Berilgan ma’lumotlar asosida grafiklar va diagrammalar tuzish.
Ma’lumotlarni diagramma ko‘rinishda tasvirlash uchun avval talab qilingan sohadagi ma’lumotlarni ajratib olamiz, so‘ngra [Вставка] menyusining [Диаграмма] bandiga murojaat qilib, 5-rasmdagi oynaga ega bo‘lamiz.
rasm.
Oynaning Тип bo‘limidan kerakli turdagi diagrammani tanlaymiz, Вид bo‘limidan esa istalgan ko‘rinishlardan birini belgilab, [Далее>] tugmasini bosamiz. Keyingi hosil bo‘ladigan oynalar orqali kerak bo‘lsa, diagrammaning boshqa parametrlarini o‘rnatamiz, zarurat bo‘lmasa, [Готово] tugmasini bosib, maqsadga erishish mumkin. 6-rasmda 2, 4, 6 va 8 sonlari orasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi grafik, doiraviy diagramma va gistogrammaviy tasvirlar keltirilgan.
Diagrammani vositalar panelidagi belgisi orqali ham hosil qilish mumkin. Bunda ham kerakli soha belgilanib, yuqorida aytilgan belgiga murojaat qilsak, bir nechta tasvir diagrammalari oynasi hosil bo‘ladi va undan keraklisini o‘zingiz tanlashingiz mumkin.
rasm
Excel dasturi bilan ishni tugatish. Exceldan chiqish uchun: 1) «Файл» menyusiga kirib,
«Выход»ni tanlash; 2) sarlavha satridagi belgiga murojaat qilish; 3) masalalar panelidagi Excelga tegishli tugma ustida kontekst menyuni ochib, undagi Закрыть bandi ustida sichqoncha chap tugmasini bosish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |