Mаvzugа оid tоpshiriq vа ko‘rsаtmаlаr 1-ilоvа Sаvоllаrga javob yozing


Download 56.5 Kb.
Sana30.05.2020
Hajmi56.5 Kb.
#112056
Bog'liq
Mаvzugа оid 1-tоpshiriq


Mаvzugа оid tоpshiriq vа ko‘rsаtmаlаr

1-ilоvа

Sаvоllаrga javob yozing:

  1. Tаriх so‘zining lug‘аviy mа’nоsi nimа?

  2. Tаriхshunоslikning tаriхdаn qаndаy fаrqi bоr?

  3. Tаriхshunоslik аtаmаsi qаndаy qo‘llаnilаdi?

  4. Tаriхshunоslik fаni nimаni o‘rgаtаdi?

  5. Tаriхshunоslikning mа’nоsini qаndаy izоhlаysiz?

  6. Tаriхshunоslik fаnining bоshqа tаriх fаnlаri bilаn аlоqаlаri hаqidа so‘zlаb bеring.

  7. Tаriхshunоslik fаni qаndаy dаvrlаrgа bo‘linаdi?

  8. O‘zbеkistоn Rеspublikkаsi Birinchi Prеzidеnti I.А. Kаrimоv “Yuksаk mа’nаviyat -yеngilmаs kuch” аsаridа tаriхning insоn kаmоlоtidаgi o‘rni vа tаriхning tаrаqqiyoti хususidа qаndаy fikrlаr bildirgаn?

  9. Tаriхshunоslik fаnining tаdqiqоt оbyеkti nimа?

  10. Tаriхshunоslik fаni zаrurligini qаndаy misоllаr yordаmidа tushuntirib bеrа оlаsiz?



Savollarga javob:

1. Yunonchada «istoriya», arabchada «tarix» atamasi, o’zbek tilida «tadqiqot», «voqealar bayoni» ma’nolarini bildiradi.


2. Menimcha, tarix voqea-hodisalar haqida bayon qiladi, tarixshunoslik esa tarixiy taraqqiyot davomida bosib o’tilgan yo’lni sarhisob qilish, qo’lga kiritilgan yutuqlarni o’rni va ahamiyatini aniqlash, yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni tanqidiy o’rganish, ulardan zarur xulosalar chiqarish, shuningdek, tarixchilar faoliyatini tarixning kam o’rganilgan yoki o’rganilmagan sahifalariga yo’naltirish zaruriyatini ochib berish bilan farq qiladi.
3. Tarixshunoslik atamasi ham yunon tilidagi «istoriografiya» so’zidan kelib chiqqan. Istoriografiya so’zining o’zbek tilidagi so’zma-so’z ma’nosi tarixni yozish, ya’ni tarixnavislik bo’lib hozirda mana shu shaklda qo`llanilgan. Lekin keyinchalik tarixnavislik yoki «istoriografiya» so’zining manosi ma’lum ma’noda o’zgardi. U alohida fan sifatida shakllanib, tarix fanining rivojlanishini tadqiq etuvchi tarix fanining tarixiga aylandi. Shuning uchun ham tarixnavislik emas tarixshunoslik atamasini qo’llash ko’proq ma’qul deb o’ylaymiz.
4. Tarixshunoslik tarixiy bilimlarning to’planib borishi va tarixning fan sifatida shakllanib borishi tarixini hamda tarixiy voqea va hodisalarning rivojlanish asoslarini, tarixiy voqea va hodisalarning tadqiq etilishi tamoyillarini, tarixiy tadqiqotlar olib borish uslublari hamda ularni takomillashtirish yo’llarini tadqiq etishni o`rgatadi.
5. Hozirgi kunda tarixshunoslik tushunchasi ikki ma’noda qo’llaniladi:

  1. Tarixiy bilimlar rivoji va tarixiy tadqiqot usullariga doir fan ma’nosida. Bu jihatdan tarixshunoslik tarix fanining paydo bo’lishi va rivojlanib borish tarixini, shu rivojlanish jarayonida bosib o’tilgan o’ziga xos bosqichlarni, shuningdek, tarix faniga oid ilmiy tadqiqotlar olib borish usullarini o’rganadi. Ilmiy tadqiqot olib borayotgan tarixchi tayanishi zarur bo’lgan asosiy tamoyillar sifatida xolislik, ilmiylik, tarixiylik va dialektik uslublarni sanab o’tish mumkin.

  2. Muayyan tarixiy davrga yoki muammoga bag’ishlangan tarixiy tadqiqotlar majmuasi ma’nosida (masalan, hozirgi davr istorigrafiyasi yoki tarixshunosligi). Tarixshunoslikning bu tarmog’i juda keng rivojlangan bo’lib, har bir davr, ayniqsa, tarixning muhim burilish nuqtalari bo’lgan davrlar tarixshunosligi chuqur o’rganilgan va o’ganilmoqda. Shuningdek, tarix fanining ma’lum bir masala va muammolariga bag’ishlangan tarixshunoslik ham muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda o’zbek davlatchiligi tarixi, zardushtiylik dini va uning muqaddas kitobi «Avesto», istiqlolchilik harakati kabi masalalar tarixshunosligi bo’yicha katta ishlar qilinmoqda. Jahon xalqlari tarixining tarixshunosligi deganimizda, jahon xalqlarining eng kadimgi zamonlardan hozirgacha bo’lgan tarixga manba bo’lib xizmat qiluvchi tarixiy tadqiqot, ya’ni tarixshunoslik asarlarini tushunamiz.

6. Tarixshunoslik fani tarix fanlari orasida eng muhim fanlardan biri hisoblanadi. Chunki u amalda barcha tarix fanlarining kelib chiqishi va rivojlanishi tarixini tadqiq etadi.

Tarixshunoslik fani barcha tarix fanlari bilan uzviy aloqada bo’ladi va ularda yaratilayotgan tarixiy tadqiqotlar natijalarini umumlashtiruvchi, ularni yaxlit, yagona maqsadga birlashtiruvchi fan ham hisoblanadi. Arxeologlar, etnograflar, numizmatlar va boshqalar tomonidan yaratilgan ilmiy yangiliklar birlashtirilib, ma’lum bir davrning mukammal, yaxlit tarixi yaratiladi.Tarixshunoslik fani tarix fanining nazariy muammolarini va tadqiqot olib borish uslublarini tadqiq etish jarayonida falsafa, tarix falsafasi, sotsiologiya va iqtisodiy nazariya fanlari bilan ham yaqin aloqada bo’ladi va bu fanlar erishgan ilmiy yutuqlardan keng miqiyosda foydalanadi.
7. Tarixshunoslik fani quyidagi davrlarga bo`linadi:

- Zardushtiylik tarixi tarixshunosligi. Uning tarixi va hozirgi ahvoli.

- Musulmon Renessansi ( Uyg`onish davri ). O`rta Osiyo tarixi tarixshunosligi (Narshaxiy, Tabariy, Beruniy, Maqsidiy va boshqalarning asarlari).

- Mo`g`ullar istelosi va ularning hukmronligi davrida ( XIII-XIV asrlar ) Movarounnahrga doir tarixiy asarlar.

- Temur va temuriylar davri ( XIV-XV asrlar ) ga doir O`rta Osiyo tarixshunosligi.

- O`rta Osiyoning XVI asr – XIX asrning birinchi yarmidagi tarixiga doir asarlar.

- Rossiya sharqshunosligida O`rta Osiyoga doir tarixshunoslik tarixidan:

a) Rus sharqshunosligi tarixiga muqaddima;

b) Rossiyada sharqshunoslikning ahvoli;

c) Peterburg, Moskva, Qozon va Xarkovda XIX asrning birinchi yarmida sharqshunoslikning ravnaqi.

- XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Rossiyada sharqshunoslik rivoji va O`rta Osiyo tarixining o`rganilishi.

- Mustamlaka davrida ( XIX asr birinchi yarmi va XX asr boshlarida ) O`rta Osiyo tarixi tarixshunosligi ahvoli.

- O`rta Osiyo tarixi tarixshunosligining 1920 yillardagi ahvoli.
8. O‘zbеkistоn Rеspublikkаsi Birinchi Prеzidеnti I.А. Kаrimоv “Yuksаk mа’nаviyat -yеngilmаs kuch” аsаridа tаriхning insоn kаmоlоtidаgi o‘rni vа tаriхning tаrаqqiyoti хususidа bir necha fikrlar bildirib o`tgan. Jumladan, “O`z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unitgan millatning kelajagi yo`q” – degn edi.

Tarixning murakkab va hal qiluvchi burilish palasida har qanday millat va elat o`z ahilligi birdamligini saqlab, o`z milliy manfaatlari yo`lida qat`iyat bilan turmasa, mas`uliyat va hushyorligini yo`qotadigan bo`lsa, oxir-oqibatda o`zining eng katta, tengsiz boyligi bo`lmish mustaqilligi va ozodligidan judo bo`lishi shubhasiz”- deya ta`kidlagan.

Shu bilan birgalikda “Biz o`z triximizni xolisona va haqqoniy baholab, ma`naviy merosimizni boyitish va rivojlantirishga o`z hissamizni qo`shishimiz, shu asosda bugungi jahon ilm-u fani va mdaniyatining yuksak cho`qqilarini egallashdek buyuk vazifaga har tamonlama munosib bo`lishimiz darkor” kabi fikrlarni o`zbek xalqi va biz kabi yoshlar uchun tariximizni anglashdek oldimizda turgan vazifalarni bajarishimizga undab turadi.


9. Tarixshunoslik fanining tadqiqot ob’ekti tarix fanidir.

10. Tаriхshunоslik fanining zarurligini shunda ko`rishimiz mumkinki, tаriхiy jаrаyon yoki tаriхiy аsаrni tаhlil etаr ekаnmiz, uni tаriхiy mаnbаlаr bilаn qiyosаn o’rgаnishimiz, tаhlil etishimiz vа shundаn kеyinginа mа’lum bir хulоsаlаr bildirishimiz mumkin. Ushbu holatda bizga tarixshunoslik fani yordam beradi.


Talabaning F.I.O.Azamatjon Omonov Kurs: 4 Guruh: 16.35
Download 56.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling