Mavzu: Zamonaviy rahbar qiyofasi. Zamonaviy rahbarga qo’yiladigan talab. Zamonaviy rahbarnng shaxsiy va kasbiy sifatlari
Download 1.49 Mb.
|
Презентация (37)
Muvaffaqiyatli rahbarlikka oid shaxs xislatlarini talqin etarkanmiz, shu mavzu yuzasidan chet el olimlari tomonidan o‘tkazilgan ba‘zi bir tadqiqot natijalariga murojaat etamiz. Amerika va Yaponiyalik 1500 menejerlarni o‘rganish asosida samarali rahbarlikka oid quyidagi xislatlar ajratib ko‘rsatiladi: strategik rejalashtirishga moyillikning kuchliligi; ishchilarni, mehnat resurslarini taqsimlash bo‘yicha maqbul va o‘z vaqtida qaror qabul qilish; faoliyat doirasini kengaytirish yoki yuksak tartibda mehnat qilish evaziga o‘z mas‘uliyatini oshirishga intilish; xavfli sharoitda ijodiy va rasional qaror qabul qila olish; o‘z kuchiga cheksiz ishonch; o‘z huquqlarini anglash va mas‘uliyatni his qilish; kezi kelganda qurbon berishga ham tayyor turish; muloqot malakalarini mukammallashtirishga intilish; murakkab va inqirozli vaziyatdagi jarayonlarni tahlil etish va intuitiv tarzda bashorat qila olish; mehnatga yuksak qadriyat sifatida qarash va unga butun kuch-g‘ayratni safarbar etish; aybdorni izlash emas, balki muammoni hal etishga intilish, tavakkaldan qo‘rqmaydigan va mustaqil fikrdagi xodimlar bilan ishlash xohishi; amalga oshirilayotgan g‘oya va natijalarni ishlab chiqarishga, joriy etishga xuddi shaxsiy mulkdek qarash.
Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling