Mavzu: Zumrad qish Ta`limiy maqsad
Download 21.09 Kb.
|
Dekabr oyi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlantiruvchi maqsad
- Faoliyatning borishi: Tarbiyachi
- Dam olish daqiqasi: Ayiq yurar lapanglab Quyon yuradi sakrab, Ayiqning uyi kata, Quyonniki kichkina. Qurish-yasash, kostruktsiyalash va metematika markazi
- Bolalar
- Yakuniy qism: Mustahkamlovchi savollar
Mavzu: Zumrad qish Ta`limiy maqsad: Bolalarni qish fasliga oid bilimlarini oshirish, qish faslida tabiatdagi o`zgarishlar haqida tushuncha berish. Tarbiyaviy maqsad: bolalarda faoliyat jarayonida jamoada o`zini tuta bilish tengdoshlari orasida o`zaro hurmat tuyg`ularini shakllantirish. Rivojlantiruvchi maqsad: bolalarda men konsepsiyasini, qo`l mayda mo`torikasini rivojlantirish. Kutilayotgan natija: Bolalar yil fasllarini bir biridan faqlashga o`rganadilar. Kerakli jihozlar: qog`oz, geometrik figuralar, paxta cho`p, yelim, yog`, bijjlovchi dorilar, gigienik vositalar. Mashg`ulot metodi: Analiz sintez, suhbat dam olish daqiqasi markazdagi faoliyat. Faoliyatning borishi: Tarbiyachi: Assalomu aleykum aziz bolajonlar bugun guruhimizga yangi mehmolar kelishgan. Ularga o`zimizni odobimizni faoliyatimizni ko`satamizmi? Bolalar: ha T arbiyachi: hozir o`lkamizda qaysi fasli Bolalar: Qish Tarbiyachi: qish fasli ekanligini qayerdan bildik Bolalar: Kunlar sovuq biz kurtkalar kiyamiz qo`lqop shapka kiyamiz. T arbiyachi: stol ustidagi kartochkani birma-bir olamiz qani qanaqa rasm ekan qo`lqop nimaga kiyamiz shapka nimaga kiyamiz ana endi po`yezd shaklida turib olamiz markazlarga yo`l olamiz ana endi San` at markazi: bolajonlar stol ustida sto`l ustida nimalar bor Bolalar: Geometrik shakllar paxta cho`p rangli bo`yoqlar gigenik vositalar. Tarbiyachi: bolajonlar mana geometric shaklardan archa yasab olamiz demak avvalo archani pastki qismini boshlaymiz. Katta uchburchak keyin o`rtancha uchburchak so`ngra kichkina uchburchaklarni ketma ketlikda bir biriga yelimlab olamiz. Ana endi quruq salfetka yordamida ustini bosib chiqamiz. Qo`limiz yomon bo`lmasligi uchun tayyor archamizni paxta cho`p bilan oq rangli bo`yoqqa botirib archani ustini xuddi qor qoplagandek ko`rinish berishi uchun bo`yab olamiz. Dam olish daqiqasi: Ayiq yurar lapanglab Quyon yuradi sakrab, Ayiqning uyi kata, Quyonniki kichkina. Qurish-yasash, kostruktsiyalash va metematika markazi Tarbiyachi: bolajonlar stolimiz ustida qanday jihozlar bor ekan? Bolalar: geometric shakllar Tarbiyachi: ha, barakalla bolajonlar juda to`g`ri. Bugungi faoliyatimizda sizlar bilan ushbu geometrik shakllar yordamida uycha qurishni o`rganamiz. Buning uchun bizlarga uchburchak va to`rtburchak shakllar kerak bo`ladi. Uyimizning tashqi ko`rinishi bizga qaysi shaklni eslatadi? Bolalar: to`rtburchak Tarbiyachi: barakalla, uyimizning tom qismini qaysi shakldan yasar ekanmiz. Bolalar: uchburchak Tarbiyachi: barakalla bolajonlar. Keling endi yasash jarayonini har birimiz mustaqil bajarib ko`ramiz. Ilm-fan va tabiat markazi: Tarbiyachi bolajonlar stolimiz ustida qanday jihozlar bor ekan? Bolalar : Suv, rangli bo`yoq, yog` va bijildoq dorilar. Tarbiyachi: bugungi faoliyatimizda biz sizlar bilan ushbu jihozlar ustida tajriba olib boramiz. Yakuniy qism: Mustahkamlovchi savollar: Bugungi faoliyatimizda nimalarni o`rgandik? Qish fasli haqida kim nima bilib oldi? Biz archa yasash uchun nimalardan foydalandik? Uycha yasash uchun qanday shakllardan foydalandik? Biz tajriba o`tkazishda nimalardan foydalandik? Tajriba o`tkazish davomida nimalarni kuzatdik? Rag`batlantirish: O`yinli ta`limiy faoliyatda faol qatnashgan barcha bolalar rag`bat kartochkalari bilan rag`batlantiriladi. “Tasdiqlayman” 36-DMTT direktori: ________Abdukarimova D.А Angren shahar MTB tasarrufidagi 36- DMTT 1-kichik guruhi tarbiyachisi Ganiyeva Irodaning Shahar miqyosida tashkil etilgan ochiq o`yinli ta`limiy faoliyat ishlanmasi mavzu: Kumush qish Download 21.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling