Mavzu. Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaga kirish. Hayvonlar psixik faoliyatining umumiy tavsifi
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
26-27-mavzu Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaga kirish
b) O‘rganib qolishlar. Agar ta‘sirotlar doim berib borilsa o‗sha hayvonda
shu doim berib borilayotgan ta‘sirga moslashish, o‗rganib qolish hayvonni reaktsiyasini kamayib qolishi tarzida namayon bo‗ladi. Moslashish yuqori tuzilgan hayvonlarda osonroq va tezroq ro‗y beradi. Moslashuvlarni hayvonot olamida ko‗p tarqalgani mo‗ljal (orientirli) reflekslardir. Bu reflekslarda dastlab xavfsirash, keyinchalik moslashuv sodir bo‗ladi. Bu deyarli hamma hayvonlarda ham sodir bo‗ladi. v) Impriting muhrlanishlar. Jo‗jalar tuxumdan chiqqan paytda kimni yoki nimani aniq ko‗rsa o‗shanga ergashib ketavirishadi. K.Lorens 1937 jo‗jalar instinktiv ravishda emas balkim muhrlanish yo‗li bilan ota-onalarini tanishadi degan fikrni bildirgan va buni imprinting nazariyasi deb ataladi. Imprinting juda qisqa vaqt ichida ro‗y beradi qaytalanmaydi, mustahkamlovchi omil kerak emas, turlarga xos bo‗lgan belgidir. Imprinting katta yoshli hayvonlarda ham bo‗lishi mumkin. Misol; 3.5 soatdan keyin olib kelishsa uni emizmagan. Agar kushlarni xurozini boshqa kushlar bilan katta qilingan bo‗lsa u o‗zini zotiga qarashli qushlarni emas o‗zi katta bo‗lgan qushlarni makiyonlariga nazarini tashlay boshlaydi. Jinsiy imprinting hayvon voyaga etmasdan burun vujudga, keladi. g) Taqlid qilish. Hayvonlarni bolalari ota-onasiga, kattalarga, boshqa hayvonlarga taqlid qilish yo‗li bilan ko‗p xatti-harakatlarni o‗rganadi. d) Aversiv o‘rganishlar. AQSh olimlari D.Garsiya va R.Kyolling rengen nurlarini kalamushlarga ta‘sir etkazayotganda ma‘lum bir ta‘mdagi ovqatni berishgan. Kalamushlar nur kasaliga uchraganlar va ular davolanib bo‗lishgandan so‗ng o‗sha ta‘mli ovqatni yeyshmagan. Bu bir vaqtning o‗zidagi o‗rganishlarki, buni aversiv o‗rganishlar deb ataladi. e) Latent o‘rganishlar. Agar chuvalchangni ―T‖ labirintga solib, biz xohlamagan tomonga yursa kuchsiz tok bilan urishimiz kerak. Shunda u biz xohlamagan tomonga yurmaslikka o‗rganadi. Agar chuvalchangni labirintga oldindan 5-10 marta solib yurgizgan bo‗lsak, chuvalchangni o‗rganishi tezlashadi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling