Samarali boshqaruvga to’sqinlik qiluvchi shaxs xislatlari. - Biznes boshqaruvi sohasidagi olimlar M. Vudkok va D. Frensis bir qancha menejerlar faoliyatini o‘rganib va quyidagi ichki to‘siqlar menejer faoliyatining samarasini pasaytiradi, deb hisoblaydilar: 1.O‟z-o‟zini boshqara olmaslik. Rahbar hayoti hayajon va zo‘riqishlarga to‘la. Bunday sharoitda xulqda aniq maqsadning yo‘qligi nafaqat jamoa faoliyatiga, balki rahbarning sog‘ligiga ham salbiy ta‘sir etadi. 2.Shaxsiy qadriyatlarning shakllanmaganligi. Rahbar doim qaror qabul qilish vaziyatida bo‘ladi. Vaholanki, qaror samarasi shaxsiy qadriyatlar, kasbiy va hayotiy tamoyillarga asoslanadi, ularning shakllanganligi rahbar faoliyatining mazmunini tashkil etadi. Masalan, zamonaviy boshqaruv samaradorlik, xodim imkoniyatlarini ochishga ko‘mak, tashkilotga yangilik olib kirishga moyillik kabi qadriyatlarga asoslanadi. Mustahkam qadriyat va tamoyillarga asoslanmagan rahbar beqarorlik va maqsad yo‘lida irodasizlikni namoyon etadi. 3.Shaxsiy maqsadning aniq ifodalanmaganligi. Zamonaviy rahbar muhimni nomuhimdan ajrata olishi, mavjud imkoniyatlardan eng maqbulini tanlay bilishi kerak. Tashkilot maqsadini chuqur anglash yo‘lidagi birinchi qadam rahbarning o‘z shaxsiy maqsadlarini yaxshi tushunib yetishidir. O‘z maqsadini aniq bilgan rahbargina uning faoliyatiga qo‘yilayotgan talablarni jonu diliga singdira olishi mumkin. Shaxsiy maqsadning noaniqligi tashkilot manfaati yo‘lidagi maqsadlarni ham anglab olishga xalaqit beradi. Aniq maqsadning yo‘qligi shaxsning muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini pasaytiradi va demak, bunday rahbar, o‘zgalarning muvaffaqiyatini ham his eta olmaydi. 4.Kamolotga intilishning yo‟qligi. O‘z ustida ishlashdan bosh tortgan rahbar qaltis vaziyatdan o‘zini olib qochadi, o‘z imkoniyat va qobiliyatini rivojlantirish ustida ishlamaydi, tavakkalga bormaydi va eski, odat tusiga kirgan xatti-harakatlari dorasidan chiqolmaydi. 5.Muammoni yecha olmaslik. Ayrim rahbar muammo ustida sifatli, muntazam va aql-zakovat bilan ishlay olmaydi. U vazifa maqsadini aniqlash, ma‘lumot to‘plash, rejalashtirish va nazoratni amalga oshirish malakasiga ega emas. Natijada hal etilmagan masalalar to‘planadi va rahbarning muammoni hal etish imkoniyati cheklanib qoladi. 6.Ijodiy yondoshuvning yetishmasligi. Ixtiroga moyilligi bo‘lmagan rahbar yangi g‘oyalarni taklif etolmaydi, o‘zgalarda mehnatga bo‘lgan ijodiy yondoshuvni uyg‘ota olmaydi. Bunday rahbar tajribadan, jamoa hayotiga yangilik kiritishdan o‘zini chetga oladi yoki yangiliklar ustidan kuladi. Yuksak ijodiylik to‘siqni yengib o‘tishni va qiyinchilikka bardosh berib maqsadga intilishni taqozo etadi. 7.Itoatidagi xodimlarga ta‟sir etolmaslik. Rahbar o‘z qo‘li ostidagi xodimlarga ta‘sir etishi lozim. Lekin, ayrim rahbar o‘z xodimlariga suyanolmaydi va buning o‘rniga ular haqida salbiy fikrda yuradi. Bunday rahbar o‘z intilishida muntazam emas, atrofdagilar bilan yaqin muloqotga kirishmaydi va o‘z ichki dunyosini yaxshi ifoda etolmaydi.
8.Boshqaruv faoliyati xususiyatini yaxshi bilmaslik. Boshqaruv faoliyati samarasi haqida ma‘lumotga ega bo‘lmas ekan, rahbar o‘z malakasini shakllantira olmaydi. Boshqaruvga o‘z yondoshuvini tahlil etolmaydigan rahbar fikr va topshirig‘ini ham xodimga tushuntirishi qiyin. Bunday rahbar xodimlari u haqda nima deb o‘ylashi bilan qiziqmaydi, o‘z xodimlarini tashabbusga chaqirishi mushkul, ayniqsa topshiriqlar berishga qiynaladi. 9.Boshqaruv malakasining sustligi. Tashkilotdagi xodim va rusurslarni boshqarish uchun ko‘pgina ko‘nikmalar zarur bo‘lib, ularni rahbarlik qobiliyatlari deyish ham mumkin. Boshqaruv sust bo‘lgan jamoada vaqtni behuda o‘tkazish, xodimlarning o‘z imkoniyati darajasida ishlamasligi, mehnatdan qoniqmaslik kabi holatlar kuzatiladi. Bunday guruhda rol taqsimoti sust, mehnatni tashkil etishda behudalik ko‘p, o‘zaro munosabatlar esa – qoniqarsiz. Bunday jamoada rahbarning mehnati qadrlanmaydi va psixologik muhit sog‘lom emas. 10.Itoatidagi xodimlarda mehnat malakasini shakllantira olmaslik. Har bir rahbar vaqti-vaqti bilan ustoz sifatida xodimga ish xususiyatini o‘rgatadi. Xodimning kasbiy qobiliyatini rivojlantira olmaydigan rahbar, o‘z jamoasi mehnatini yuksak darajaga olib chiqolmaydi. Bu holda xodim o‘z mehnati natijasi haqida rahbardan hyech qanday fikr eshitmaydi, rahbarning bahosi va tavsi yasi rasmiy tus oladi. 11.Jamoa tashkil etishdagi sust qobiliyat. Maqsadga erishish uchun rahbar, xodimlar bilan birlashishi va ularning malakasidan foydalanishi lozim. Ishchi guruhi malakali va unumli jamoaga aylanmasa, rahbar mehnati qiyin kechadi va faoliyati ham unumsiz bo‘ladi. Bunday jamoalarda unumli mehnat mexanizmlari shakllanmaydi va nosog‘lom muhit hukm suradi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT…
Do'stlaringiz bilan baham: |