Mavzu№10: Buyrak va siydik ajratish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi


Mavzu№12: Qon va qon yaratish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvkarda hamshiralik parvarishi


Download 33.55 Kb.
bet5/5
Sana28.12.2022
Hajmi33.55 Kb.
#1018911
1   2   3   4   5
Bog'liq
BUYRAK KASALLIGI

Mavzu№12: Qon va qon yaratish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvkarda hamshiralik parvarishi.

REJA:

1.Qonning tarkibi va vazifalari.

2.Klinik xolatlar va simptomlar.
3.Klinik va bioximik tekshiruvlar.
3.Tekshirish usullari, davolash va hamshiralik parvarishi.
4.Anemiya kasalligi bilan o’grigan bemorlarda hamshiralik parvarishi (kasallik etiologiyasi,patogenezi,klinikasi,davolash)

5.O’zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasini oldini olish chora-tadbirlari va tibbiy yordamni tashkil etishni takomillashtirish to’g’risida SSV ning №80-28.03.2012yildagi buyrug’i.

6.Kasalhona ichi infektsiyasi profilaktikasi ,SSV ning №0304-12,24.10.2012y dagi buyrug’i.

Qon sistemasiga suyak ko’migi, limfatik tugunlar, taloq- qon yaratish a’zolari kiradi. Bu yerda qon shaklli elementlari:eritrositlar asosan qizil suyak komigida, leykositlar- taloqda va limfatik tugunlarda (taloqda leykositlarning shakllaridan biri-monositlar limfatik tugunlarda-limfatiklar ishlab chiqariladi), trombositlar-qizil suyak komigida ishlab chiqariladi.
Qon oziq moddalarni organizmning hamma hujayralariga yetkazib beradi va zararli mahsulotlarni tashqariga chiqaradi. Qon plazmadan-qondan shaklli elementlar chiqarilgandan keyin qoladigan tiniq suyuqlikdan iborat. Sog’lom odam organizmida qonning umumiy miqdori taxminan 5l. Qon plazmasi-suv bo’lib, unda oqsil moddalar, qand, juda mayda yog’ zarralari, turli xil tuzlar, kislorod (ozroq miqdorda) erigan holatda bo’ladi.
Qonda eritrositlar qonga qizil rang beradi, chunki o’ziga hos gemoglabin moddasini tutadi. Qon bilan o’pka orqali o’tadigan eritrositlar o’ziga xos tuzilishi tufayli (xususan, gemoglabin tarkibiga temir kiradi) kislorodni tortib oladi va uni barcha a’zo va to’qimalarga tashiydi.
Eritrositlarni yashash davomiyligi taxminan 1 oy, ular ko’proq taloqda kamroq jigarda, suyak ko’migida parchalanadi, shuning uchun taloqni eritrositlar “mozori” deb ataydilar. Eritrositlar yemirilgandan keyin ozod bo’lgan gemoglobin jigar hosil qiladigan bilirubinning tarkibiy qismi hisoblanadi, temir yangi eritrositlarning “qurilishi” uchun sarflanadi.
Leykositlar harakatlanishga (amyoba harakatlari turida) qodir, ular organizm uchun yot bo’lgan moddalar, masalan, o’lgan hujayralarni hazm qila oladi (fagositoz). Leykositlar eritrositlardan farqli ravishda hujayra yadrosini saqlaydi. Qonda normada-3,2x109/l dan 11,3x109/l gacha leykositlar bor.Arganulotitlar, bu limfositlar va monositlardir.Leykositlarning umumiy soniga nisbatan olganda granulasitlar tahminan 60-65%, limfositlar-19-37%, monositlar-3-11% gacha, atidofil granuladitlar-2%, bazafil granuladitlar-0-1,0% tashkil qiladi.
Trombositlar qon ivish jarayonida qatnashadi. Normada ularning miqdori 180,0x109/l dan 320,0x109/l gacha yoki 1000 eritrositga 50 trombosit to’g’ri keladi.
Download 33.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling