Mavzu;Kutubxonalar tipologiyasi, mazmuni va me’zonlari


Fondni butlash bilan shug’ullanuvchi xodimning AIJda


Download 0.73 Mb.
bet4/6
Sana05.05.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1431885
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
LATOFAT2

Fondni butlash bilan shug’ullanuvchi xodimning AIJda kutubxona fondini butlovchining standart funksiyalari avtomatlashtirilgan bo’lib, bu yerda undan tashqari O’zbekiston kutubxonachilik ishida keyingi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijalari hisobga olingan. Masalan, maktab axborot-resurs markazlari fondini butlash masalasini yechish uchun professor M.A. Rahmatullaev tomonidan taklif etilgan texnologiyadan foydalanilgan. AKAT foydalanish AKM, ARM va kutubxonalardagi fondni butlash jarayonlarini ham tizimli tahlil qilish orqali yangicha yondashuvlarni talab qilmoqda. Bu esa AKM, ARM va kutubxonalardagi an’anaviy kitob yo’lini ham qaytadan ko’rib chiqilishini, bo’limlar ishini qayta taqsimlash masalasini kun tartibiga qo’ymoqda.

Mavzu;Respublika bolalar kutubxonasi faoliyati



Respublika bolalar kutubxonasi 1965 yilning yanvar oyida Alisher Navoiy nomidagi Davlat kutubxonasining “O‘smirlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi fondi” ning negizida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan viloyatlardagi bolalar kutubxonalari uchun ilmiy-uslubiy markaz sifatida tashkil etildi.
Kutubxona dastlabki davrda V.Mayakovskiy nomidagi kutubxona bilan bir binoda joylashtirilgan edi va 1972 yildan esa u o‘z binosiga ega bo‘ldi. Kutubxona uchun bino tanlashda uni shaharning markazida, qulay joyda joylashishi, maktablar va bolalar bog‘chalari yaqinligi hisobga olindi.
Respublika bolalar kutubxonasi Davlat muhofazasidan me'morchilik yodgorligi bo‘lmish qadimiy binoda joylashgan. Binoni 1907 yilda boy savdogar aka-uka Vod'yayevlar o‘zlari uchun qurganlar. Tez orada bino shahar general-gubernatori ixtiyoriga o‘tkazilgan. Binoda shahar ulamolarining yig‘ilishlari, yubiley tantanalari va ballar ham o‘tkazilar edi.
1965 yilga qadar Respublikada bolalar kutubxonalari faoliyatini umumlashtiruvchi, uslubiy yo‘l - yo‘riqlar ko‘rsatadigan tashkilot bo‘lmagan edi. Shu davrdan boshlab Respublika bolalar kutubxonasi uslubiy markaz vazifasini bajarishni o‘z zimmasiga oldi.Kutubxona viloyat bolalar kutubxonalari faoliyatini boshqarib, ilmiy - uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatgan.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling