15-rasm. ko‘knori. 1-g’uncha va gulli novdasi; 2-urug‘chi; 3-mevasi (ko‘sak); 4-gulining diagrammasi
Lolaqizg’aldoq yoki qizilgulli ko’knori (R. Pavonium). Bir yillik o’simlik. Poyasi, barglari va mevasi tuklar bilan qoplangan. Mevasi ko’sakcha dumaloq. Tog’ va adirlarda, voholarda, bog’ va ekinzorlarda uchraydi.
Qizg’aldoq (Roemeria refracta). Bir yillik o’simlik. Voha va adirlarda, bog’ va yo’l yoqalarida uchraydi.
O’rmon qora (Glacium fimbrilligerum). Ikki yillik o’simlik. Bo’yi 25-60 sm. gultojibargi och sariq. Mevasi ko’sakcha. Tog’li zonalarda, mayda shag’al toshli yonbag’irlarida uchradi.
Ahamiyati: Bu oilaga mansub o’simliklarda alkaloidlar ko’p bo’lganligidan, ularni talay turlari zaxarli hisoblanadi. Ko’knorining opiy beradigan navidan morfin, kodein, papaverin olinganligi uchun, ulardan meditsinada dori sifatida foydalaniladi. Bulardan tashqari gultojibarglaridan oziq - ovqat sanoatida ishlatsa bo’ladigan bo’yoq olinadi. Ayrim turlari manzarali o’simlik sifatida ekib o’stiriladi.
Nazorat savollari
Oilaning qanday vakillarini bilasiz?
Zirkdoshlar oilasining O’rta Osiyoda qanday turlari uchraydi?
Ko’knorguldoshlar oilasining muhim belgilari nimalardan iborat?
Oilalarning xo’jalikda qanday ahamiyati bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |