Porfir koʻrinishli strukturalarda togʻ jinsining massasi mayda va oʻrta donali boʻlib, aloxida minerallarning yirik porfirli boʻlakchalaridan tashkil topadi. Otqindi jinslardagi teksturalar orasida eng avvalo massivli yoki bir jinsli teksturalar boʻlib, ularda barcha minerallar jins boʻylab bir tekisda tarqalgan va hamma maydo nlarda taxminan bir xil tarkib va strukturaga ega boʻladi. Har xil jinsli taksitli teksturalar ham keng tarqalgan. Yoʻlyoʻl va flyuidal teksturalar minerallarning oriyentirli joylashuvi bilan kristallanayotgan magmaning harakatlari vaqtida vujudga keladi - Porfir koʻrinishli strukturalarda togʻ jinsining massasi mayda va oʻrta donali boʻlib, aloxida minerallarning yirik porfirli boʻlakchalaridan tashkil topadi. Otqindi jinslardagi teksturalar orasida eng avvalo massivli yoki bir jinsli teksturalar boʻlib, ularda barcha minerallar jins boʻylab bir tekisda tarqalgan va hamma maydo nlarda taxminan bir xil tarkib va strukturaga ega boʻladi. Har xil jinsli taksitli teksturalar ham keng tarqalgan. Yoʻlyoʻl va flyuidal teksturalar minerallarning oriyentirli joylashuvi bilan kristallanayotgan magmaning harakatlari vaqtida vujudga keladi
- . Tomirli va effuziv togʻ jinslariga porfirli struktura xos boʻlib, u magmaning sovishi va uchuvchi komponentlarning yoʻqolishiga bogʻliq boʻlgan tez kristallanishini ifodalaydi; baʼzan bu struktura otkdndi jismlarning chekka qismlarida kuzatiladi, tog jinslarining asosini tashkil qiluvchi zich (afanitli) massasida minerallarning yirik xolxol ajratmalari borligi bilan bogʻliq. Xolxolligi boʻlmagan effuziv jinslarning strukturalari afanitli deb ataladi. Asosiy massaning strukturalari orasida shisha va kris. tallar (mikrolitlar) nisbatiga qarab shishali yoki vitrofirli, yarim kristalli va mikrolitli strukturalar fark, qilinadi. Effuziv jinslarning kristallanish darajasi magmaning tarkibi va uning kristallanish geologik sharoitiga bogʻliq. Yer yuzasida lavaning sovishi va uchuvchi komponentlarning yoʻqolishi birgalikda tez sodir boʻladi. Nordon va oʻrtacha lavalar (liparitli, andezitli) yarim kristallangan va asosiy massalarida ingichka (mm ning oʻndan va yuzdan bir kismi) mikrolitlar boʻlgan shishasimon jinslar (obsidian, pemza) hosil qiladi. Asosiy va suyuqroq lavalar Yer yuzasida yarim kristallangan jinslar koʻrinishida soviydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |