Mavzu: Õzbekiston tabiiy sharoiti va resurslarini iqtisodiy geografik baxolash Mundarija: Kirish


Download 0.72 Mb.
bet6/10
Sana25.10.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1718915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Õzbekiston tabiiy sharoiti va resurslarini iqtisodiy geografik baxolash

Yer resurslarini baholash. Yer resurslari xo‘jalik jihatdan juda ko‘p maq sadlarda baholanadi. Ayniqsa, dehqonchilik maqsadlarida baholash keng tarqalgan.
Dehqonchilikni amalga oshirish, asosan, relyef, agroiqlimiy resurslar, tuproq sharoiti, yerosti suvlarining joylashishi va xossalarining qulayligi, suvning mavjudligi va boshqa omillar bilan belgilanadi. Dehqonchilik uchun yaroqli yerlarni o‘zlashtirish va ulardan foydalanishning murakkablik darajalari geotizimlarning xususiyatlariga qarab turlicha bo‘ladi. Yuqorida ko‘rsatilgan omillarning tahlili asosida O‘zbekiston geotizimlari murakkablik darajasiga ko‘ra to‘rt guruhga bo‘linadi: oddiy, o‘rtacha murakkab, murakkab va juda murakkab geotizimlar (6-jadval). Oddiy geotizimlarga tog‘oldi prolyuvial tekisliklari va daryo vodiylarining yuqori terrasalari kiradi. Yerosti suvlarining gorizontal harakati yuqori darajada ta’minlangan bo‘lib, bu suvlarning sathi ko‘tarilmaydi,
chunki lyossimon jinslar ostida shag‘al toshlar yotadi. Mazkur joylar dehqonchilik uchun juda qulay. O‘rtacha murakkablikdagi geotizimlarga konussimon yoyilmalar va daryo deltalarining yuqori qismlari kiradi. Yerosti suvlarining gorizontal harakati ta’minlangan, ammo ayrim pastqam joylarda u yer yuzasiga yaqin ko‘tariladi va sho‘rlanishga sabab bo‘lishi mumkin. Shamol va suv eroziyasi yuz berishi ehtimoldan xoli emas. Shuning uchun ihota daraxtzorlarini vujudga keltirish zarur.

Murakkab geotizimlarga konussimon yoyilmalar va deltalarning o‘rta qismlari va allyuvial terrasalar kiradi. Yerosti suvlarining gorizontal harakati yaxshi emas, sug‘orish davomida ularning sathi ko‘tariladi va tuproqda tuz to‘plana boshlaydi. Buning oldini olish uchun gorizontal va tik zovurlar qurilishi lozim.
Juda murakkab geotizimlarga deltalarning etak qismlari, prolyuvial tekisliklarning quyi yoki chekka joylari, adirlar, plato va balandliklar kiradi. Yerosti suvlarining gorizontal harakati ta’minlanmagan, ularning sathi sug‘orish paytida tezda ko‘tarilib ketadi. Buning oldini olish
maq sadida zich zovurlar tarmog‘ini qurish, yerni sifatli qilib yuvish va tekis lash, shamol eroziyasiga qarshi ihota daraxtzorlarini vujudga keltirish lozim. Suv shimilishining oldini olish uchun tomchilatib, yomg‘irlatib va tuproq ostidan sug‘orish usullarini qo‘llash zarur.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling