Mavzu;aeratatsiya mintaqasi yopqich qatlamining tuzulishi tog’ jinslaring mexanik tarkibiga filtiratsion va fizik xossalariga qarab baholash
Download 1.37 Mb.
|
AERATATSIYA MINTAQASI YOPQICH QATLAMINING TUZULISHI TOG’ JINSLARING MEXANIK TARKIBIGA FILTIRATSION VA FIZIK XOSSALARIGA QARAB BAHOLASH
Togʻ jinslarining xususiyatlari ularning mineral tarkibi, tuzilishi va tashqi sharoitiga bogʻliq. Gʻovaklik va darzlik Togʻ jinslari xossalarini aniklaydigan muhim parametrlardir. Gʻovakchalar qisman suyuqlik bilan toʻlgan boʻlishi mumkin, shuning uchun Togʻ jinslarining xossalari kattik., gazsimon va suyuq fazalarning xususiyatlari va ularning nisbiy miqdoriga ham bogʻliq. Gʻovaklik va darzlik Togʻ jinslarini neft va suv kollektori sifatida baqolashda, hamda ularning buloqqa, burgʻi qudugʻi va boshqalarga oqib kelish tezligini aniklashda muhimdir. Togʻ jinslarining namlik va gaz sigʻimi, suv va gaz oʻtkazuvchanligi ham ularning gʻovakliligi bilan aniqlanadi. Magmatik Togʻ jinslarida gazli boʻshliklar miqdori 60— 80% ga yetadi (mas., pemza va pemza tuflari). Choʻkindi Togʻ jinslarida choʻkindi hosil boʻlish jarayonida gʻovakchalar vujudga kelib, sementlanish vaqtida berkilishi yoki saklanib qolishi mumkin. Metamorfik Togʻ jinslarida gʻovakchalar kam buladi, faqat yoriklar (darzliklar) boʻlib, ular jinslar soviyotganda paydo boʻladi. Togʻ jinslarining zichligi ularning gʻovakligi va mineral tarkibi bilan bogʻliq. Rudali minerallar yuqori zichlikka ega (mas., piritda — 5000 kg/m3 gacha, galenitda 7570 kg/m3gacha); choʻkindi togʻ jinslari minerallarining zichligi kam (mas., tosh tuzining zichligi 2,2 g/ sm3). Togʻ jinslarining issiklik sigʻimi, xajmning issiklikdan kengayish koeffitsenti va boshqa birinchi galda ularning mineral tarkibi bilan aniklanadi. Togʻ jinslarining mustahkamlik, taranglik xususiyatlari issiklik va elektr utkazuvchanligi, asosan, jinslarning tuzilishi va ayniqsa donachalarning uzaro boglanish kuchiga bogʻliq. Fizik xossalari katlam tekisliklari yoʻnalishida bir xil boʻlsa, koʻndalang yoʻnalish boʻylab boshqacha boʻladi.
Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling