Mavzu;Kalloid sistemalarni dializ yo`li bilan tozalash. Gemodializni o`tkazishda kimyoning ahamiyati


Download 14.87 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi14.87 Kb.
#213066
  1   2
Bog'liq
kalloidlar

Mavzu;Kalloid sistemalarni dializ yo`li bilan tozalash .Gemodializni o`tkazishda kimyoning ahamiyati.


Reja:

1.Kalloid eritmalar

2.Kalloid eritmalarni tozalash usullari.

3.Gemodializ niam.



Kolloid eritmalar -zarrachalarining oʻlchami 1 nm dan 100 nm gacha boʻlgan yuqori dispers sistemalar. Kolloid eritmalar gazeimon (tutun, budut, tuman), suyuq (emulsiyalar) va qattiq (aralashmalar, qattiq kolloid eritmalar, rangli shishalar) holatda boʻladi. Kolloid eritmalar mono- va polidispers holatlarda boʻladi. Monodispers holatdagi Kolloid eritmalar faqat sintetik yoʻl bilan olinishi mumkin. Polidispers Kolloid eritmalar 2 usulda olinadi: yirikroq zarrachalarni maydalash (dispergatsiya usuli) va molekula yoki ionlardan yirikroq zarrachalar hosil qilish, yaʼni agregatlash (kondensatsiya usuli).

Dispergatsiya usulida Kolloid eritmalar hosil qilish uchun qattiq jism stabilizator bilan birga kukun qilib maydalanadi yoki elektr yohud ultratovush yordamida suyuqlik ichida kukunga aylantiriladi. Kolloid eritmalarni kislota, asos va toʻzlardan tozalashda dializ, ultrafiltrlash, elektrodializ, ultratsentrifugalash usullaridan foydalaniladi.

Kolloid eritmalar juda kichik osmotik bosim, suyet diffuziya va Broun harakatiga ega. Zarrachalar zaryadli boʻlganligi tufayli, ular elektroforez jarayonida elektrod tomon harakat qiladi.

Oʻta yuqori disperslikka ega boʻlgan Kolloid eritmalar zol deb ataladi. Zollarni nomlashda dispersion muhitni hosil qiluvchi modda asos qilib olinadi: dispersion muhit suv boʻlsa, gidrozol, organik modda boʻlsa, organzol, keyingilari kimyoviy tarkibiga koʻra benzozol, alkozol va boshqa deyiladi. Agar dispersion muhit gaz boʻlsa, bunday zol aerozol, suyuq dispersion muhitga ega boʻlgan zollar esa liozollar (yun. lios — suyuqlik) deb ataladi. Dispers faza zarrachalari bilan dispersion muhit zarrachalari orasidagi bogʻlanishga qarab, Kolloid eritmalar liofob va liofil zollarga boʻlinadi. Liofob zollarga dispers platina, kumush, oltingugurt zollari misol boʻla oladi. Liofil zollarda esa bu bogʻlanish kuchli boʻladi, ularga oqsil, jelatina, pepsin va yuqori molekulyar moddalarning eritmalari kiradi.

Kolloid eritmalar sanoat, qishloq xoʻjaligi va tibbiyotda muhim rol oʻynaydi. Barcha tirik organizmlar toʻqimalari va hujayralarining asosini tashkil etuvchi oqsil, nuklein kislotalar, kraxmal, glikogen kabi moddalar Kolloid eritmalar holida uchraydi. Tuproqning unumdorligi uning Kolloid eritmalar xrlidagi qismining fizik-kimyoviy xossalariga, sement, chinni, keramika, sir va boʻyoqlar sifati ularning disperelik darajasi hamda Kolloid eritmalarning xossalariga bogʻliq. Kolloid eritmalar charm, qogʻoz, gazlama, sunʼiy ipak, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida ham keng qoʻllaniladi

Toza kolloid eritmalar olish uchun  kolloid eritmalar tarkibida  hosil bo’lgan 

elektrolit  (asos,  kislota,  tuz)  lar  va  boshqa  aralashmalar  yo’qotiladi.  Kolloid 

eritmalarni  tozaylash  uchun  «dializ»,  «elektrodializ»  va  «ultrafiltratsiya» 

usullaridan foydalaniladi. 

Kolloid  eritmalarni  molekula  va  ion  eritmalaridan  (o’simlik,  hayvon  va 

sun‘iy  membranalardan  o’tadigan  aralashmalardan)  tozalash  dializ  deb,  unda 

ishlatiladigan asbob-uskunalar esa dializatorlar deb ataladi. 

Kollodiy va tsellofanlardan sun‘iy membrana tayyorlanadi. Kolloid eritmani 

tozalash uchun,  uni sun‘iy  membrana  xaltachasiga (1) solib, so’ngra suvli  idishga 

(2) botiriladi. Kolloid eritmadagi molekula va ionlar elektrolitlar parda orqali o’tib, 

suvda diffuziyalanib chiqib ketishi natijasida kolloid eritma tozalanadi. Dializ usuli 

kolloid eritmalarni laboratoriya sharoitlarida tozalashda keng ishlatiladi.

Elektrodializ  kolloid  eritmalarni  tozalashda  eng  qulay  usul  hisoblanadi. 

Elektrodializ-elektr toki yordamida dializ jarayonini tez-lashtirishdir. Ishlatiladigan 

asbob  elektrodializator  deb  atalib,  u  uch  qismdan  iborat  bo’ladi.  1-qismiga  anod 

elektrod  o’rnatiladi,  ikkita  membrana  parda  (4)  bilan  ajratilgan  2-qismga 

tozalanadigan  kolloid  eritma  quyiladi,  3-kismiga  katod  elektrodi  o’rnatiladi. 

Asbobning  doimo  oqar  suv  quyiladi.  Elektrtoki  utkazilganda  kolloid  eritmadagi 

manfiy  ionlar  anodga,  musbat  ionlar  esa  katodga  tomon  harakatlanadi.  Buning 

natijasida  ionlarning  membrana  pardasi  orqali  o’tishi  tezlashadi  va  ular  elektrod 

qismlarda  to’planib,  oqayotgan  suv  bilan  yuvilib  chiqib  ketadi.  Bu  usul  sanoatda 

jelatina va yelim olishda keng qullaniladi. 

Teshiklarning  o’lchami  kolloid  zarracha  o’lchamlaridan  kichik  bo’lgan 

filtrlardan foydalanib, kolloid eritmani elektrolitlardan tozalash mumkin. Bu asbob 

voronkasimon  idish  bo’lib,  uning  keng  tomoniga  kollodiydan  tayyorlangan 

membrana  o’rnatilgan.  Filtrlashni  tezlatish  uchun  voronkaning  tor  qismi  bosim 

beradigan  (vakum  nasosi)  nasosga  ulanadi.  Tegishli  membrana  ishlatib,  kolloid 

eritmani  elektrolitlardan,  shuningdek,  bir  zolni  kkkinchi  zoldan  filtrlab  ajratish 

mumkin.  Buning  uchun  membrana  teshiklarining  diametri  bir  zol  zarrachasidan 



katta ikkinchi zol zarrachasidan kichik bo’lishi kerak. 


Download 14.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling