Mavzu: Õzbekistonda 50-70 yillarda paxta yakkaxokimligining Kuchayishi va ekologiK muammolarning kelib chiqishi


-1963— yillarda Markaziy Farg’ona cho’llarida 72,4 ming gektar yer o’zlashtirildi, 16 ta yangi kolxoz va 2 ta yangi sovxoz vujudga keldi


Download 0.82 Mb.
bet4/7
Sana26.01.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1126093
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Presentation 01

1953-1963— yillarda Markaziy Farg’ona cho’llarida 72,4 ming gektar yer o’zlashtirildi, 16 ta yangi kolxoz va 2 ta yangi sovxoz vujudga keldi.

50-60— yillarda Kosonsoy, Qamashi, Farg’ona, Pachkamar, Chorvoq, Quyimozor, Janubiy Surxon, Chimqo’rg’on, Toshkent, Ohangaron suv omborlari, suvdan tejab foydalanish maqsadida 545 km beton ariqlar qurildi.

Sobiq KPSS Mqning 1966— yil may plenumining meliorativ ishlarni kengaytirish haqidagi qarori O’zbekistonda yangi yerlarni o’zlashtirsh va sug’orish ishlarini yanada kengaytirshga asos bo’ldi.

Jizzax cho’Iida 70 ming gektardan ko’proq yangi yerlar o’zlashtirildi. O’zlashtirilgan yerlarda Mirzacho’f (1967), Do’stlik (1970), Zafarobod (1973), Arnasoy (1977) tumanlari tashkil etildi. Sanoat korxonalari barpo etilgan, aholi zichroq yashaydigan posyolkalar bazasida Paxta-kor(1974), Do’stlik(1974), Gagarin (1974), Ulyanovsk 1974), Ilich (1980) shaharlari vujudga keldi. Jizzax cho’Iida 1454 ming kv/metr turar joy binolari, 21,9 ming o’rinli maktablar, 6800 o’rinli bolalar bog’chalari, klublar, shifoxonalar, oshxonalar qurildi. 1973— yilda Jizzax viloyati tashkil etildi.

Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg’ona, Samarqand, Xorazm viloyatlarida, Qoraqalpog’iston ASSRda ham suv xo’jaligi, yangi yerlar o’zlashtirish ishlari keng miqyosida olib borildi. 70- yilfarda Amudaryo suvi hisobiga eng yirik Tuyamo’yin, Kampirrovot daryosi bo’yida Andijon, Namangan viloyatida Chortoq va Eskar, Samarqand viloyatida Qoratepa, Surxondaryo viloyatida Dehqonobod suv omborlari bunyod etildi. Katta Namangan, Parkent va boshqa kanallar qurildi.

Shunday qilib, O'zbekiston hududida 1946-65— yillarda qariyb 600 ming gektar yangi sug'oriladigan yerlar ishga tushirilgan bo'lsa, 1966-85— yillarda 1,6 million gektar yangi yerlar o'zlashtirilib foydalanishga topshirildi. 1985— yilda 10 milliard kubometr suvni to'plovchi 23 suv ombori, 197 ming km uzunlikdagi kanallar, 900 ta sug'orish tarmog'i, 92 ming gidrouzellar ishlab turdi. O'zlash-tirilgan qo'riq yerlarda 160 sovxoz tashkil etildi. 7,7 mln kv m turar-joy, 37 ming o'rinli maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari, 102 ming o'rinli umumta'lim maktablari barpo etildi.


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling