Mavzu: Zamonaviy ommaviy qirgin qurollari va ulardan aholini himoya qilish mavzusi bo'yicha interfaol usullarni qo'llagan holda mashg'ulotlar tashkil etish Reja


) Biologik qurollar zararli oqibatlari


Download 55.02 Kb.
bet8/11
Sana25.04.2023
Hajmi55.02 Kb.
#1399017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
zamonaviy omaviy qirg\'in qurollari

3) Biologik qurollar zararli oqibatlari

Zaharlovchi moddalar mo‘ljalga, avvalo, aviatsiya yordamida yetkaziladi. Turli xildagi zaharlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan aviatsion bombalar portlatuvchi moslamalari bo‘yicha: zarba ta’sirida portlaydigan va uzoqdan boshqariluvchi (distansion) moslamalar bilan portlaydiganlarga bo‘linadi. Zarba ta’sirida portlaydigan kimyoviy aviatsion bombalar havo atmosferasini yoki ma’lum joylarni zaharlashga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zida fosgen, iðrit yoki zoman turidagi zaharlovchi moddalarni saqlashi mumkin. Zarba ta’sirida portlovchi aviatsion kimyoviy bombalarning og‘irligi, odatda, 100 kg dan 1000 kg gacha bo‘ladi. Bunda bombaning 50% og‘irligini zaharlovchi moddalar tashkil qiladi. Insonlarni zaharlash uchun ishlatiladigan aviatsion kimyoviy bombalar yer yuzasidan biroz balandroq masofada portlatiladi (distansion portlatuvchi moslamalarga ega bo‘ladi). Bu bombalar chidamli zaharlovchi moddalar (zoman, iðrit) bilan to‘ldiriladi.


To‘kadigan aviatsion asboblar suyuq zaharlovchi moddalar bilan to‘ldirilib, samolyot qanotlari yoki fuzelaji (korpusi) tagiga osiladi va 300—500 metr yuqoridan sepiladi.
Raketa vositalari. Kimyoviy hujum o‘tkazilish zarurati paydo bo‘lganda raketa vositalaridan keng foydalaniladi. Ba’zi mamlakatlar armiyalari kimyoviy qurolni kerakli joyga yetkazish uchun boshqarilmaydigan raketa vositalariga ega. Boshqarilmaydigan reaktiv snaryadlarning uchish masofasi 40 kilometrni, boshqariladigan raketa vositasi reaktiv snaryadlarining uchish masofasi 5—140 kilometrni tashkil qiladi.
Reaktiv minomyotlar (ko‘p stvolli qurilmalar)dan otiladigan reaktiv snaryadlar yoki minalar zaharlovchi moddalardan zarin yoki V gazlari bilan to‘ldirilib, qo‘llanilganda katta maydon va ko‘plab kishilarni zararlaydi, qurilmalarning otish uzoqligi 2,7—11 km ni tashkil qiladi.
Artilleriya kimyoviy snaryadlari va minalari. Ba’zi chet davlatlar armiyalari hozirgi vaqtda 105, 155, 175, 203, 2 mm li zambaraklar va gaubitsalardan otish uchun ishlab chiqilgan kimyoviy snaryadlarga ega.
Kimyoviy fugaslar dushmanning tirik kuchlarini, maydon hamda yo‘llarni zararlash uchun qo‘llaniladi. Chet davlatlar armiyalarida hozirgi vaqtda M-1, M-23, ABC-M23 rusumli fugaslar saqlanib kelinmoqda. Ushbu fugaslar V gazlari, zarin va boshqa turdagi zaharlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Portlatilgan vaqtda 12,5 m2 va undan katta maydonni zararlaydi.
Havo va yerdagi zaharlovchi moddalarning zarar yetkazishiga ob-havo, tuproqning holati va yerning past-balandligi katta ta’sir qiladi. Havo va tuproqning harorati yerda zaharlovchi moddalarning saqlanish muddatiga ta’sir etadi. Past haroratda (qishda) iðrit juda sekin bug‘lanib, ko‘klamgacha tuproqda saqlanishi mumkin. Yozda esa iðrit bir necha o‘n marta tezroq bug‘lanadi va tuproqda faqat bir necha soat, O‘rta Osiyo hududi sharoitida esa yanada kamroq saqlanadi.
Zaharlovchi moddalar organizmga turli yo‘llar bilan — nafas yo‘llari, me’da-ichak, teri, shilliq pardalar hamda jarohatlardan o‘tishi mumkin. Zaharlovchi moddalar ko‘pincha bug‘ va aerozol holida nafas yo‘llariga tushadi. Havo yo‘llariga tushgan zaharlovchi modda shilliq pardalarda
to‘xtab qolishi natijasida qisman o‘pka alveolalari orqali qonga so‘riladi. Agar o‘pka alveolalari yoyib qo‘yilsa, zaharlovchi moddalar 90—100 m2 yuzaga tarqaladi, shuning uchun ular nafas orqali zaharlanish klinikasida birinchi o‘rinni egallaydi, ya’ni zaharlanish klinikasi tezda rivojlanadi.
Zaharlovchi moddalar bilan nafas yo‘llari orqali zaharlanish ingalatsion zaharlanish deb atalib, juda ham xavfli hisoblanadi. Nafas yo‘llarini zaharlovchi moddalardan saqlash uchun himoya vositalaridan, gazniqoblardan foydalaniladi.
Biologik (bakteriologik) qurollar biologik vositalar bilan to‘ldirilgan o‘qdorilar va ularni nishonga olib borish (otish) vositalaridir. Biologik (bakteriologik) qurollar ishlatilishi bilan olib boriladigan urushlar biologik (bakteriologik) urushlar deb ataladi. Biologik (bakteriologik) qurolning ta’sirlovchi omilini bakteriologik vositalar tashkil etadi. Ular jangovar holda ishlatish uchun ajratib olingan biologik agentlar bo‘lib, inson organizmiga tushganda qattiq kasallanishga olib keladi. Ularga kasallik tarqatuvchi mikroblar va mikrob toksinlari (ayrim mikroblar hayot faoliyati davomida hosil bo‘ladigan zaharli moddalar) kiradi. Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini yo‘q qilish, shu bilan birga, davlat iqtisodiy salohiyatini izdan chiqarish maqsadida hasharotlar, ayniqsa, chigirtkalar, kolorado qo‘ng‘izlari va boshqalar ishlatilishi mumkin. Mikroorganizmlar, infeksiyali kasallik tarqatuvchi mikroblar biologik xossalari va o‘lchamlariga ko‘ra quyidagi sinflarga bo‘linadi: bakteriyalar, viruslar, rikketsiyalar, zamburug‘lar va mikrob toksinlari.
Bakteriologik qurol deganda, bakterial vositalar bilan ta'min langan har xil qurol, asbob va moslamalar tushuniladi. Bakteiia vositalar kasallik tug'diruvchi mikroblar (bakteriyalar, viruslai rikketsiyalar, zamburug'lar) va bakteriyalardan chiqadigan zahar lar — toksinlardir.
Dushman bakteriologik quroldan odamlarni, qishloq xo'jalD hayvonlarini va o'simliklarni shikastlash uchun foydalanadi. B qurolning jangovar xossalari jumlasiga odam va hayvonlarni ko'pla kasallanishi, ta'sir etish vaqtining juda uzoqqa cho'zilishi (masalar kuydirgi kasalligi tug'diruvchi mikroblaming tortishuv formulalai shikastlash ta'sirini bir necha yil saqlab tura oladi), tashqi muhitd mikrob va toksinlarni payqashning qiyinligi, ta'siri yashiri (inkubatsiya) davrining uzoq bollishi, kasallik tug'diruvchi mik roblar va toksinlarning germetik qilinmagan yashirinish joylarig va xonalarga havo bilan birga kirib, ulardagi odam va hayvonlan zaharlay olish xususiyati kiradi.
Mikroblarni faqat laboratoriyalarda maxsus asboblar yordan bilangina aniqlash mumkin.Himoyalanmagan odam va hayvonlc
zaharlangan havo bilan nafas olish, mikrob va toksinlarning ko'z, burun, og'zining shilliq pardalariga hamda shikastlangan teriga tushishi, zaharlangan oziq-ovqat va suv iste'mol qilish, zahar­langan hasharotlar va kanalaming chaqishi natijasida zaharlanish mumkin.
Kk odamga bevosita kontaktda bo'lish oqibatida yuqish xususiyati kontagiozlik deyilib, bunday kasalliklar esa, kontagioz kasalliklar, deb ataladi.
Dushman inson va hayvonlarni zaharlash uchun har xil yuqumli kasalliklar — vabo, psittakoz, gripp, tulyaremiya, brutsellyoz, kuydirgi, o'lat, epidemik tepkili tif, natural chechak, Ku-isitma va boshqa kasalliklar tug'diruvchi mikroblardan foy- dalansa ham bo'ladi. Bundan tashqari, og'ir zaharlaydigan bo- tulinik toksin ishlatilishi ham mumkin.
Dushman hayvonlarni zaharlash uchun yashchur, qoramol vabosi, cho'chqa vabosi, kuydirgi, qo'y, echki chechagi, manqa, brutsellyoz va boshqa kasalliklar tug'diruvchilardan foydalanishi mumkin. Qishloq xojaligi o'simliklarini shikastlash uchun turli vositalar ishlab cliiqilgan. Bunday vositalar jumlasiga g'alla o'simliklari hamda kartoshka fito-ftorozasi va boshqa kasallik tug'diruvchilar kiradi. Dushman o'simliklarni shikastlash uchun hasharotlardan qishloq xojaligi o'simliklari, o'rmon va bog'lar zararkunandalaridan (zararli cherepashka, amerika oq kapalagi, tog' ipak qurti, kolorado qo'ng'izi va boshq.) shuningdek, ba'zi kimyoviy moddalar, masalan, gerbetsidlardan foydalanish ehti- moli ham yo'q emas.
Dushman bakteriologik qurol ishlatish ehtimoliga yaqin bo*- Igan obyektlar aholi yashaydigan yirik punktlar, ma'muriy va siyosiy markazlar, temiryoM uzellari, dengiz va daryo portlari, ta'minot bazalari, oziq-ovqat omborlari va yem-xashak omborlari, suv bilan ta'minlash manbalari, yirik chorvachilik xo'jaliklari ekinzorlar va o'rmonzorlardir.
Dushman bakterial vositalarni joylar va suv havzalarini za­harlash uchun har xil qurollarga joylashgan suyuq va quruq retsepturalar tarzida ishlatishi mumkin. Bakterial vositalar ae- rozollar uchun, ayniqsa, xavflidir, chunki bunday hollarda odam va hayvonlarga havo orqali, odatda, yuqmaydigan kasalliklar tarqatuvchi vositalar ishlatilishi mumkin.
Mikroblar va toksinlar joylashgan qurollar bakteriologik qurollar, deb ataladi. Bakterial retsepturalar purkalganda havoda muallaq tarqalgan juda mayda zarrachalardan iborat bulut liosil bo'ladi. Bunday bulut aerozolli bulut, deb ataladi.
Bakterial vositalarni moMjalga yetkazish uchun aviatsiya bombalari, ampulalar, paketlar, qoplar, qutilar, har xil masofaga uchib bora oladigan raketalar. xilma-xil to'qish aviatsiya asboblari (masalan, bakterial aerozollar solingan generatorlar) ishlatilishi mumkin. Bakterial vositalarning aerostatlar (havo sharlari)dan tashlanishi ehtimoldan holi emas. Dushman diversantlardan, foydalangan holda, turar joylarni, xizmat xonalarini, oziq-ovqat, yem-xashak omborlarini, suv bilan ta'minlash manbalarini, suv omborlarini zaharlashi mumkin.
Bakterial zaharlanish o'chog'i, yuqumli kasalliklar tarqalish manbayi hosil qiladigan bakterial vositalarning bevosita ta'sirida bo'lgan hududdir. Bakterial zaharlanish o'chog'ining tavsifi va ko'lami dushman tomonidan ishlatilgan bakteriologik qurolning turiga, kasallik tug'diruvchilarning biologik xususiyatlariga va ular- ning ishlatilish usuliga, indikatsiyaninig va davolash profilaktik hamda dezinfeksiya tadbirlari o'tkazishning qanchalik samarali ekanligiga bog'liq. Bakterial zaharlanish o'chog'ining hosil bo'lishiga metereologik sharoit va joyning relyefi ta'sir ko'rsatadi. Bakterial zaharlanish o'chog'i bir necha yuz va bir necha ming kvadrat kilometr maydonni qamrab olishi mumkin.
Bakterial vositalarning odam yoki hayvon organizmiga ta'sir etish turg'unligi kasallik tug'diruvchilar va kasallik tarqatuvchilar turiga, shuningdek, meteorolik sharoitga (shamolning tezligi va yo'nalishi, havoning haroratiga namligiga, quyosh radiatsiya va boshqalarga) bog'liq bo'ladi. Masalan, bakterial zaharlanish o'chog'ining turg'unligiga havoning harorati katta ta'sir ko'rsatadi, past haroratlarda bakterial zaharlanish o'choqlarida kasallanish o'choqlari uzoqroq vaqt saqlanadi. Yozda yuqori darajada va quyosh radiatsiyasi intensiv bo'lganda, patogen mikroblari tez halok bo'ladi.
Bakterial bulut jarlarda, daralarda, hovlilarda, yopiq xona- larda va boshqa joylarda turib qolishi mumkin. Himoyalanish tadbirlarini olz vaqtida ko'rish uchun bakteriologik hujum bo'lganlik alomatlarini ofcz vaqtida aniqlay bilish kerak. Bu alomatlar quyidagilardan iboratdir: qurollar portlagan joylarda, tuproqda,
o'simliklarda va buyumlarda suyuqlik tomchilari yoki kukun moddalarining bolishi (bakteriologik, qurollar portlaganda, odat- dagi qurollar portlagandagiga qaraganda, sekinroq ovoz chiqadi); tutun yoki tumandan iborat yengil tutun hosil bolishi; uchib o'tayotgan samolyot ketidan sekin-asta cho'kuvchi va tarqaluvchi qora yo'llar hosil bolishi; joyda juda kokp hasharot va kemiruv- chilar to'planishi; qishloq xojaligi hayvonlari va yowoyi hayvonlar- ning kokplab kasallanishi, oMimi kuzatiladi. Yuqorida bayon etil- gan alomatlardan birortasi payqaldi deguncha, himoyalanish tad- birlari darhol (gazdan himoyalanish niqobi, respirator, niqob, te- rini va ko'zni himoya qilish vositalari) qo'llaniJadi.
«Bakterial zaharlanish» xabari dushman bakterial vositalar ishlatgan taqdirdagina radio tarmog'i orqali beriladi. Bu xabar zaharlangan joydagi aholini kasallik tug'diruvchi mikrobning turi, undan himoyalanish usuli va qilinadigan ishlar tartibi to'g'risida ogohlantiriladi.
Biror joyda yuquinli kasalliklar payqaldi deguncha karantin e'lon qilinadi. Karantin e'lon qilingan hudud «Karantinli zona», deb ataladi. Bu zona tola izolatsiya qilinadi, maxsus belgilar bilan ifodalanadi va qurollangan soqchilar bilan qo'riqlanadi. «Karantmli zona»ga kirish va undan chiqish taqiqlanadi. Bu zonada komen- dantlik xizmati tashkiJ etiladi. Bu xizmat fuqarolar yurish turishi- ning belgilangan rejimini ta'minlaydi.
Karantinning qancha vaqt davom etishi kasallikning tavsifiga bogliq bo'ladi. Zaharlanish o'chogl tugatilgandan keyin va kasallik paydo boMish imkoniyatiga barham berilgandan keyingina karantin holati tugatiladi. Agar uncha xavtli boMmagan kasallik tug'diruvchi Qo'llanilgan bo'lsa, zaharlanish ovchog'ida karantin okrniga observatsiya e'lon qilinadi. Observatsiya zaharlanish okchogkidagi odamlarga va shaxsiy tarkibga kuchaytirilgan tibbiy nazorat o'matib, kasallanganlarni aniqlash va ularni izolatsiya qilish, ehtiyot emlashlarini o'tkazish, aholi guruhlarining bir-biriga yaqinlashuvini cheklashni ko'zda tutadi. Observatsiya hududiga kirish va undan chiqish muhim sanoat inshootlarida ishlovchilar va ehtiyot emlovlardan o'tganlargagina ruxsat etiladi. Observatsiya zonasidan chiqishda barcha fuqarolar va shaxsiy tarkib tokliq sanitar ishlovidan o'tkaziladi. KasallanganJigi gumon qilingan kishilarning observatsiya hududidan chiqishiga ruxsat etiimaydi.
Himoya qilish tadbirlari orasida turar joylarni, hovli va umum- foydalanish joylarini doimo ozoda saqlash katta o'rin tutadi. Shaxsiy gigiyena talablarini juda yaxshi bajarish zarur, shaxsiy gigiyena talablari jumlasiga har haftada hammomga tushib, ichki kiyimlarni va yostiq jildlari bilan choyshablarni almashtirish, qo'llarini va sochini ozoda tutish, kiyim bosh, poyabzal va boshqalarni har kuni tozalab turish va shu kabilar kiradi.
o'ta yuqumli ko'pgina xastaliklarning asosiy manbayidan biri— kasal odamning paydo bo'lishi atrofidagilar uchun xavfli. Yuqumli kasallikning dastlabki alomatlari payqaldi deguncha, eng yaqindagi davolash muassasasiga xabar berish kerak. Bunday kasallik alomatlari haroratning birdan ko'tarilib ketishi, bosh og'rig'i, et uvishishi, darmon qurishi, ko'ngil aynishi, qayt qilish, ich ketishi va boshqalardir.
Bakteriyalar — bir hujayrali mikroorganizmlar bo‘lib, mikroskop ostida ko‘rinadi, oddiy bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. Ular quyosh nurlaridan, zararsizlantiruvchi moddalar ta’siridan va yuqori haroratdan tez nobud bo‘lishadi. Past haroratga sezgir emas, muzlashga ham chidaydi Bakteriyalar vabo, tularemiya, sibir kuydirgisi, manqa, melioidoz kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Viruslar — eng kichik bakteriyalardan ham o‘lchamiga ko‘ra 100 barobar kichik mikroorganizmlardir. Bakteriyalardan farqli ravishda viruslar faqat tirik to‘qima hujayralari ichida rivojlanadi va hujayra paraziti hisoblanadi. Viruslar xavfli va og‘ir kasalliklar — tabiiy chechak, sariq bezgak, gemorragik bezgak kasalligini keltirib chiqaradi.
Rikketsiozlar — viruslar va bakteriyalar orasida joylashgan mikroorganizmlar guruhidan bo‘lib, tashqi ko‘rinishi va o‘lchamlariga ko‘ra bakteriyalarga yaqin turadi. Ularni viruslarga yaqinlashtiradigan xususiyati hujayradagi parazitlikdir. Ulardan ayrimlari qurg‘oqchilik va sovuqqa chidamli. Rikketsiozlar tif kasalligini keltirib chiqaradi.
Yadro qurollarining yaratilishi dunyodagi geopolitik muhitni keskin darajada o'zgartirib yubordi. Bu qurolni egasi bo'lgan mamlakatlar jahon sahnasida o'ziga hos o'rin egallaydilar. Lekin "Sovuq Urush"ning tugashi va bipolyar (birqutblik) dunyodan multipolyar (ko'pqutblik) dunyoga o'tish, ayrim yangi, qudratli mamlakatlarda o'zining xavfsizligini ta'minlash va jahon siyosiy sahnasida muhim o'rin egallashi uchun bu qurolga egalik qilish xohishini tug'dirdi. Bu qurolning dunyo bo'ylab asta-sekinlik bilan tarqalishi esa dunyo geopolitik tizimini ishdan chiqarishi va yer sayyorasi hayotini xavf ostiga qo'yuvchi yadroviy urushlarni keltirib chiqarishi mumkin, ayniqsa qurol ma'lum davlatlar armiyalari tomonidan emas balki jangari-terroristik guruhlar tomonidan amalda qo'llanilsa. Lekin shu vaqtgacha umumiy soni 100 mingdan oshiq yadro bombasi dunyo yuzini ko'rgan bo'lsa, shundan atigi ikkitasigina haqiqiy harbiy to'qnashuvda qo'llanilgan, bu esa qurolni dunyo tarixidagi eng kam ishlatilgan qurol sifatida rekord o'rnatishiga sabab bo'ldi (0.002%). Demak yadro quroli bu foydalanmaslik uchun ishlab chiqariladigan quroldir.
1933-yilda Germaniya hukumatiga Gitlerni kelishi bilanoq bu qurolni yaratish uchun maxsus loyihalar ish boshladi. Lekin yadro bo'yicha Germaniyadagi mutaxasisslarning aksariyat qismi yahudiylardan tashkil topgan edi, irqiy repressiyalar natijasida esa ular Germaniyani tark etishadi yoki maxsus kontslagerlarga jo'natiladi, bu esa loyihaning rivojini ancha oqsoqlanishiga olib keladi. 1939-yilda Eynshteyn AQShning o'sha davrdagi prezidenti Franklin Ruzveltga radioktivlashgan atom zarrachalari yordamida juda kuchli energiyani hosil qiluvchi qurol yaratish imkoni mavjudligini va agar vaqtida oldini olmasa Uchinchi Reyx bu qurol ustida jiddiy loyihalarni amalga oshirayotganini xat orqali ma'lum qiladi. 1942-yildayoq Ruzvelt "Manhettan" loyihasini boshlash haqida qaror chiqaradi. Keng moliyalashtirish va yuqori saviyali muhandis, fizik olimlarni jalb qilish natijasida birinchi atom bombasi 1945-yil iyul oyida tayyor bo'ladi. Bu loyihaning umumiy bahosi o'sha davrdagi narxda 2 milliard dollardan oshib ketadi.
Yaponiyaga yadroviy hujum qilishdan oldin AQSh bu qurolning amaldagi haqiqiy kuchini bilish maqsadida, o'zining janubida joylashgan Yangi Meksika cho'lida uni imtihondan o'tkazadi. Natijalar muvaffaqiyatli tugagandan so'ng Yaponiyaning Nagosaki va Xirosima shaharlariga yadroviy bomba orqali hujum uyushtirish haqida qaror qabul qilinadi. 1945-yil 6-avgustda tarixda birinchi marta Atom bombasi insonlar ustida sinab ko'riladi, AQSh harbiy kuchlariga tegishli bo'lmish Boing B-29 samoleti orqali Xirosima shahriga tashlangan "Kichkintoy" (Little Boy) taxallusi ostidagi atom bombasi, yerga yetmasdan 500 metr balandlikda portlaydi. Shu kunning o'zidayoq portlash 100 000 kishini hayotdan olib ketadi. Oradan 2 kun o'tib "Semiz" (Fatman) taxallusini olgan atom bombasi Nagasaki shahrini kulini ko'kka sovuradi, shu kunning o'zidayoq 70 000 kishi hayotdan ko'z yumadi. Bundan tashqari, portlash oqibatida tarqalgan radiatsiya natijasida qurbonlar soni asta sekinlik bilan ko'payishda davom etdi. Masalan Nagasakidagi portlashdan 5 yil keyin umumiy qurbonlar soni birinchi kundagi sondan ikki barobarga ko'paygan, ya'ni 200 000 kishiga yetgan.
1949-yil Sovet Ittifoqi o'zining birinchi atom bombasini sinovdan o'tkazdi. Bu yadro qurollari poygasi boshlanishidan dalolat edi. Birin ketin yadro qurollari takomillashib, uning turli hil ko'rinishdagi turlari yaratildi. Shu bilan birga bu qurol bilan hujum qilish vositalari, samolyotlar, ballistik raketalar, radarlar, raketalar, antiballistik raketa uskunalari, sun'iy yo'ldoshlar va sun'iy yo'ldoshlarni urib tushuruvchi qurulmalarni yaratish va ishlab chiqarish kuchayib ketdi. AQSh va SSSR o'zlariga yaqin ittifoqchi bo'lgan mamlakatlarga yadroviy dasturlarni rivojlantirishda katta ko'mak ko'rsatdilar, natijada 1957-yilda Buyuk Britaniya, 1960-yilda Fransiya va 1964-yilda Xitoy o'zlarining Yadro qurollarini ishlab chiqardilar. Lekin ittifoqchilar orasida diplomatik kelishmovchiliklar paydo bo'la boshlaydi. 1965-yildan boshlab Xitoy va Sovet Ittifoqi aloqalarida batamom uzulishlik boshlanadi. Xitoydagi "Madaniy Inqilob" Sovetlar tomonidan sovuq qarshi olinadi, natijada Xitoy SSSR bilan do'stona munosabatlarini to'htatib izoliotsionist siyosatini yurgiza boshlaydi. Kapitalistik mamlakatlar ittifoqida ham bo'linishlar yuzaga kela boshladi, jumladan 1958-yilda Fransiya hukumati tepasiga Sharl De Gollning qayta kelishi bilan, Fransiya NATO tashkilotidan chiqqanligini bildirib, Fransiya hududidagi barcha amerika harbiy bazalarini yopadi. Undan tashqari Fransiya Yevropani birlashtirishga va uni amerikalashtirishdan qutqarib qolish uchun qattiq bel bog'ladi. Bu siyosiy manevrda unga Buyuk Britaniya kuchli qarshilik ko'rsatadi va Yevropa Ittifoqi g'oyasini qattiq tanqid ostiga oladi. Sovet Ittifoqi va AQSh o'zlarining harbiy ittifoqidagi bunday bo'linishlar va siyosiy mustaqillikka intilishdagi dadil qadamlarni sababini bu davlatlarning yadro quroliga egaligidan deb hisoblab, 1968-yilda Yadro Qurollarini Tarqatmaslik Shartnomasini (inglizchada NPT) taklif qilishadi. Bu shartnomaga dastlab yadro qurollariga ega mamlakatlar va 40ta boshqa mamlakatlar imzo chekishadi. Shartnomal 1970-yildan boshlab kuchga kiradi. NPTda ko'rsatilgan cheklashlarga qaramasdan dunyoda yadro bombalar ishlab chiqarishi va ularning sinovlari kamaygani yo'q.



Download 55.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling