Mavzu: Õzbekistonda 50-70 yillarda paxta yakkaxokimligining Kuchayishi va ekologiK muammolarning kelib chiqishi
Download 0.82 Mb.
|
Presentation 01
Shunday qilib, O'zbekiston hududida 1946-65— yillarda qariyb 600 ming gektar yangi sug'oriladigan yerlar ishga tushirilgan bo'lsa, 1966-85— yillarda 1,6 million gektar yangi yerlar o'zlashtirilib foydalanishga topshirildi. 1985— yilda 10 milliard kubometr suvni to'plovchi 23 suv ombori, 197 ming km uzunlikdagi kanallar, 900 ta sug'orish tarmog'i, 92 ming gidrouzellar ishlab turdi. O'zlash-tirilgan qo'riq yerlarda 160 sovxoz tashkil etildi. 7,7 mln kv m turar-joy, 37 ming o'rinli maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari, 102 ming o'rinli umumta'lim maktablari barpo etildi.Qishloq xo'jaligining moddiy texnik bazasi mustahkamlandi. Xo'jaliklarni elektr energiyasi bilan ta'minlash, ularga traktorlar va boshqa qishloq xo'jalik mashinalari, mineral o'g'itlar yetkazib berish ishlari ancha yaxshilandi. Masalan, 1985— yilda kolxoz va sovxozlarda 189 ming traktor, 37 ming paxta terish mashinasi va boshqa turdagi texnika vositalari bor edi.Cho'llarni o'zlashtirish uchun ming-minglab odamlar safarbar etildi. Bu joylarni obodonlashtirish, paxta plantatsiyalarini ko'pay-tirish uchun yuz minglab aholi oilalari bilan yashab turgan so'lim maskanlarini tashlab, majburan ko'chirildi. Qanchadan qancha yoshlar, yigit-qizlar komsomol yo'Uanmasi bilan bu dasht-biyobonli yerlarga kelib, og'ir mehnat mashaqqatini chekib, davlatga ko'proq "oq oltin" yetkazib berish uchun ter to'kdilar. Respublikada paxta yakkahokimligining kuchayib borganligi faktini shunda ko'rish mumkinki, agar 1950— yilda 1,1 mln gektar yerga g'o'za ekilgan bo'lsa, 1985— yilga kelib bu ko'rsatkich 2 mln gektargacha yetdi. Paxta xomashyosi shu yillarda 2,3 mln. tonnadan 5,4 mln. tonnaga ko'paydi. Hosildorlik har gektar hisobiga 20,1 s. dan 27,0 s. ga ko'tarildi.Respublika qishloq xo'jaligida paxta yetishtirish salmog'ining ortib borishi davomida o'zbek halqi nomini ne zamonlar dunyoga mashhur qilgan muhim ziroatchilik sohalari: shirin-sharbat meva, poliz, sabzavot, sohibkorlik, donchilik va boshqa mahsulotlar yetishtirish asta-sekin kamayib, qisqarib bordi. Eng achinarlisi shuki, xalqi-mizning azaliy mashg'uloti samarasi bo'lgan bu xil mahsulotlarning ko'pi bora-bora respublikamizga chetdan keltiriladigan bo'lib qoldi. Masalan, bug'doy, arpa yetishtirish imkoniyati katta bo'lgani holda, uni ekish uchun sug'oriladigan yerlar ajratilmas, shu bois bu ekin turlari asosan lalmikor yerlarda yetishtirilardi. Hosildorlik ham gektar boshiga atigi 5-8 sentnerni tashkil etardi, xolos. 1985— yilda respublika bo'yicha atigi 387,9 ming tonna g'alla yetishtirilgan. Bu Lining ehtiyojini mutlaqo qanoatlantirmas edi, albatta. Chorvachilik, parandachilik, baliqchilik sohalarini rivojlantirishda respublikaning imkoniyat darajasi qanchalik keng va va katta bo'lmasin, biroq bular ham sovetlar davrida yetarli foyda va daromad bilan ishlaydigan xo'jalik tarmoqlariga aylana olmadi.
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling