Mavzu: Zamonaviy operatsion tizimlar ilovalari. Operatsion tizimlarda virtual xotira tushunchasi


OSning mashinaga bog`liq xususiyatlari


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana18.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1030469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-Mustaqil ish

OSning mashinaga bog`liq xususiyatlari OSning asosiy (muhim) 
vazifalaridan biri EHM resurslarini boshqarishdir. Aksariyat resurslar 
bevosita apparat qurilmalariga, ya`ni operativ xotira, o`qish-yozish 
qurilmalari, markaziy protsessorga bog`liqdir. Shundan kelib chiqib 
aytish mumkinki, OS ko`p funksiyalari bevosita EHM arxitekturasi 
bilan aniqlanadi. Misol uchun, SO`Mda operativ xotirani boshqarish 


uzilishlari, supervizorni chaqirish programmalari yo`q va u bitta 
foydalanuvchi bilan ishlashga moslashgan. SO`M/qV da aksincha 
xotira katta va unda multiprogrammali OSdan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir va resurslarni taqsimlash imkoniyatini beradi. quyida biz 
SO`M/qV misolida EHM resurslarini boshqarish muammosini 
ko`ramiz, ayrim hollarda ma`lum bir xossalar shu turdagi boshqa 
mashinalarga ham ko`chirilishi mumkin.
Uzilishlarni qayta-ishlash. Uzilish (Interrypt)-bu signal bo`lib, 
u EHMni buyruqlar oqimini oddiy tartibda bajarishida o`zgarish 
qilishga majbur etadi. Bu signallar o`qish-yozish amallari bajarilishi 
yoki oldindan berilgan vaqt intervali tugaganda, nolga bo`lish hollarida 
yuzaga keladi. quyidagi rasmda uzilishga javoban bo`ladigan hodisalar 
ketma-ketligi ko`rsatilgan.
Faraz qilaylik, uzilish signali kelgan paytda A programma 
bajarilayotgan bo`lsin. Natijada boshqaruv avtomatik ravishda 
uzilishlarni qayta ishlash blokiga beriladi, bu blok OSning bir qismidir. 
Bu blok uzilish shartiga javob berishga mo`ljallangan. Yuqorida qayd 
qilingan holatda uzilishni chaqirish A programmaga umuman bog`liq 


bo`lmasligi mumkin. Bu signal o`qish-yozish amalini tugagan boshqa 
programma tomonidan chaqirilgan bo`lishi mumkin. Umuman, A 
programmani qaysi joyda va qachon uzilishni aytib bo`lmaydi, 
boshqacha aytganda, uzilish asinxron ravishda ruy beradi. Uzilgan 
programmani keyinchalik to`g`ri ishlashini apparat va tizimli 
programma vositalari kuzatib boradi. Uzilish holatida programma 
bajarilishiga vaqtdan boshqa hech nima ta`sir qilmaydi. quyidagi 
rasmda SO`M/qV uchun uzilishlarning to`rtta sinfi keltirilgan.
Синф 
Узилиш тури 

SVC 

Программавий

Таймер бўйича 

Ўқиш-ёзиш бўйича
1-sinf. 
SVC 
uzilishlari-markaziy 
protsessor 
tomonidan 
supervizorni chaqirishda yuzaga keladi. Bu buyruq programma 
tomonidan OS funksiyalarini chaqirish uchun ishlatiladi.
2-sinf. Programma uzilishli bo`lib u nolga bo`lish, noto`g`ri 
mashina buyrug`ini bajarishga urinish va boshqa sabablari bo`yicha 
yuzaga kelishi mumkin. 


3-sinf. Taymer bo`yicha uzilishlar markaziy protsessorning 
interval taymeri tomonidan chaqiriladi. Uzilish taymer registriga ega 
bo`lib, imtiyozli SVC buyrug`i orqali qandaydir boshlang`ich qiymatga 
ega bo`ladi va har bir millisekundan keyin bittaga kamayadi. Registr 
qiymati 0 bo`lganda taymer bo`yicha uzilish ro`y beradi. Interval 
taymeridan OS foydalanuvchi programmasi EHM boshqaruvida 
qancha vaqt qolish kerakligi aniqlashda ishlatiladi. 
4-sinf. O`qish-yozish uzilishlarini o`qish-yozish kanali yoki 
qurilmalari chaqiradi. Bu uzilishlarga sabab o`qish-yozish amaliga 
murajaatdir. Bu uzilishlar orqali o`qish-yozish amalini normal yoki 
xato bilan tuguganligini bilish mumkin. Uzilish ro`y berganida markziy 
protsessor holati saqlanib qoladi va boshqaruvchi standart 
programmalarga beriladi. Har bir sinf uzilishlari uchun mos uzlishlar 
ishlash sohasi ajrtiladi. Misol uchun taymer bo`yicha uzilish sohasi 
160chi adresdan boshlanadi. Taymer bo`yicha uzilish ro`y berganda, 
barcha registrlarning qiymatlari shu sohada saqlanadi. Sohaning 
birinchi ikkita so`ziga oldindan kiritilgan qiymatlarni Sw holat so`zi va 
Rs buyruq hisoblagich registrlariga yozadi. Registrlar qiymatini yozish 
va saqlash mashinaning apparat vositalari bilan avtomatik ravishda 
amalga oshiriladi. Rs registriga yangi qiymat yozish avtomatik 
ravishda boshqaruvchi mos buyruqqa (adresi ko`rsatilgan) berishni 
yuzaga keltiradi. Bu adres taymer bo`yicha uzilishni qayta ishlash 
standart programmasining boshlanish adresidir. Sw markaziy 
protsessorning yangi holatini aniqlaydi. Uzilishni qayta-ishlash 
standart programmasi bajarilishi tugallangandan so`ng, bu programma 


oxirgi buyruq sifatida protsessor holatini yuklash buyrug`ini (LPS-
Load Processor Status) va natijada boshqaruv uzilgan programmaga 
beriladi. Sw-holat so`zi uzilishni qayta ishlash uchun zarur 
ma`lumaotlarning bir qismini o`z ichiga oladi. quyidagi rasmda Sw
registrning razryadlar bo`yicha tuzilish keltirilgan. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling