Mavzu: Òzbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy òzgarishlar


- barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar tòliq miqdorda tòlanadi


Download 0.56 Mb.
bet2/2
Sana01.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1074227
TuriReferat
1   2
Bog'liq
Referat-òzb. tarixi

- barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar tòliq miqdorda tòlanadi;
- pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdorini eng kam oylik ish haqining 8 barobaridan 10 barobarigacha oshirildi.
2017-2021- yillarda Òzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yònalishi bòyicha Harakatlar strategiyasida ustuvor yònalishlardan biri ijtimoiy sohani rivojlantirishga yònaltirilgan bòlib, aholining majburiy ijtimoiy kafolatlarini ta'minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, shuningdek, keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qòllab- quvvatlashni òz ichiga oladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 28- dekabrda Oliy Majlisga murojaatnomasida qayd etilganidek, "Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy himoya òzaro uzviy boģliq tushunchalar bòlib, ularni bir- biridan ajralgan holda tasavvur qilib bòlmaydi. Ayniqsa, 2019-yil - " Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili" da ijtimoiy sohani yanada rivojlanish uchun quyidagi vazifalarni amalga olish zarur. Buning uchun quyidagi strategik vazifalarni amalga oshirish lozim, deya qayd etadi Prezident.
Birinchidan, aholi òrtasida ishsizlikni kamaytiris, odamlar ca oilalarning daromadini oshirish lozim. Hukumat bir oy muddatda 2019-yil uchun bandlikka kòmaklashishning yangi davlat dasturini tasdiqlashi kerak.
Bu borada ishsizlarni kasbga òqitish, ularga huquqiy va boshqa maslahatlar berish hamda boshqa ijtimoiy yordam usullaridan keng foydalanish kerak.
Ikkinchidan, pensiya va nafaqalarni tayinlash va tòlash tartibini qayta kòrib chiqish, pensiya tizimini tubdan isloh qilish zarur. Zero, yangi qabul qilingan Prezident farmoniga kòra , 2019- yil 1-yanvardan boshlab, ishlaydigan barcha pensionerlar tòliq miqdorda tòlanishi belgilandi.
2020-yil Òzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasiga ijtimoiy masalalarga ham alohida ahamiyat qaratdi. Ya'ni oxirgi uch yilda "Inson manfaatlari hamma narsadan ustun" degan tamoyil asosida xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash bòyicha olib borilayotgan keng kòlamli ijtimoiy islohotlarni davom ettirish va uning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish chekka hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda aholining aksariyat qismi yetarli daromad manbaiga ega emasligini inobatga olish lozim.
Umuman, òzbek xalqining tarixiy an'analariga kòra va mustaqillik yillarida olib borilayotgan yangicha islohotlar natijasida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining quyidagi natijalarini qayd etish mumkin:
Birinchidan, aholini ijtimoiy himoya qilish, oģir sharoitlarda ularga kòmak berish, doimo bir- birini qòllab quvvatlash òzbek xalqiga xos tarixan shakllangan milliy mentalitetning tarkibiy qismi bòlganligiga guvoh bòldik;

Ikkinchidan, mustaqillik yillarida Sovet Ittifoqi hukmronlik qilgan 70 yillik davrda mulkka egaligi,ishlab chiqarish vositalari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga, mehnatga haq tòlashnin monopoliya tizimiga barham berildi;


Uchinchidan, òsha sovet tuzumi davridagi davlat mulkchiligi tugatilib, tadbirkorlik va kichik biznes sohalariga yòl ochilishi kishilarning ijtimoiy turmushini yaxshilash imkonini berdi;
Tòrtinchidan, muhtoj oilalarning bozor munosabatlari mohiyatini tushunib yetishi natijasida, oila darkmadlarini kòpaytirish imkoniyatlarini qidirishga, tòq va farovon hayot kechirayotgan oilalarga tenglashishga intilish kuchaya boshladi;
Beshinchidan, inshonchli ijtimoiy kafolatlarining ta'minlanishi, bozor munosabatlariga òtishdagi qiyinchiliklarni yumshatish va yangi sharoitga kònikishga kòmaklasha boshladi;
Oltinchidan, bungungi "Yangilanayotgan Òzbekiston" da 2017-2021- yillarda Òzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yònalishi bòyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, davlat muhtoj aholini ijtimoiy qòllab-quvvatlash bilan birga, òz oilasining farovonlogini ta'minlashga intiluvchilarga qulay imkoniyatlar yaratmoqda.

2018- yil 3-fevralda Òzbekiston Respublikasi Prezidentining " Xotin-qizlarni qòllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tòģrisida"gi farmonida oilani har tomonlama qòllab-quvvatlashda xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbikorlikni rivojlantirish borasida ham anchagina imtiyozlar berilishi kòrsatib òtilgan.
Vaholanki sònggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi faoliyati, ayniqsa iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish masalasida ham ancha òsishga erishilgan. Masalan, bugungi kunda mahalliy vakillik organlarida ayollar ulushi 16% ni, Qonunchilik palatasida 17,5% ni, Senatda esa ularning salmoģi 15% ni tashkil etmoqda. Ijro organlarida 3,4%, sud organlarida 22,7%, ishlab chiqarishda ham oldingi davrlarga nisbatan ikki barobar ortganligining òziyoq ayollarning davlat va jamiyat hayotidagi òrni ortib borayotganligini tasdiqlaydi.
Aholini arzon uy-joylar,yòl transport, muhandislik kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma sohalaring isloh qilinishi. Qishloq joylarda namunaviy uy-joylar qurish dasturlaridan bosqichma-bosqich shahar va posyolkalarda kòp qavatli uylar qurishga òtiladi. Muhandislik- kommunikatsiya infratuzilmasi ham uy-joylarni qurish dasturlari bilan uzviy boģliq holda rivojlantirilishi kòzda tutiladi. Shu bilan birga, ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun maxsus jamģarma tuziladi. Binolar va inshootlar joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushgan mablaģlar ana shu jamģarmada tòplanadi.
Òzbekiston Respublikasi Prezidenti murojaatnomasida Markaziy bank, Qoraqalpoģiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlariga 2019-yilda turmush sharoiti oģir bòlgan 1 ming 600 nafar xotin-qizlarni imtiyozli kreditlar asosida arzon uy-joylar bilan ta'minlanadi. Aholi turmuah sharoitini yaxshilash, uni munosib turarjoy bilan ta'minlash, xalqimiz farovonligini oshirish doimo hukumat e'tiborida bòlgan. Shu nuqtai nazardan qaraganda mamlakatimizda 2019-yilda ham arzon uy-joylar qurish dasturi izchil davom ettirildi, namunaviy uylarning loyihalarini takomillashtirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni qòllash, zamonaviy va arzon qurilish materiallaridan foydalanishga alohida ahamiyat berish nazarda tutildi.
Bunda qurilayotgan uy-joylarning ichki va tashqi konstruksiyalari, qurilish materiallarini maqbul, arzon va sifatli qurilish materiallariga òzgartirishi, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarga imtiyoz va prefensiyalar berish orqali qurilish materiallari tannarxi maqbullashtiriladi hamda 2 sotixli 2 va 3 xonali uy-joylarni massivning bosh rejasida joylashtirishda xòjalik yòlini qayta kòrib chiqish orqali narxlar optimallashtiriladi. Qishloq joylarda va fuqarolarning alohida toifalari uchun 15000 dan ortiq arzon uy-joylar quriladi, shaharlarda esa 355 ta kòp qavatli uylar quriladi.
Ayni paytda yurtimizdagi 34 mingdan ortiq kòp qavatli uylarning aniq holatini yana bir bor òrganib, bu masala bòyicha amaliy choralar kòrish mòljallangan. Xususan, hukumat zimmasiga dunyodagi yirik megapolislarning uy-joy fondini boshqarish borasidagi tajribasini òrgangan holda, renovatsiya dasturini, ya'ni, eskirib qolgan kòp qavatli uylar òrnida eng zamonaviy sharoitga ega bòlgan yangi uylar qurish dasturini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.

Prezidentimiz Murojaatnomasida kommunal xòjalik sohasi uzoq yillardan buyon kòplab etilayotgan e'tirozlarga sabab bòlayotgani alohida ta'kidlangan. Shuni e'tiborga olib Murojaatnomada 2019-yildan boshlab tarmoqda davlat-xususiy sheriklik bòyicha investorlar bilan hamkorlikda ishlar boshlanishi ta'kidlangan. Bu kommunal xòjalik sohasida xususiy tadbirkorlikni kengaytirishga keng yòl ochib beradi. Hozirgi bosqichda kommunal xòjalik ma'muriy tizimida xarajatlar doimo yuqori hisoblanadi. Shuni hisobga olib, uy-joy mulkdorlari shirkatlarida ma'muriy xarajatlarni kamaytirish uchun professional boshqaruv kompaniyalari faoliyatini qòllab-quvvatlash zarurligi belgilangan.
Muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi ham uy-joylar qurilishi amalga oshiriladi: - "Obod qishloq" dasruriga kiritilgan aholi punktlarida, shuningdek, aholisi zich bòlmagan va zarur muhandislik-transport kommunikatsiyalari bilan ta'minlanmagan hududlarda 0,02 ga òlchamli yer uchastkalarida joylashtirilgan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar;
Òzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24- noyabrdagi "Qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurishni kengaytirishga oid qòshimcha chora- tadbirlar tòģrisida"gi PQ-4028 sonli Qarori "Obod qishloq" dasturiga kiritilgan aholi punktlarida, shuningdek, aholi zichligi yuqori bòlgan va zarur muhandislik-transport kommunikatsiyalari bilan ta'minlangan hududlarda tòrt qavatli arzon kòp kv. (2 va 3 xonali) uylar;
Òzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi "Obod mahalla dasturi tòģrisida"gi PF-5467-sonli Farmonida "Obod qishloq" va "Obod mahalla" davlat dasturini amalga oshirish va unda tadbirkorlar ishtirokiga oid bòsh turgan maydonlarni yoki foydalanilamasdan turgan bino va inshootlari tadbirkor va hurmandlarga "nol" qiymatda berish hamda uni amalga oshirishda tashabbuskor tadbirkorlar mablaģlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalari "Obod mahalla" jamģarmasining moliyalashtirish manbalari qilib belgilanganligi ushbu tizim qonunchiligidagi muhim voqeadir.
2018-yilda xususan, " Obod qishloq" va " Obod mahalla" dasturlari borasidagi qurilish va obodonlashtirish ishlariga 3 trln. sòm mablaģ yònaltirildi. Natijasida, 416 ta qishloq yangicha qiyofaga ega bòldi. 2019-yilda "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari ijrosi uchun 4 trln sòmdan ziyod mablaģ ajratildi. Bugungi kunda mamlikatimizning urbanizatsiya darajasi 35,5% ni tashkil etadi. Shuni hisobga olib mamlakatimizda urbanizatsiya darajasini 2030-yilga qadar 60% ga yetkazish bòyicha Davlat dasturi ishlab chiqiladi.
Ma'lumotlarga kòra, "Obod qishloq dasturi" mamalakatimizning 174 tumanida amalga oshirilgan bòlib, unga 368 ta qishloq va ovul fuqarolar yiģiniga qarashli 333 740 ta xonadon va 1 719 978 holi qamrab olindi.
Bozor iqtisodiyotining òtish davridagi òziga xos qiyinchiliklar tufayli oģir sharoitda bòlgan aholi qatlamlarini vaqtincha bòlsa-da ijtimoiy himoyalash maqsadida "Mehr-shafqat va salomatlik" jamģarmasi tashkil etilgan edi. Jamģarma 1996-yili ijtimoiy yordam sifatida aholiga 332.501 sòm yordam puli, 1 472 kishiga 108 460sòmlik oziq-ovqat yordami, 86 200 moddiy yordam, 865 nafar fuqaroga 110 776 sòmlik kiyim-kechak yordami berilgan.
Hozirda respublika aholisining qariyb 64% ini yoshlar, ya'ni 30 yoshgacha bòlgan yoshlar tashkil etadi. Shu asnoda mustaqillik yillarida yoshkarning ta'lim olishi, kasb-hunar egallashi, òz mutaxassisligi bòyicha ishlashi va soģliģini muhofaza qilishi, oila qurish, yashash joylariga ega bòlish kabi ònlab hayotiy talablarni davlat tomonidan kafolatlash va qondirishga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar tizimi ishlab chiqildi.

Adliya tomonidan ròyxatga olingan yoahlar nodavlat notijorat tashkilotlari bilan bir qatorda 71 ta elektron, 133 ta bosma yoshlar ommaviy axborot vositalari hamda 495 ta nodavlat ta'lim muassasalari kabi fuqarolik jamiyati institutlari faoliyat yuritib kelmoqda.
Respublikada nodavlat-notijorat tashkilotlari tomonidan tarixiy madaniy qadriyatlarni tiklash va saqlash borasida ham kòplab ishlar amalga oshirilgan. Hozirga kelib 4 ming 308 arxeologik, 2 ming 79 me'morchilik obidalari, 694 san'at asari, 395 diqqatga sazovor joylar, jami 7 ming 476 moddiy-madaniy meros obyektlari davlat himoyasiga olingan.
Òzbekistonda xotin-qizlarga bòlgan tufayli ayollar nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kuchayishi va ularning sonini kòpayishiga sabab bòldi. 1998-yilda 9ta xotin-qizlar nodavlat notijorat tashkilotlari tuzilib, 7 tasi davlat ròyxatidan òtgan bòlsa, 1999-yilga kelib 25 ta shunday tashkilot tuzilib, ulardan 19 tasi adliya irodalarida ròyxatga olingan.
Xulosa qilib aytadigan bòlsak, Òzbekiston mustaqillikka erishgach nadavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga keng imkoniyatlar yaratildi. Davlat tomonidan bunday tashkilotlar faoliyatining ham huquqiy, ham iqtisodiy asoslari kafolatlab berildi. Bu esa nodavlat notijorat tashkilotlar sonining ortishi va jamiyat hayotidagi mavjud muammolarni bartaraf etishga òz hissasini qòshishga imkoniyat yaratdi.
Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling