Mavzu: Zn no3 ning olinishi va xossalari Mundarija Kirish I bob Ruxning olinishi va xossalari


Download 61.66 Kb.
bet9/10
Sana08.05.2023
Hajmi61.66 Kb.
#1442266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi

3.3 Zn NO3 tahlili
Rux (lotinchaZincum), Zn — Mendeleyev davriy sistemasining 12- (avvalgi, yigʻiq jadval boʻyicha II) guruhiga mansub kimyoviy unsur. Tartib raqami 30, atom massasi 65,39. Rux och zangori rangli, kumush kabi yaltiroq metalldir.
Nam havoda ruxning sirti oksid parda bilan qoplanadi. Ruxning suyuqlanish harorati 419,53°C, qaynash harorati 907°, xona haroratidagi zichligi 7,133 g/sm3. Rux kimyoviy jihatdan faol metallarga kiradi. Kislotalarda yaxshi eriydi. Qizdirilsaishqorlarda ham eriydi. Yod va oltingugurt bilan xona haroratida birikadi. Qizdirilganda rux faol metallmaslar bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi. Boshqa metallar bilan rux qotishmalar hosil qiladi.
Butun dunyoda ishlab chiqariladigan ruxning 40 foizi poʻlatni korro ziyadan saqlash uchun sarflanadi.Rux kukuni yordamida kadmiymis va nodir metallar birikmalardan ajratib olinadi. Ruxdan ishlangan listlar konstruksion material sifatida, shuningdek, quruq elementlarning idishlarini tayyorlashda qoʻllanadi.
Rux och kul rang geksagonal shaklda kristallanadigan metall, nam havoda oksidlanib, sirti oksid parda bilan qoplanadi, hosil bo’lgan parda ruxni yana oksidlanishdan saqlaydi. Rux kislotalar, kuchli ishqorlar, yuqori haroratda suv bilan reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda galogenlar, oltingugurt, fosfor va boshqa metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi.
2Zn + O2 = 2ZnO; Zn +Cl2 = ZnCl2
Zn + S = ZnS; 3Zn + 2P = Zn3P2
3Zn + 2NH3 = Zn3N2 + 3H2 ; Zn + H2O = ZnO + H2
Zn + H2S = ZnS + H2
Rux amfoter xususiyatga ega:
Zn +2HCl +4H2O = [Zn(H2O)4]Cl2 + H2
Zn + 2NaOH + 2H2O = Na2[Zn(OH)4] + H2
Zn + 4NH4OH = [Zn(NH3)4] + H2 + 2H2O
Uning jez Si, 40% Zn), tompak (90% Si,10% Zn), neyzelber (65% Si, 20% va 15% Ni) qotishmalari keng qoʻllanadi


Xulosa
Ruxning xalqaro nomlanishi – Zinc tarzida qo‘llanishi ilk pora Teofast Paratsels (1493-1541) qalamiga mansub “Liber Mineralum II” kitobida uchraydi. Taxminlarga ko‘ra bu atama kelib chiqishiga ko‘ra nemischa “zinken”, ya’ni, “tishcha” (tishli g‘ildirakdagi kabi), “dandana” ma’nosiga borib taqaladi.
Zn — Mendeleyev davriy sistemasining 12- (avvalgi, yigʻiq jadval boʻyicha II) guruhiga mansub kimyoviy unsur. Tartib raqami 30, atom massasi 65,39. Rux och zangori rangli, kumush kabi yaltiroq metalldir.
Nam havoda ruxning sirti oksid parda bilan qoplanadi. Ruxning suyuqlanish harorati 419,53°C, qaynash harorati 907°, xona haroratidagi zichligi 7,133 g/sm3. Rux kimyoviy jihatdan faol metallarga kiradi. Kislotalarda yaxshi eriydi. Qizdirilsa, ishqorlarda ham eriydi. Yod va oltingugurt bilan xona haroratida birikadi. Qizdirilganda rux faol metallmaslar bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi. Boshqa metallar bilan rux qotishmalar hosil qiladi.
Tarkibida rux mavjud bo‘lgan fermentlar ichida eng chuqur o‘rganilgani karboangidraza bo‘lib, u o‘zida 260 xil aminokislota qoldiqlari tutadi. Ushbu ferment qondagi eritrositlar tarkibida bo‘ladi va karbonat angidridning organizmdan chiqarilishiga xizmat qiladi.
Rux shuningdek, organizmda erkaklik gormonlari va erkak urug‘ining ishlab chiqarilishida katta o‘rin tutadi, E vitaminining singishiga xizmat qiladi, erkaklardagi prostata bezining me’yoriy faoliyati uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Rux elementi organizmdagi insulin, testosteron, kabi anabolik gormonlarning sintezida ishtirok etadi.
Oziq ovqat mahsulotlarida ham rux moddasi nisbatan ko‘p miqdorda bo‘ladi. Inson iste’mol qiladigan oziq moddalar ichida eng ko‘p rux moddasiga ega mahsulotlar qatoriga qovoq urug‘ining mag‘zi, ustritsa, kunjut va kungaboqar pistasi kiradi. Bundan tashqari, go‘sht, pishloq, suli yormasi, dukkaklilar, hamda shokolad tarkibida rux ko‘p bo‘ladi. Rux ba’zi ma’danli suvlar tarkibida ham uchraydi.
Organizmda rux yetishmasligi yuzaga kelsa, qator salbiy holatlar namoyon bo‘la boshlaydi. Ular orasida, rux yetishmasligiga uchragan odamning tez asabiylashadigan bo‘lib qolishi, tez charchashi, xotira susayishi, ko‘z nurining xiralashishi, insulin miqdorining pasayishi kabilar yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu esa salomatlikka jiddiy xavf tug‘dirishi va kasallanishga olib kelishi mumkin. Organizmda rux miqdorini baholash uchun mutaxassislar soch tolasi va qon zardobidan foydalanadilar.
Rux xom ashyosining tavsifi - tabiatda rux asosan sulfid holatida uchraydi. Bir xil rux birikmalari - bu kislorod bilan bog‘langan oksid zahiralaridir. Sanoatda keng tarqalgan va ishlab chiqarishda tushgan bu kompleks rux qo‘rg‘oshin sulfidli polimetalmis rudalardir. Bu rudalarda asosiy metallardan tashqari, yana mis, kadmiy, nodir va kamyob metallar bor. Zamonaviy rudalarda ruxning miqdori 1,5 %, rux-qo‘rg‘oshin rudalarda esa 1,0 – 1,5% Zn va 0,4 -0,5% Pb bor. Bu rudalarni qayta ishlashdan oldin boyitiladi. Asosiy boyitish usuli - selektiv flotatsiyadir. Oldin rudadan kollektiv rux-qo‘rg‘oshin boyitmasi olinib, keyin u alohida rux va qo‘rg‘oshin boyitmalariga ajratiladi.
Sulfidli rudalarda rux asosan sfalerit ZnS shaklda uchraydi. Oksidlangan rudalarda rux karbonat ZnSO (smitsonit) va gidrotsinkiy ZnSO3 * 2 ZnS (ON) va silikat (valletit Zn2SiO4) turlarda uchraydi.



Download 61.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling