Asal bilan qora zira yog'i
1 choy qoshiq qora kimyon yog'i va 3 osh qoshiq asal aralashmasi shishishdan xalos bo'lishga yordam beradi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi.
zira apelsin sharbati bilan
Tuproqli zira urug'lari va apelsin sharbatining kokteyli (bir stakan sharbati - 1 choy qoshiq urug'i) charchoqni ketkazishga va tananing immunitetini mustahkamlashga yordam beradi.
1. Ko’knorinamolar qabilasi – Papaverales.
Bu qabilaga asosan o’t o’simliklar kiradi. Barglari oddiy, ketma- ket joylashgan. Gullari yakka yoki sochoq to’pgulli, aktinomorf yoki zigotomorf. Hozirgi vaqtda qabila 3 ta oiladan tashkil topgan. Bularga – Ko’knordoshlar, Xipekoumdoshlar, Shotoradoshlar kiradi.
Ko’knordoshlar oilasi – Papaveraceae.
Oilaning 30 ga yaqin turkumi, 600 dan ortiq turi Sharqiy Osiyoda, Janubiy va Shyimoliy Amerikada, O’rta yer dengizi atroflarida tarqalgan. O’zbekistonda oilaning 6 turi uchraydi. Ular bir yillik va ko’p yillik o’t o’simliklar. Tropik mintaqalarda daraxt va buta shakldagilari ham tarqalgan. Oila vakillari tanasida sutga o’xshash suyuq moddaning bo’lishi bilan xarakatlanadi. Barglari ko’pincha patsimon qirqilgan, ketma-ket joylashgan. Gullari to’g’ri, ba’zan noto’g’ri, kosacha barglari 2 ta tezda tushib ketadi, gultojibargi 4 ta, changchisi 2-4 yoki cheksiz, urug’chisi 2 ta yoki bir nechta mevabargli, tugunchasi ustki, mevasi ko’sakcha yoki yong’oqcha.
O ilaning gul formulasi: Ca2Co4A2-4, ~G(2),( _~)
Oila vakillari:
Ko’knori (Papaver somniferum, 15-расм). Bir yillik o’t o’simlik. Bo’yi 1 m. gacha yetib boradi. Bu o’simlik oqimtir sut shirasiga boy. Sut shirasi tarkibida meditsinada muhim ahamiyatga ega bo’lgan, morfin, kodein, papaveringa o’xshash 20 dan ortiq alkaloidlar uchraydi. Uning urug’ tarkibidan 50 % gacha yog’ olinadi. U turli maqsalarda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |