Mavzu:“Innovatsion iqtisodiyot” fanining nazariy asoslari. Reja


Download 253.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana17.06.2023
Hajmi253.08 Kb.
#1538650
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Инновация



MAVZU:“Innovatsion iqtisodiyot” fanining
nazariy asoslari. 
REJA:
1. Innovatsion iqtisodiyot tushunchasi va o‘ziga
xos xususiyatlari. 
2.Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishning
ilmiy-uslubiy asoslari.
3.Innovatsion faoliyat infratuzilmasining
tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari.


• Инновацион фаолият ўзига хос мураккаб ва 
кўп киррали масала бўлиб, корхонанинг 
тадкикотлар, ишлаб чикариш хамда сотув 
муносабатлари мажмуини камраб олади. 
Унинг самарадорлигини оширишда асосий 
ўрин бошкарувга тегишлидир.
• Innovatsiya - mavjud tizimlar rivojlanishini
boshqarish jarayoni bo‘lib, unda innovatsiyaviy
mahsulot amaliy qo‘llanilish bosqichigacha
olib kelinadi va bozor muvaffaqiyatini
ta’minlaydi. 


• Innovatsion faoliyatni asosiy qoida va
kategoriyalarini o‘rganish uchun
«innovatsiya» tushunchasining iqtisodiy
mazmuni va mohiyatini to‘liq o‘rganishimiz
lozim.
• Iqtisodiy adabiyotlarda “innovatsiya (ingl. 
inovation) potensial ilmiy-texnik taraqqyotni
(ITT) yangi mahsulot va texnologiyalar
ko‘rinishida real taraqqiyotga aylanishi” deb
ta’riflanadi. 


Bozor iqtisodiyotida innovatsiyalarni tizimli
taqdim etish uslubiyoti xalqaro standartlarga
asoslangan va unga muvofiq innovatsiya
deganda
• bozorga kirib kelgan yangi yoki
takomillashtirilgan mahsulot, 
• amaliyotda qo‘llanilayotgan yangi yoki
takomillashtirilgan texnologik jarayon yoki
• ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan yangicha
yondashuv ko‘rinishidagi innovatsiyaviy
faoliyat natijalari tushuniladi. 


• Innovatsiyaviy nazariyani asosiy rivojlanish
bosqichi V.Zombart, V.Mitcherlix, Y.Shumpeter
ishlariga to‘g‘ri kelgan.
• Innovatsiyalar nazariyasini shakllanishi va
rivojlanishiga avstriyalik olim Y.Shumpeter
katta hissa qo‘shgan. 


• Innovatsion faoliyatning asosiy kategoriyalarini
aniqlashga bo‘lgan yondashuvlarning ko‘pligi
tufayli, innovatsiyaviy boshqaruv atamalarini
izohlashga bo‘lgan yagona yondashuvni
shakllantirish lozim. Shudan kelib chiqqan holda
innovatsion faoliyat nazariyasiga berilgan turli xil
fikrlarni hisobga olgan holda quyidagicha fikr
bildirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
• Yangilik bu - samaradorlikni oshirish bo‘yicha
faoliyatning biror sohasidagi fundamental va
amaliy tadqiqotlar, ishlanma va tajribalar
natijasidir. 



Download 253.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling