Mavzu: Õzbekistonda 50-70 yillarda paxta yakkaxokimligining Kuchayishi va ekologiK muammolarning kelib chiqishi
Download 0.82 Mb.
|
Presentation 01
Yangi yerlarni o’zlashtirish jarayoni yangi sovxozlar, ularning xo’jalik binolari, aholi yashaydigan posyolkalar bunyod etish bilan birga o!ib borildi. 1956-65— yillarda Mirzacho’lda 84 ming gektar yangi yer o’zlashtirildi, 16 ta paxtachilikka ixtisoslashgan, bitta bog’dorchilik-uzumchilik sovxozlari tashkil etildi. Shu yillarda o’zlashtirilgan joylarda 456 ming kv. Metr turar joy binolari, o’nlab maktablar, bolalar bog’chalari, kasalxonalar, oshxonalar, madaniy maishiy muassalar barpo etildi. 170 kmli temir va 759 km avtomobil yo’llari qurildi, 637 km elektr liniyalari o’tkazildi, xo’jaliklar, turar joy binolari gazlashtirildi. Mirzacho’l yerlarini sug’orish, meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari amalga oshirildi. Janubiy Mirzacho’l kanali qurildi. 1957— yilda Yangiyer va 1961— yilda Guliston shaharlari vujudga keldi. 1963— yil 16-fevralda markazi Guliston shahri bo’lgan Sirdaryo viloyati tashkil etildi. Viloyatda paxta ekiladigan yer maydonlari 1956— yildagi 130 ming gektardan 1965— yilda 211 ming gektarga, paxta xomashyosi yetishtirish esa 243 ming tonnadan 441 mingtonnaga ko’paydi.Markaziy Farg’ona, Qoraqalpog’iston ASSR, Surxondaryo, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida ham sug’oriladigan yerlarni kengaytirish, irrigatsiya quriiishi ishlari keng ko’lamda olib borildi. Qoraqalpog’istonda yangi sholikorlik sovxozlari ishga tushdi. Buxoro viloyatida 1963—yilda Amu-Qorako’l mashina-kariali, 1965—yilda Amu-Buxoro mashina-kanali qurilib foydalanishga topshirildi. Natijada, Buxoro viloyatida 90 ming gektar yer, jumladan, 26 ming gektar yangi yer maydonlari sug’oriladigan, Qizilqum sahrosida maydoni 300 ming gektardan ortiq yaylovlarga suv boradigan bo’ldi.Markaziy Farg’ona, Qoraqalpog’iston ASSR, Surxondaryo, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida ham sug’oriladigan yerlarni kengaytirish, irrigatsiya quriiishi ishlari keng ko’lamda olib borildi. Qoraqalpog’istonda yangi sholikorlik sovxozlari ishga tushdi. Buxoro viloyatida 1963—yilda Amu-Qorako’l mashina-kariali, 1965—yilda Amu-Buxoro mashina-kanali qurilib foydalanishga topshirildi. Natijada, Buxoro viloyatida 90 ming gektar yer, jumladan, 26 ming gektar yangi yer maydonlari sug’oriladigan, Qizilqum sahrosida maydoni 300 ming gektardan ortiq yaylovlarga suv boradigan bo’ldi.Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling