Mavzu: Zn no3 ning olinishi va xossalari Mundarija Kirish I bob Ruxning olinishi va xossalari


Download 61.66 Kb.
bet1/10
Sana08.05.2023
Hajmi61.66 Kb.
#1442266
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi


Mavzu: Zn NO3 ning olinishi va xossalari
Mundarija
Kirish…………………………………………………………………………..….2
I bob Ruxning olinishi va xossalari

    1. Rux elementi haqida…………………………….…………………..……..….4

    2. Ruxning kimyoviy xossalari…………………..……………………………....7

II bob Adabiyotlar shartli taxlili
2.1 Zn birikmalari, xossalari, olinishi…………..………………………..………11
2.2 HNO3 xossalari, olinishi…………………………………………….……….17
2.3 ZnNO3 ni olinishi…………………………………………………………….20
III bob Tajriba
3.1 Zn NO3 ni laboratoriya sharoitida olish………………………………….…..22
3.2 Zn NO3 ni toza xolda ajratib olish, rux sulfat, rux sulfid va rux xlorid……...23
3.3 Zn NO3 tahlili………………………………………………………………...24
Xulosa…………………………………………………………………………….26
Foydanilgan adabiyotlar……………………………………………………...…28
Kirish
Rux (lotinchaZincum), Zn — Mendeleyev davriy sistemasining 12- (avvalgi, yigʻiq jadval boʻyicha II) guruhiga mansub kimyoviy unsur. Tartib raqami 30, atom massasi 65,39. Rux och zangori rangli, kumush kabi yaltiroq metalldir.
Nam havoda ruxning sirti oksid parda bilan qoplanadi. Ruxning suyuqlanish harorati 419,53°C, qaynash harorati 907°, xona haroratidagi zichligi 7,133 g/sm3. Rux kimyoviy jihatdan faol metallarga kiradi. Kislotalarda yaxshi eriydi. Qizdirilsa, ishqorlarda ham eriydi. Yod va oltingugurt bilan xona haroratida birikadi. Qizdirilganda rux faol metallmaslar bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi. Boshqa metallar bilan rux qotishmalar hosil qiladi.
Butun dunyoda ishlab chiqariladigan ruxning 40 foizi poʻlatni korroziyadan saqlash uchun sarflanadi. Rux kukuni yordamida kadmiymis va nodir metallar birikmalardan ajratib olinadi. Ruxdan ishlangan listlar konstruksion material sifatida, shuningdek, quruq elementlarning idishlarini tayyorlashda qoʻllanadi.
Qadimda mis parchasini rux karbonat va koʻmir bilan birga qizdirib jez tayyorlashgan. Rux dastlab Hindistonda olingan. Yevropada 17-asrda sanoat miqyosida ishlab chiqarila boshlagan. Hozirda OltoyShimoliy KavkazAQSHAvstraliyaPolsha va boshqa mamlakatlarda yirik rux konlari bor.
Yer poʻstidagi miqdori (0,0075 foiz) boʻyicha rux boshqa elementlar orasida 24-oʻrinda turadi. Odatda rux rudalari — polimetallardir
Ular tarkibida ruxdan tashqari misqoʻrgʻoshinkadmiy va boshqa metallarning minerallari ham boʻladi. Ruxning muhim minerali sfalerit — aldama rux ZnS boʻlib, u sulfidli rudalar tarkibiga kiradi.
Ruxning mis bilan qotishmasi qadimgi Yunoniston, qadimgi Misr, qadimgi Hindiston (VII asr), hamda Xitoyda (XI asr) ma’lum bo‘lgan. Biroq uzoq asrlar davomida ruxni sof holatda ajratib olishni hech kim bilmagan.
Faqatgina 1738-yilga kelibgina Angliyalik Uilyam Chempion ismli mutaxassis ruxni distillyatsiya usulida ajratib olish yo‘lini topdi. Ruxni sanoat miqyosida ishlab chiqarish ham o‘sha yillarda yo‘lga qo‘yilgan. Uilyam Chempionning o‘zi 1743-yilda Bristol shahrida birinchi rux zavodini ishga tushirgan. 1746-yilda Germaniyada ham Andreas Marggraf tomonidan Chempionnikiga o‘xshash usulda rux olish yo‘li kashf qilindi. Chempiondan farqli ravishda Marggraf o‘zi ixtiro qilgan rux olish usulini barcha tafsilotlari bilan bayon qilib nashr ettirgan. Shu sababli ham ruxni aynan Marggraf kashf qilgan degan yanglish tushuncha shakllanib qolgan.
Ruxning xalqaro nomlanishi – Zinc tarzida qo‘llanishi ilk pora Teofast Paratsels (1493-1541) qalamiga mansub “Liber Mineralum II” kitobida uchraydi. Taxminlarga ko‘ra bu atama kelib chiqishiga ko‘ra nemischa “zinken”, ya’ni, “tishcha” (tishli g‘ildirakdagi kabi), “dandana” ma’nosiga borib taqaladi.



Download 61.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling