Mavzuga doir masala va misollar. Misol


Download 317.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi317.6 Kb.
#1515181
1   2   3
Bog'liq
FOYDA SOLIG‘I

1 109 589 so’mlik summa qarzdorning boshqa daromadi hisoblanadi, unga soliq solishi 
kerak bo’ladi. 
 
MISOL. Korxona tomonidan 740 ming so‘mga aktsiyalar realizatsiya qilindi. Bu 
aktsiyalarning balans qiymati 650 ming so‘mni tashkil etadi. Aktsiyalarni realizatsiya qilish bilan 
bog‘liq boshqa xarajatlar yo‘q. Korxona to‘lashi lozim bo‘lgan foyda solig‘ini hisoblang. 
Yechilishi: 
Aktsiyalarni realizatsiya qilishdan foyda 740-650=90 ming so‘mni, foyda solig‘i 90 ming 
x7,5%=6,75 ming so‘mni tashkil etadi. 
 
MISOL. Quyidagi ma’lumotlar asosida foyda solig‘ini hisoblang: 
1. Sotishdan olingan sof tushum – 3192 ming so‘m 
 - shundan eksport faoliyatidan – 670 ming so‘m 
2. Soliq to‘langunga qadar olingan foyda – 508 ming so‘m 
3. Olingan dividendlar – 75 ming so‘m 
4. Soliq bo‘yicha imtiyozlar – 100 ming so‘m 
Yechilishi: 
Amaldagi soliq qonunchiligiga asosan yuridik shaxslarning erkin almashtiriladigan 



valyutadagi eksportiga imtiyozli stavkalar belgilangan. Demak, imtiyozli stavkalarning qaysi 
birini qo‘llashni aniqlash uchun eksport mahsulotining umumiy sotish hajmidagi salmog‘i 
aniqlanadi, ya’ni: 
(670 : 3 192) x 100 = 20,9 %. 
Ushbu masalada eksport mahsulotining umumiy sotish hajmidagi salmog‘i 20,9 foizni 
tashkil etadi. Bunday holda belgilangan foyda solig‘i stavkasi 30 foizga kamayadi, ya’ni: 
7,5 x 30 / 100 = 2,25 demak korxona foyda solig‘ini 5,25 foizda (7,5-2,25= 5,25) to‘laydi. 
508 - 75 - 100 = 333 ming so‘m. 
333 x 5,25 / 100 = 17482 so‘m foyda solig‘i budjetga o‘tkazilishi lozim. 
 
MISOL. Ishlab chiqarish korxonasi ikkinchi yil faoliyat yuritmoqda, uning hisobot davridagi 
foyda solig‘i to‘lagungacha bo‘lgan foydasi 350 ming so‘m bo‘lgan. Hisobot davri uchun 
qo‘shimcha ravishda quyidagi ma’lumotlar mavjud: 
Korxona tomonidan yosh oilalar toifasiga kiruvchi xodimi olgan ipoteka kreditlari 
badallarini to‘lashga yo‘naltirilgan mablag» - 38 ming so‘m 
Hisobot davri uchun korxona to‘lashi lozim bo‘lgan foyda solig‘i necha so‘mga teng?
Yechilishi: 
Respublikamiz soliq qonunchiligiga muvofiq yuridik shaxslarning yosh oilalar toifasiga 
kiruvchi xodimining ipoteka krediti badallarini qoplashga yo‘naltirilgan mablag‘larini foyda 
solig‘i hisoblashda soliq solinadigan foydaning 10 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorni chegirish 
huquqi berilgan. Demak, 350 ming so‘m x 10 : 100 = 35 ming so‘mni soliq solinadigan foydadan 
chegirish huquqi mavjud. 
350 - 35 = 315 ming so‘m, soliq solinadigan bazadan 7,5% li stavkada 315000x7,5% = 23625 
so‘m foyda solig‘i budjetga to‘lanadi. 

Download 317.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling