Minerallar xaqida tushuncha ularning tasnifi reja


Download 25.31 Kb.
bet3/3
Sana25.02.2023
Hajmi25.31 Kb.
#1228479
1   2   3
Bog'liq
Minerallarning xosil bulishi sharoitlari. Reja

Mexanik xossalariga qattiqlik, moʻrtlik, choʻziluvchanlik, ulanish tekisligi, sinish yuzasining kurinishi, egiluvchanlik, qayishqoklik kiradi. Minerallar dastlab oʻrganilganda, odatda, uning nisbiy qattiqligi Moss shkalasiga muvofiq aniqlanadi.
Ulanish tekisligi uta mukammal, mukammal, oʻrtacha va nomukammal boʻladi. Bu minerallarning muayyan yoʻnalish boʻyicha yorilish (ajrash) yuzasida namoyon boʻladi.
Optik xossalari.Minerallarning rangi, yaltirokligi, shaffoflik darajasi, nur sindirishi, nurni aks ettirishi, pleoxroizm va boshqa xossalari mineral donachalarining ayrim qismlarida optik mikroskop yerdamida spektrning ultrabinafsha va infraqizil nurlarida oʻrganilishi mumkin.
Minerallarning yaltirokligi (metall, yarim metall va nometall — olmos, shishasimon, yogli, mumsimon, ipaksimon, sadafeimon va h.k.) uning sirtidan qaytgan nur miqdori va nur sindirish koʻrsatkichiga bogʻliq. Minerallarning boshqa koʻpgina fizik xususiyatlari (lyuminessent, magnit, elektrik, radioaktivlik va boshqalar) qattiq jismlar fizikasida yaxshi oʻrganilmoqda.
Minerallarni dastlab dala sharoitlarida tashki belgilariga qarab oʻrganiladi. Kompas yerdamida ferromagnet minerallar (magnetit, pirrotin) aniqlanadi. Karbonat tarkibli minerallar xlorid kislota eritmasi tomizilganda "qaynab koʻpirishi"dan bilinadi. Baʼzan sifatli kimyoviy reaksiyalardan foydalaniladi. Topilgan minerallarni maʼlum turga mansubligini belgilaydigan maxsus aniqlagichlar ham mavjud. Koʻpgina minerallarni (masalan, gilli minerali) dala sharoitida aniqlash qiyin. minerallarning kimyoviy tarkibi lab. sharoitida kimyoviy, shuningdek, spektral kimyoviy analizlar metodi bilan aniqlanadi. Shaffof va nur oʻtkazuvchi minerallar qutblangan nurli mikroskop yerdamida, shaffof boʻlmaganlari maxsus mikroskopda oʻrganiladi. Minerallarning aniq tashhisi faqat rentgenogrammma yerdamida bajariladi. Juda mayda dispers minerallar elektron mikroskop ostida elektronografik metod bilan tadqiq qilinadi. Minerallar tarkibida suvning qanday shaklda mavjudligini bilishda termik analiz va boshqa metodlardan, qoʻshimchalarni aniqlashda esa rentgen mikroanalizatordan foydalaniladi.
Tabiatda tarqalishi va hosil boʻlishi. Barcha minerallar tarqalishiga koʻra, jins va ruda hosil qiluvchi [togʻ jinsi yoki ruda tarkibida qatnashuvchi, ikkinchi darajali yoki aksessorlar (tarkibida 1% dan kup boʻlmagan)], kam va juda kam uchraydigan, ahyon-ahyonda bitta uchraydigan turlarga bulinadi. Bu shartli bulinish, chunki baʼzi tabiiy jarayonda juda kam hosil buluvchi mineral boshqa geologik sharoitlarda keng tarqalgan buladi.
Har bir mineral aniq geologik va fizikkimyoviy sharoitda muayyan bir tabiiy geokimyoviy jarayonlar natijasida vujudga kelib, oʻzining rivojlanish tarixiga ega. Minerallar rivojlanish jarayonida vujudga kelish, oʻsish va oʻzgarish bosqichlarini oʻtaydi. Mineral va agregatlarining bu bosqichlari tadriji rus geologi D. P. Grigoryev tomonidan ontogeniyasi nomi bilan birlashtirilgan (1961). Minerallarning vujudga kelishi muhitning turli fazasida (eritma, qorishma, gaz) kechishi mumkin. Minerallarning oʻsish jarayonida izomorf yoki mexanik ravishda minerallar hosil qiluvchi muhitdagi aralashmalarni va suyuq, gazlisuyuq va gazli kiritmalarni qoʻshib oladi. Fizikkimyoviy sharoitning (mas, traning pasayishi, bosimning ortishi, yangi aralashmalarning kelib qoʻshilishi va h.k.) oʻzgarishi quyidagi holatlarga olib keladi: a) deformatsiya; b) minerallarning erishi; v) polimorf oʻzgarishlar; g) qattiq qorishmalarning parchalanishi; d) qayta kristallanish; ye) boshqa minerallar bilan almashinishiga olib keladigan kimyoviy oʻzgarish jarayoni. Agar bu oʻzgarishlarda avval mavjud boʻlgan minerallarning tashqi shakli saqlansa, psevdomorfoz minerallar vujudga keladi. Bir tarkibning polimorf modifikatsiyalarida ifodalanadigan birlamchi va undan hosil boʻluvchi ikkilamchi minerallarning psevdomorfozlari paramorfozlar (mas, vyursitdan sfalerit, grafitdan olmos) deyiladi. Turli reaksiyalar natijasida vujudga kelgan har qanday mineral alohida, sof holda uchramaydi, hamma vaqt boshqa minerallar hamroxligida boʻladi. Bir jara-yonda cheklangan maydon va vaqtda hamda maʼlum fizikkimyoviy sharoitda qonuniyatli ravishda hosil boʻluvchi mineral birikmalar minerallar paragenezisi yoki paragenetik assotsiatsiyalar deyiladi. minerallarning bir paragenetik assotsiatsiyasi rivojlanish jarayonida tabiiy muxit, temperatura, bosim va komponentlar konsentratsiyasining oʻzgarishi natijasida krnuniyati ravishda ikkinchisi bilan almashinadi. Vujudga kelayotgan minerallar assotsiatsiyasini fizikkimyoviy diagrammalar yordamida tadqiq qilish paragenetik analizning asosi hisoblanadi. Minerallarning bir konning oʻzida turli paragenetik assotsiatsiyasida, yaʼni turli bosqichda namoyon boʻlishi uning generatsiyasi deyiladi. Tabiiy reaksiyalar mahsuli boʻlgan mineral uni hosil qilgan muhit, fazali holat, fizikkimyoviy parametrlar bilan uzviy bogʻliq. Bularning hammasi minerallar hosil boʻlish jarayonining har bir bosqichida minerallar tarkibi va xususiyatlarida uzgarib, oʻziga xos maxsus tipomorf belgilariga ega boʻladi. Minerallarning xreil boʻlgan muhit bilan bogʻliq boʻlgan kimyoviy struktura, fizik belgilarining majmui mineral tipomorfizmi deyiladi. minerallarning oʻzi yoki ularning parageneziyalari, shuningdek, ularning ayrim belgilari ham tipomorf boʻlishi mumkin. Minerallarning tipomorf xususiyatlaridan foydali qazilmalarni qidiruv belgilari sifatida foydalanish mumkin.
Minerallar endogen, ekzogen va metamorfizm jarayonlarida vujudga keladi. Hozirgi zamon "Minerallar genezisi" tushunchasi bir kancha masalalar, jumladan, mineral hosil boʻlish jarayoni ximizmi, mineral hosil boʻluvchi muhitning fazali holati va h.k. tavsifini oʻz ichiga oladi. Minerallar genezisini tavsiflovchi obʼyektiv maʼlumotlarni olish foydali qazilma konlar geologik jarayonlarini va shakllanish tarixini oʻrganishga, shu bilan birga ularni izlash, razvedka qilish va sanoat ahamiyatinibaholashga imkon beradi.
Minerallarning xususiyatlari uni texnikaning qaysi sohasida ishlatilishini belgilaydi. Mas, oʻta qattiq minereallar (olmos, korund, granat va boshqalar) abraziv asboblar sifatida, pyezo-elektrik xususiyatli minerallar radioelek-tronikada qoʻllaniladi va h.k. Minerallarning har xil fizik xususiyatlari (asosan, zichligi, qayishqoqligi, magnitliligi, elektr oʻtkazuvchanligi, radioaktivligi va boshqalar)ga qarab ruda boyitish, foydali qazilmalar qidirishning geofizik usullari belgilanadi. minerallarning kristallik panjarasidagi nuqsonlarni aniq maqsadga yoʻnaltirilgan mexanik, akustik, termik (qizdirish va keyin tez yoki sekin sovitish), kimyoviy (kuidirish, reagentlar bilan ishlov berish), radiatsion (rentgen va gamma nurlar bilan nurlantirish) usullar bilan yoʻqotish yoki tuzatish katta istikbollar ochilishiga imkon beradi. Hozirgacha maʼlum boʻlgan minerallarning atigi 1/5 qismiga yaqini sanoatda foydalaniladi. Minerallarning tarkalishi, xossalarini sinchiklab oʻrganish yangi minerallarning turlaridan amaliyotda foydalanishga imkon yaratadi. Oʻzbekistonda koʻp mineral konlari ochilgan. Minerallardan baʼzilari dunyoda birinchi marta topilgan va mashhur olimlar va topilgan joylari nomi bilan atalgan (mas, avitsenit, birunit, hamrabayevit, nasledovit, uklonskovit, ferganit va boshqalar). Hozirgi sanoatda Mendeleyev jadvalidagi barcha elementlardan foydalanilmoqda, ular asosiy komponent yoki qoʻshimcha element sifatida har xil minerallar tarkibida mavjud. Minerallarning monokristallar yoki ularning sintetik analoglari elektronika, optika, radiotexnika, elektroenergetikada ishlatilmoqda. Oʻz chiroyi bilan ajralib turadigan minerallar qimmatbaho, yarim qimmatbaho javohirlar (olmos, zumrad, yoqut, sapfir, nefrit va boshqalar) sifatida qoʻllaniladi. Mineraloglarning tadqiq qilish obʼyektiga Oydan olib tushilgan, samodan tushgan jismlar, Yer mantiyasi va okean tubi minerallari ham yil sayin qoʻshilib bormoqda.


Minerallarning hosil bo’lishi.
Xar bir mineral ma'lum termadinamik sharoitda turg’un xolatda bo’ladi, bu termadinamik xolat o’zgargan xolda mineralda o’zgarish sodir bo’ladi va yangi xolatga chidamli mineral hosil bo’ladi. Xozirgi vaqtdagi izlanishlar shuni ko’rsatadiki, minerallarning asosiy qismi yer qobig’ida magmaning yoki uning maxsulotlarini atrof muxit va tog’ jinslari bilan ta'sirlashib qayta kristallanishidan xosil bo’ladi. Bular birlamchi endogen minerallar hisoblanadi. Ularning ko’pchiligi yer yuzasiga chiqqanda atmosfera, biosfera va gidrosfera bilan ta'sirlanishi nitijasida o’zining turg’unligini yuqotadi va sharoitga moslashgan yangi ikkilamchi minerallar yuzaga keladi. Bu minerallar ekzogen minerallar deb nomlanadi. Ekzogen minerallar xam turli xil geologik jarayonlarga duch kelishi va bu jarayonda moslashgan yangi minerallar, ya'ni metamorfogen minerallar hosilbuladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Islomov O.I. “Umumiy geologiya” «O’qituvchi» 1991 yil.


2. Shoraxmedov SH.SH. “Umumiy va tarixiy geologiya” «O’qituvchi» 1989 yil.
3. Qurbonov A.S. “Geologiya” «O’qituvchi» 1991 yil.
4. Bitextin. “Mineralogiya”
Download 25.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling