Mavzu№10: Buyrak va siydik ajratish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi
Download 33.55 Kb.
|
BUYRAK KASALLIGI
Piyelonefrit.
Piyelonefrit-bu buyrak parenximasining va buyrak jomlarining,kosachalarining nospetsifik infeksion yallig’lanishidir. Klinik kechishi bo’yicha kasallik ikki turga bo’linadi: o’tkir (birlamchi) piyelonefrit, surunkali (ikkilamchi) piyelonefrit. Sabablari: sovqotish; siydik chiqib ketishini buzilishi; xomiladorlik; infeksion kasalliklar, surunkali infeksiya o’choqlari (tonzillit, angina, tish kariyeslari, sistit va h.k.); organizmda moddalar almashinuvining buzilishi ( qandli diabet, tireotoksikoz, semizlik va h.k.); siydik yo’llarida o’tkaziladigan muolajalar (sistoskopiya, retrograd urografiya); buyrak-tosh kasalligi, prostate bezi adenomasi. Kasallikning klinik belgilari: tana haroratining ko’tarilishi; holsizlik, ko’ngil aynishi, qayd qilish, bosh o’g’rishi, artralgiya, mialgiya; bel sohasida simillab turuvchi o’g’riq, dizuriya, siydik ajralish vaqtida o’g’riq; qon bosimining oshishi (simptomatik gipertoniya); teri quruq, yer rangiga o’xshash; Pasternatskiy simptomi jarohatlangan tomonda musbat; qonda – leykositoz, EChT oshgan, anemiya; siydik umumiy taxlilida: proteinuriya, leykosituriya, bakteriuriya; Zimnitskiy usuli bo’yicha siydik tekshirilganda – nikturiya, buyraklarning konsentratsion funksiyasini pasayishi. Tekshirish va tashxisot usullari: bevosita va bilvosita tekshirish; siydikni umumiy tahlili; Zimnitskiy sinamasi; Nechiporenko sinamasi; siydikni, mikroblarni va ularni antibiotiklarga sezuvchanligini aniqlash; qonda mochevina va kreatinin miqdorini aniqlash; buyrak va siydik yo’llarini ultratovush tekshiruvi yordamida tekshirish buyrak rentgenografiyasi Davosi: O’tkir piyelonefritni o’tkir davrida davolash 6 oy davomida olib boriladi, surunkali piyelonefritning qo’zish davrida 3 oy mobaynida davo olib boriladi. parxez, stol №7; - sutkasiga 1,5 litrgacha suyuqlik iste’mol qilish; - qon bosimi baland bo’lsa, tuz miqdori cheklanadi; - antibiotiklar – amoksitsilin 500 mg x 3 mahal; - sulfanilamide preparatlari – sulfadimitoksozol, trimetokrim - sefoleksin 500 mg x 3 mahal; - uroseptiklar: 5- NOK, nitroksolin, furagin, furasemid, urosulfan, biseptol; Antibakterial davo uzoq davom etishi kerak. Uni har oyda 10 kun davomida o’tkazgan ma’qul, qolgan kunlari esa har xil dorivor o’tlar bilan davolash davom ettiriladi: makkajo’xori popugi, suli, oq qayin kurtagi, yalpiz bargi, fitolizin. Ikki tomonlama surunkali piyelonefritda siydik ajratish funksiyasi buzilmasa, diurezni oshirish uchun bemorlarni sanatoriy – kurortlarda davolash tavsiya etiladi. Sistit. Sistit-siydik qopining (qovuqning) yallig’lanishidir.Bu kasallik gematogen yo’l bilan,limfa yo’llari,siydik yo’llari bilan qovuqqa infeksiya tushishi natijasida paydo bo’ladi.Aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilinmaydigan bo’lsa,qovuqqa kateter qo’yilganda ko’pincha unga infeksiya o’tib qoladi. Klinik belgilari. Sistitning asosiy klinik belgisi-tez-tez va og’riqli siyishdir.Qorinnig pastida zirqiraydigan va achishtiruvchi og’riqlar paydo bo’ladi.Siyish paytining oxirida siydik chiqarish kanalida qattiq achishish paydo bo’ladi.Siydik ba’zan loyqa bo’lib tushadi,unda leykositlar,eritrositlar,epiteliy xujayralari bo’ladi. Davosi. Sistitni davolashda o’tkir taomlar ratsiondan olib tashlanadi.Antibiotiklar, urotropin,5-NOK buyuriladi.Qovuq protargolning 0,5%li eritmasi bilan yuvib turiladi. SAVOLLAR; 1.Buyrak va siydik ajratish tizimi a’zolarining tuzilish va vazifalari qanday? 2.Bemorlarni tekshirish usullari nimalardan iborat? 3.Piyelonefrit kasalligining mohiyati, kelib chiqish sabablari qanday? 4.Piyelonefrit kasalligining klinik belgilari, alomatlarini sanab bering? 5.Bemorlarni bilvosita tekshirish natijalari nimalardan iborat? 6.Laborator-instrumental tekshiruv natijalari qanday? 7.Piyelonefrit kasalligini davolash va oldini olish choralari nimalardan iborat? 8.Sistitning kelib chiqish sabablari nimalardan iborat? 9.Sistitning klinik belgilarisanab o’ting? 10.Sistitni davolash va oldini olish nimalardan iborat? Tayanch iboralar: Piyelonefrit- buyrakning kosacha va jomchalarining yallig’lanishi. Sistit- - siydik qopining yallig’lanish kasalligi. Poliuriya- siydikning meyordan ortiq miqdorda ajralishi. Pollakuriya- siydikning tez-tez va oz-ozdan ajralishi. Giposteuriya- siydikning bir kunlik solishtirma og’irligining me’yordan kamayib ketishi. Oliguriya- Sutkalik siydik miqdorining kamayishi. Anuriya- siydikning chiqmasligi, buyrakning siydik ajratmay qo’yishi. Aminoasiduriya-aminokislotalarning siydik bilan chiqishi. Proteinuriya- siydikda oqsil paydo bo’lishi. Bilirubinuriya-billirubinning siydik bilan ajralishi. Atsetonuriya- atsetonli siyish, atseton tanachalarining ortiq darajada siydik bilan chiqishi. Gematuriya- siydikda qon yoki qon elementlari paydo bo’lishi Adabiyotlar: 1. «Kattalarda hamshiralik parvarishi»M.F.Ziyayeva 2012 2. «Ichki kasalliklar» B.U.Yo’ldoshev, 1996 3. «Ichki kaslliklar» G’O’Haydarov 2002 y. 4.’’Terapiya’’ M.F. Ziyayeva 2005 y. 5. M.T. Qarshiboyeva “Terapiyada hamshiralik ishi” Toshkent 2007 y. 6. E. Y. Qosimom “Ichki kasalliklar propedevtikasi” . Toshkent 1996y. L. S. Zalikina “Bemorlarning umumiy parvarishi” Toshkent 1995y Download 33.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling