Minerallar xaqida tushuncha ularning tasnifi reja


Download 25.31 Kb.
bet1/3
Sana25.02.2023
Hajmi25.31 Kb.
#1228479
  1   2   3
Bog'liq
Minerallarning xosil bulishi sharoitlari. Reja


Minerallar xaqida tushuncha ularning tasnifi


REJA

  1. Minerallar haqida umumiy malumot.

  2. Minerallarning xosil bo’lishi.

  3. Foydalanilgan adabiyotlar



Mineral (frans. mineral — ruda) — Yer (va boshqa kosmik jismlar)ning sirti va ichida fizikkimyoviy jarayonlar natijasida hosil boʻlib, kimyoviy tarkibi va fizik xususiyatlari bir biriga oʻxshash boʻlgan tabiiy jism; asosan, togʻ jinslari, ruda va meteoritlarning tarkibiy qismi.
Mineral aksariyat qattiq jismlar; kam hollarda suyuq minerallar (masalan, tugma simob) uchraydi. Suvning minerallarga mansubligi baxsli, lekin muz mineral deb qabul qilingan. Kristalli, amorf (metakolloidlar) va tashqi koʻrinishi kristallarga oʻxshash, lekin amorf, shishasimon holatdagi metamikt minerallar farq qilinadi.
Har bir mineral muayyan tarkibli faqat oʻziga xos kristallik strukturaga ega boʻlgan tabiiy birikmadan iboratom massasining bir xil tarkibli modifikatsiyasi (masalan, olmos — grafit, kalsit — aragonit), lekin turlicha kristall tuzilishga ega boʻlgan minerallar har xil minerallar turiga mansub; aksincha, muayyan chegarada tarkibi oʻzgarib, biroq doimiy strukturaga ega boʻlgan minerallarning izomorf katorlari (masalan, olivinlar, volframitlar, kolumbitlar) bitta mineral turiga kiradi. Kimyoviy tarkibi ayrim xossa yoki morfologik xususiyatlaridagi uncha katta boʻlmagan oʻzgarishlar minerallar strukturasida keskin farq qilmasa minerallarning xillari deyiladi (masalan, kvars xillari — togʻ xrustali, ametist, sitrin, xalsedon). Bir-biridan fizik sirti bilan ajarlib turuvchi yakka kristallar, donachalar va boshqa minerallar jismlar mineral individlarni, ularning oʻsimtalari mineral agregatlarni tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda tabiatda Xalqaro komissiya tomonidan rasmiy tasdiqlangan qariyb 4000 ta mineral turi mavjud va yana taxminan 1000 ta mineral topilgan va oʻrganilgan, lekin hozircha tasdiqlanmagan. Har yili 100 ga yaqin yangi mineral turi topiladi va shundan 50—60 tasi tasdiqlanadi. Oʻzbekiston hududida 1000 dan ortiq, minerallar topib oʻrganilgan.Koʻpchilik minerallar ion strukturaga ega. Ionlari tartibli joylashgan ideal strukturadan chetlashish hollari ham teztez uchrab turadi.

Download 25.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling