Ma’lumot bilan to‘ldirilgan jadval sohasini belgilab olish.
Tayyor holatga kelgan hujjatni printer orqali qog‘ozga chiqarish uchun zarur bo‘lgan sohani belgilab (ajratib) olish kerak bo‘ladi. Buning uchun dastur oynasining vositalar panelidagi (обрамления) tugmachasiga murojaat qilinadi (7-rasm).
rasm 6.
Tayyorlangan jadvalli ma’lumotni diskka yozib qo‘yish.
Barcha ishlar bajarilib bo‘lingach, hujjatni fayl ko‘rinishida diskka yozib qo‘yish kerak bo‘ladi. Buni menyu rejimida: “Файл” menyusiga kirib, “Cохранить” bandi tanlanadi va hosil bo‘lgan so‘rov oynasining “Имя” satriga fayl nomi teriladi va Enter bosiladi; klaviatura rejimida: [Ctrl]+[S]; 3-usuli: vositalar panelidagi (disk) belgisi ustiga sichqoncha chap
tugmasi bosilib, hosil bo‘lgan so‘rov oynasi uchun yuqoridagi ishlar bajariladi.
Matematik funksiyalardan foydalanish.
Excel 2000 da hisoblashlarni bajarish uchun turli funksiyalardan foydalaniladi. Shundan 50 tasi matematik funksiyalardir. Misol tariqasida berilgan sonning (argumentning) kvadrat ildizini hisoblaydigan funksiyani ishlatamiz. Buning uchun vositalar panelidagi belgiga, yoki [Вставка] menyusining [ Функция] bandiga murojaat qilish kerak bo‘ladi. Natijada hosil bo‘lgan muloqot panelining Категория bo‘limidan Математические bandi, Функция bo‘limidan esa Корень bandi tanlanadi (1-rasm).
1-rasm.
So‘ngra OK tugmasini bosib, quyidagi oynaga ega bo‘lamiz (2-rasm):
2-rasm.
Hosil bo‘lgan oynaning Число maydoniga, masalan, 121 conini yozib, natija sifatida 11 ga teng qiymatga ega bo‘lamiz. 6-rasmda ko‘rsatilgan boshqa funksiyalar qiymatini hisoblash uchun ham xuddi shunday yo‘l tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |