
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3 laboratoriya ishi

Topshiriqlar


    1. Excel dasturini ishga tushirish.

Asosiy menyu orqali [Пуск] [Программы] [Microsoft Excel] buyruqlar ketma ketligi amalga oshiriladi. Agar mavjud bo‘lsa, ish stolidagi dastur yorlig‘iga murojaat qilish ham mumkin. Natijada Excelning 1-rasmdagi ish stoli (ishchi oynasi) hosil bo‘ladi.
    1. Jadvalga ma’lumotlarni kiritish.


Jadvalga asosan uch turdagi ma’lumotlarni kiritish mumkin: matnli, sonli, va formula.
Jadvalga ma’lumotlar klaviatura tugmachalari yordamida kiritiladi. Qaysi yacheykaga ma’lumot kiritilishi kerak bo‘lsa, kursor o‘sha yacheykada turishi kerak.
Matn. Agar jadvalga yozilgan ma’lumot sonli yoki formula bo‘lmasa, qolgan barcha hollarda kiritilgan ma’lumotlar matnli deb tushuniladi. Masalan, Talabalar stipendiyasi qaydnomasi yoki a1+a2;
Sonlar. Agar kiritilgan ma’lumotlar faqat raqamlar ketma ketligidan iborat bo‘lsa, u holda bu sonli ma’lumot deb tushuniladi. Masalan, 444; -4,8; 11,11 va hk.
Formula. Ba’zan yacheykalardagi sonli ma’lumotlar ustida hisoblash ishlarini bajarishga ham to‘g‘ri kelib qoladi. Bu vaqtda formulalardan foydalaniladi. Excel yacheykasida boshqa ma’lumotlardan farqli o‘laroq, formulalarning yozilishi faqat “=” (tenglik) belgisi bilan boshlanadi. “=” belgisidan keyin arifmetik amal belgilari bilan o‘zaro bog‘langan ifodalar yoziladi. Masalan, agar D2 yacheykasida =B2+4*C2 formula yozilgan bo‘lsa, bu shuni bildiradiki, C2 yacheykasidagi sonli qiymat 4 ga ko‘paytirilib, B2 yacheykadagi songa qo‘shiladi va natija D2 yacheykaga yoziladi (2-rasm). Excelda ishlatiladigan arifmetik amal belgilari: “+”
(qo‘shish), “ ” (ayirish), “*” (ko‘paytirish), “/ ” (bo‘lish).


  1. rasm. Jadvalda formuladan foydalanish.




    1. Download 180.23 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling