Respublikada 80— yillarda 107 ta paxta tozalash zavodi, ko'pchiligi quritish, tozalash sexlariga ega bo'lgan 490 paxta punktlari ishladi. 70-80 yillarning boshlarida respublika to'qimachilik sanoati korxonalari - Buxoroto'qimachilikkombinati (1973), Andijon ip-gazlama kom-binati (1979), Nukus ip-gazlama kombinati (1983), Jizzax paxta yigiruv fabrikasi, yirik to'qimachilik kombinatlarining Qo'rg'ontepa, Marhamat, Yangiqo'g'on, Beshariq, Rishton, Vobkent, G'ijduvon filiallari qurildi. Toshkent va Farg'ona to'qimachilik kombinatlari tarkibidagi bir qator fabrikalar qayta jihozlandi. Ip-gazlama ishlab chiqarish 1960— yildagi 234,7 million metrdan 1985— yilda 395,7 millon metrga ko'paydi. Yiliga Respublikada 1,5 million tonna paxta tolasi yetishtirib berildi. Respublika to'qimachilik sanoati yetishtirilgan paxta tolasining atigi 10 foizini qabul qilish va tayyor mahsulotlarga aylantirish imkoniyatiga ega edi. 90 foizi esa olib ketilardi. - Respublikada 80— yillarda 107 ta paxta tozalash zavodi, ko'pchiligi quritish, tozalash sexlariga ega bo'lgan 490 paxta punktlari ishladi. 70-80 yillarning boshlarida respublika to'qimachilik sanoati korxonalari - Buxoroto'qimachilikkombinati (1973), Andijon ip-gazlama kom-binati (1979), Nukus ip-gazlama kombinati (1983), Jizzax paxta yigiruv fabrikasi, yirik to'qimachilik kombinatlarining Qo'rg'ontepa, Marhamat, Yangiqo'g'on, Beshariq, Rishton, Vobkent, G'ijduvon filiallari qurildi. Toshkent va Farg'ona to'qimachilik kombinatlari tarkibidagi bir qator fabrikalar qayta jihozlandi. Ip-gazlama ishlab chiqarish 1960— yildagi 234,7 million metrdan 1985— yilda 395,7 millon metrga ko'paydi. Yiliga Respublikada 1,5 million tonna paxta tolasi yetishtirib berildi. Respublika to'qimachilik sanoati yetishtirilgan paxta tolasining atigi 10 foizini qabul qilish va tayyor mahsulotlarga aylantirish imkoniyatiga ega edi. 90 foizi esa olib ketilardi.
- Oziq-ovqat sanoati. O'zbekistonda mahalliy xomashyoni qayta ishlashga asoslangan oziq-ovqat sanoatining yog'-moy, konserva, non, un yormasi, qandolat, go'sht, sut, baliq, choy, tamaki, vino yetishtiruvchi tarmoqlari faoliyat yuritdi. 1985— yilda oziq-ovqat sanoati kompleksida 271 korxona faoliyat ko'rsatdi. Tarmoqning respublika sanoat mahsulotlari umumiy hajmidagi salmog'i 14 foizni tashkil etdi. Butarmoqda yog-moy sanoati yetakchi o'rinda turardi. 1970—yillarda respublkada ishlaydigan 17 ta yirik yog' -moy korxonasi 2,2 million tonna paxta chigitini qayta ishlab, 294 ming tonna paxta yog'i ishlab chiqargan bo'lsa, 1985— yilda O'zbekistonda 451 ming tonna paxta yog'i ishlab chiqarilgan.
- Respublikada go'sht kombinatlari 1960— yilda 97,4 ming tonna go'sht, 18 ming tonna kolbasa mahsulotlari ishlab chiqargan bo'lsa, 1985— yilda 232,3 ming lonna go'sht, 54 ming tonna kolbasa mahsulotlari yetishtirilgan. 24 ta sut zavodida 1985— yilda 554 ming tonna sut mahsulotlari, 1167 tonna sir, 10,9 ming tonna mol yog'i yetishtirilgan.
- Respublikada qandolat sanoati ham birmuncha o'sdi. 50— yillarda Namangan va Buxoro shaharlarida konditer-makaron fabrikalari, 1964— yilda Yangiyo'l konditer fabrikasi ishga tushirildi. Yigirmanchi yillarda qurilgan Toshkent "O'rtoq" konditer fabrikasi 1965— yilda tubdan rekonstruksiya qilindi. 1968— yilda Yangiyo'l drojiji (achitqi) zavodi qurildi. 1985— yilda qandolat sanoati tarmog'iga qarashli 60 ga yaqin zavod va sexlarda 165 ming tonna qandolat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |