Mavzu: Òzbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy òzgarishlar


Download 0.56 Mb.
bet1/2
Sana01.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1074227
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
Referat-òzb. tarixi

Referat


Mavzu: Òzbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy òzgarishlar


Bajardi: Karimova A.
Tekshirdi: Ne'matov B.

ÒZBEKISTONDA BÒLAYOTGAN IJTIMOIY ÒZGARISHLAR.
Hozirgi kunda aholini ijtimoiy himoyalashga alohida e'tibor berilmoqda. Òzbekistonda islohotlar boshlanga dastlabki paytdayoq, uning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat, deb belgilangan edi. Bozor munosabatlariga òtishning ilk davridan boshlab aholini oldindan ijtimoiy himoylash yuzasidan zarur chora-tadbirlar kòrib borildi. Shu maqsadda miqdori muntazam òzgartirib turilgan ish haqi, penaiyalar, turli nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya tòlavlari tarzidagi pul tòlovlari keng qòllanildi.
Dunyo e'tirof etgan bozor iqtisodiyotiga òtishning besh tamoyilning aynan biri ham kuchli ijtimoiy himoyaga yònaltirilgan. Òzbekiston Respublikasining birinchi perezidenti I.A.Karimov ta'kidlab òtganlaridek, "Bozor mexanizmlarini joriy etishdan oldin insonlarni ijtimoiy himoya qilish tadbirlari amalga oshirilmoģi lozim. Davlat òz aholisini himoya qila olgan taqdirdagina, insonparvar hisoblanadi", - deyilgan.
Shu maqsadda har yili ijtimoiy himoya tizimiga ajratiladigan sarmoyalarning kòlami ortib bormoqda. Masalan, 2006- yilda byudjet mablaģlarining 51,9% i, 2008- yil "Ijtimoiy himoya yili" davlat dasturi doirasida aholining ijtimoiy himoyasiga 484 mlrd. sòmdan ortiq (53,8%), " Yoshlar yili" da 1,5 trln. sòmdan ortiq (54,6%), "Barkamol avlod yili" doirasida 1 trln. 700 mlrd. sòm miqdorida mablaģ ajratildi.
2016- yil "Soģlom ona va bola yili" da mamlakatimiz tibbiyot muassasalarini zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlash uchun 80 mln dollar qiymatidagi kredit va grand mablaģlari yònaltirildi, farzand kòrish yoshidagi ayollar va bolalar tibbiy kòrikdan òztkazilib soģlomlashtirildi.

Yuqoridagi raqamlardan kòrinib turganidek aholining ijtimoiy himoyasiga yònaltirilgan mablaģlarning miqdori yildan- yilga ortib bormoqda va bu boshqa sohalarga nisbatan kòpini tashkil etadi.
Shunday ekan, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq aholining kam ta'minlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy qòllab- quvvatlashning qonunchilik tizimi izchil shallana boshladi. Jumladan, Òzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39- moddasisa : "Har bir shaxs qariganda, mehnat layoqatini yòqotganda, boquvchisidan mahrum bòlganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda davlat ijtimoiy ta'minotni olishga haqli", deb mustahkamlangan.
Aholining hayot darajasini yuksaltirish uchun mehnatga munosib haq tòlash tizimini shakllantirish va aholini real daromadlarini oshirish maqsadida 2019- yil 1-yanvardan Mehnatga haq tòlshning yagona tarif setkasi qayta kòrib chiqildi. Unga kòra, mehnatga haq tòlash yagona tarif setkasining quyi razryadlari tarif koeffitsientlarini òrtacha 10%ga, shu jumladan, birinchi razryad bòyicha 15% ga, ikkinchi razryad bòyicha 10% ga va uchinchi razryad bòyicha 5% ga oshirish orqali mehnatiga kam haq tòlanadigan xodimlarning ish haqi miqdori jadal ravishda oshirildi.
2019- yilda Òzbekiston Respublikasining "Aholini ish bilan ta'minlash tòģrisida"gi qonunining yangi tahriri ishlab chiqildi. Bizning fikrimizcha, bu qonun aholini òzini òzi ish bilan band qilishning zamonaviy va samarali shakllari, jumladan, masofaviy mehnat va shu kabi boshqa faoliyat turlarini kengaytirish va uning huquqiy maqomini belgilash uchun asos bòladi. Xalqimizning hayot darajasini yuksaltirish uchun mehnatga munosib haq tòlash tizimini shakllantirish va aholi real daromadlarini oshirish zarur. Bu yònalishda eng kam ish haqi miqdorini belgilash tartibi qayta kòrjb chiqildi.
Mehnat kodeksida Xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyalarini implementatsiya qilish va mehnat munosabatlarini tòģridan- tòģri tartibga soluvchi normalar nazarda tutiladi. Mehnat qonunchiligidagi bunday òzgarishlar, bizning fikrimizcha aholini erkin mehant faoliyatini olib borishga va mehnatga munosib haq olishga keng yòl ochib beradi.
2014-2018- yillarda yoshga soir pensiya oluvchilar soni- 18,7% ga, yoshga doir tayinlangan òrtacha pensiya miqdori - 50,2% ga yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori - 64,8% ga ortgan. Tahlil qilinayotgan davrda nogironlik bòyicha pensiya oluvchilar soni 4,2% ga kamaygan, aksincha ularga tayinlangan òrtacha pensiya miqdori 59,0 % ga ortgan. 2018 - yilda boquvchisini yòqotganligi sababli pensiya oluvchilar soni 249,6 ming kishi tashkil etgan, ularning soni 2014 - yilga nisbatan 3,1 % ga ortgan. Bu davrda ularga tayinlangan òrtacha pensiya miqdori 51, 3% ga kòpaygan.

Òzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12- dekabrdagi "Fuqarolarning pensiya ta'minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qòllab quvvatlashni kuchaytirishga oid qòshimcha chora- tadbirlar tòģrisida" gi PF-5597- sonli farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonga asosan 2019-yil 1-yanvardan boshlab:

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling