Mavzu: Zvenolar va kinematik juftlarni shartli belgilash
Download 276.14 Kb. Pdf ko'rish
|
4-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mexanizmlar tuzilishi. Kinematik juftlar. Erkinlik darajasiga doir masalalar echish. 4
- Tekislikdagi mexanizmlarning tuzilishini tekshirish .
-AMALIY MASHG‘ULOT Mavzu: Zvenolar va kinematik juftlarni shartli belgilash. 1. Zvenolarni belgilash. 1) Ikki kinematik juft hosil qiluvchi harakatlanuvchi zveno (1-rasm, a); uchta kinematik juft hosil qiluvchi harakatlanuvchi zveno (1-rasm, b. v); o‘zg‘almas zveno (1-rasm, g,d). 1-rasm 2. Qo‘yi kinematik juftlarni belgilash. 1) Ikkita harakatlanuvchi zvenoning aylanma kinematik juft hosil qilishi (2-rasm, a); 2) qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan zvenolarning aylanma kinematik juft hosil qilishi (2-rasm, b, v); 3) qo‘zg‘aluvchan zvenolarning ilgarilanma kinematik juft hosil qilishi (2-rasm, g,d); 4) qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas zvenolarning ilgarilanma kinematik juft hosil qilishi (2-rasm, e,j,z). Mexanizmlar tuzilishi. Kinematik juftlar. Erkinlik darajasiga doir masalalar echish. 4 2-rasm 3. Oliy kinematik juftlarni belgilash. 1) tishli g‘ildiraklarda tishlarning kinematik bog‘lanishi (3-rasm, a); 2) kulachokli mexanizmlarda zvenolarning kinematik bog‘lanishi (3-rasm, b, v). 3-rasm Tekislikdagi mexanizmlarning tuzilishini tekshirish . Texnikada qo‘llaniladigan mexanizmlar, asosan, zvenolari o‘zaro parallel joylashgan tekisliklarda harakatlanuvchi mexanizmlardir. Tekislikda joylashgan erkin zvenoning xolati uchta koordinata o‘lchami bilan belgilanadi, ya’ni ular o‘zaro perpendikulyar joylashgan koordinata o‘qlari bo‘yicha ilgarilanma harakatlanishi va tekislikka perpendikulyar bo‘lgan o‘q atrofida aylanma harakat qilishi mumkin. Tekislikda joylashgan zveno boshqa bir zveno bilan kinematik juft orqali bog‘lansa, uning koordinata tekisligidagi erkinligi ma’lum darajada cheklanadi. 4-rasm, a da zvenolar o‘zaro nuqta yoki chiziq, orqali bog‘langan bo‘lib, bunday kinematik juftlar zvenoning tekislik koordinata sistemasidagi bitta erkinligini cheklaydi. Bunday kinematik juftlar shartli ravishda oliy kinematik juftlar deyiladi. a b v 4-rasm 4-rasm, b va v da zvenolar o‘zaro tekis yuzalar yoki egri sirtlar orqali bog‘langan bo‘lib, bu kinematik juftlar zvenoning tekislik koordinata sistemasidagi ikkita erkinligini cheklaydi. Bunday kinematik juftlar shartli ravishda qo‘yi kinematik juftlar deyiladi. Agar mexanizm tarkibidagi harakatlanuvchi zvenolar soni p, ularning o‘zaro hosil qilgan qo‘yi kinematik juftlari soni r x va oliy kinematik juftlar soni r 2 qiymatlarga ega bo‘lsa, mexanizmning qo‘zg‘aluvchanlik darajasi W CHebishevning qo‘yidagi formulasidan aniqlanadi; (1.1) Bu formuladan foydalanib aniqlanadigan qo‘zg‘aluvchanlik darajasi W ning qiymati mexanizm barcha zvenolarining holatlari undagi nechta zvenoning holatiga borliligini, ya’ni mexanizmning nechta etakchi zvenosi borligini ko‘rsatadi. 1-misol. SHarnir richagli 4 zvenoli mexanizmning qo‘zg‘aluvchanlik darajasi aniqlansin (5 rasm). 5-rasm. Echish: Qo‘zg‘aluvchi zvenolar soni p = 3; kuyi kinematik juftlar soni r g = 4; oliy kinematik juftlar soni r 2 = 0. Mexanizmning qo‘zg‘aluvchanlik darajasi CHebishev formulasiga asosan: W = 3 * 3 - 2 * 4 - 0 = 1. Demak, mexanizm barcha zvenolarining holatlari undagi bitta zvenoning holatiga bog‘liq., ya’ni mexanizmning yagona etakchi zvenosi bor. 2-misol. SHarnir richagli 5 zvenoli mexanizmning qo‘zg‘aluvchanlik darajasi aniqlansin (6-rasm). 6-rasm Echish: p = 4; r 1 = 5; r 2 = 0. W = 3 * 4 -2 * 5 - 0 = 2 . Demak, mexanizmda ikkita etakchi zveno bor. 3-misol. Kulochokli mexanizmning qo‘zg‘aluvchan lik darajasi aniqlansin (7-rasm). 7- rasm. 2 1 2 3 p p n W − − = Echish. n= 2; r 1 = 2; r 2 = 1 (A nuqta). Demak, W =3 * 2 -2 * 2 -1=1 Mexanizmning etakchi zvenosi bitta ekan. Download 276.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling