Poliuretan tolalar. CHiziqli zichligi 2 dan 125 teksgacha bo’lgan kompleks poliuretan iplar – spandeks ishlab chiqariladi. Spandeks tolalari boshqa sintetik tolalarga o’xshaydi, lekin fizik-mexanik xossalariga ko’ra elastomerlar jumlasiga kiradi, ya’ni ularning elastik tiklanish ko’rsatkichlari yuqori. Spandeks iplarinig nisbiy uzilish nagruzkasi 6-8 kN/teks (rezina iplarinikidan ikki marta katta), uzilishdagi uzayishi 600-800%, nazruzka olingandan keyin darhol elastik tiklanishi 90 %, 1 minutdan keyin tiklanishi esa 95%.
Spandeks iplarining gigroskopikligi kichik (1-1,5%), ishqalanishga yaxshi chidaydi, issiqlikka bardosh beradi, yaxshi bo’yaladi. Ular sport buyumlari, korsetlar va elastik davolash buyumlari uchun gazlamalar, trikotaj va lentalar tayyorlashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |